{"id":93493,"date":"2023-07-23T13:02:15","date_gmt":"2023-07-23T10:02:15","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=93493"},"modified":"2023-07-23T13:02:18","modified_gmt":"2023-07-23T10:02:18","slug":"jaynizm","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/jaynizm\/","title":{"rendered":"Jaynizm"},"content":{"rendered":"\n<p>Jaynizm \u2014 1) Hindistonda tarqalgan dinlardan biri (qariyb 3 million kishi e&#8217;tiqod qiladi). Miloddan avvalgi 6-asrda paydo bo&#8217;lgan. Rivoyatlarga ko&#8217;ra, Jaynizm asrlar osha 24 ustoz-payg&#8217;ambar orqali yetib kelgan. Bularning eng so&#8217;nggisi Jinna (ya&#8217;ni g&#8217;olib, dinning nomi shundan) va Maxavira taxallusini olgan Vardxamana bo&#8217;lib, shu din asoschisi hisoblanadi. Jaynizm qadimgi hind jamiyatidagi qarbiylar (kshatriy) bilan ruhoniy \u2014 brahmanlar o&#8217;rtasidagi ijtimoiy ziddiyatlarning keskinlashuvi oqibatida vujudga kelgan. Ba&#8217;zi tadqiqotchilar fikricha, Jaynizm buddizmnmng bir mazhabidir. Jaynizm buddizm kabi brahmanizmning murakkab rasm-rusumlariga va tashqi shakliga qarshi chiqdi. Vedalarning muqaddasligini, qurbonliklar qilishni, ruhoniylar va xudolarning inson taqdiriga hal qiluvchi ta&#8217;sirini inkor etdi. Jaynlar o&#8217;z jamoasiga kirish uchun barcha Varna (kasta)dagi erkak va ayollarga yo&#8217;l ochdi. Jaynizmda Markaziy o&#8217;rinni jon haqidagi ta&#8217;limot egallaydi. Bunga ko&#8217;ra, inson joni barcha qilmishlari uchun javobgar, chunki bu qilmishlar karma qonuni asosida ro&#8217;y beradi, karma qonuni tanni jon bilan bog&#8217;laydi, insonni yerdagi ishlarga zanjirband etadi va uning keyingi qayta tug&#8217;ilishlarini belgilab beradi. Kishilar &#171;o&#8217;z jonini o&#8217;zi xalos qilishi&#187;, &#171;qayta tug&#8217;ilishlardan ozod bulishi&#187; mumkin. Bunga erishish uchun Jinnaga e&#8217;tiqod qilish, Jinna ta&#8217;limotiga ishonish, Jinna belgilagan axloq me&#8217;yorlariga rioya qilishi kerak. Jaynizmda axloqiy kamolatga etishishning va karma qonunidan qutulishning birdan-bir yo&#8217;li zohidlik hisoblanadi. Jaynlar Zohid-rohiblar va fuqarolar (savdo-sudxurlik bilan shug&#8217;ullanuvchilar)ga bo\u2019linadi. Jaynizm tarafdorlari hozirgi kunda asosan bankdorlar, sudxo&#8217;rlar, sarroflar va zargarlardan iborat. Ular jondorlar bilan savdo qiladilar, boshqa tijorat ishlari bilan ham shug&#8217;ullanadilar; 2) falsafiy ta&#8217;limotlardan biri. Miloddan avvalgi 2\u2014 1-asrlarda Jaynizm dini asosida shakllangan. Jaynizm falsafasining asosiy manbai &#171;Jayna Sutra&#187; (&#171;Jayna aforizmlari&#187;) hisoblanadi. Jaynizm falsafasiga tattvalar \u2014 mohiyatlar haqidagi ta&#8217;limot asos qilib olingan. Ikki asosiy tattva bo&#8217;lib, biri \u2014 mohiyati ong bo&#8217;lgan ruh (Jiva), ikkinchisi \u2014 ruh bo&#8217;lmagan hamma narsa (ajiva). Ruh bo\u2019lmagan narsa (materiya) sezish, eshitish, hid, rang va ta&#8217;m sifatlariga egadir. U yaratilmagan, ibtidosi va intihosi yo\u2019q, muayyan holatga ega bo&#8217;lishi va o&#8217;zgarishi mumkin. Modda dag&#8217;al narsa bo&#8217;lib, inson a&#8217;zolari tomonidan his etiladigan yoki karmaga o&#8217;xshab nozik bulishi mumkin. Moddaning zarrasi \u2014 atom, u makonning bir nuqtasinigina ishg&#8217;ol etadi, og&#8217;irlikka ega, katta tezlik bilan harakat qila oladi. Jaynizm falsafasida ikki zamon xususiyati mavjud: ruhning ayni holatda mujassamlashgan muddati (yoki hayot vaqti) va ruhning shu berilgan holatda mujassamlashgan muddati (yoki hayot miqdori, boshqa holatga o&#8217;tish uchun ayni shunday hayotda yashashi zarurligi). Masalan, inson bir necha o&#8217;n yillar yashaydi, ammo uning yuqoriroq holatga o&#8217;tishi bir necha hayotiy muddatni taqozo etadi. Jaynizmning axloqiy ta&#8217;limoti yakka shaxsning o&#8217;zigagina qaratilgan. Inson faqat o&#8217;zini ozod qilishi mumkin; boshqa odamga yordam berish mutlaqo bo&#8217;lmagan va iloji yo&#8217;q narsa. Jaynizm falsafiy tizimi hozirgi vaqtgacha deyarli ilk ko&#8217;rinishida saqlanib qolgan. Muhammadjon Qodirov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Jaynizm \u2014 1) Hindistonda tarqalgan dinlardan biri (qariyb 3 million kishi e&#8217;tiqod qiladi). Miloddan avvalgi 6-asrda paydo bo&#8217;lgan. Rivoyatlarga ko&#8217;ra, Jaynizm asrlar osha 24 ustoz-payg&#8217;ambar orqali yetib kelgan. Bularning eng &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/jaynizm\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":56191,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[208],"tags":[],"class_list":["post-93493","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-j-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/93493","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=93493"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/93493\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":93495,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/93493\/revisions\/93495"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/56191"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=93493"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=93493"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=93493"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}