{"id":93544,"date":"2023-07-23T14:53:20","date_gmt":"2023-07-23T11:53:20","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=93544"},"modified":"2023-07-23T14:53:23","modified_gmt":"2023-07-23T11:53:23","slug":"jomiy","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/jomiy\/","title":{"rendered":"Jomiy"},"content":{"rendered":"\n<p>Jomiy (taxallusi; asl ism-sharifi Nuriddin Abdurahmon ibn Ahmad) (1414.7.11, Jom &#8212; 1492.8.11, Hirot) \u2014 fors-tojik shoiri, naqshbandiylik tariqatining yirik vakili. Jomiyning ota- bobolari asli dashtdan bo&#8217;lib, Jomda, keyinchalik Hirotda hayot kechirishgan. Jomiy madrasa yoshidan ancha erta Hirotdagi &#171;Dilkash&#187; (Navoiy ma&#8217;lumotiga ko&#8217;ra, &#171;Nizomiya&#187;) madrasasiga kirib, o&#8217;z davrining taniqli til, adabiyot olimlari va mudarrislari qo&#8217;lida tahsil olgan. Shu davrdayoq u Arab tilini mukammal o&#8217;rgana boshlagan. Keyinroq Jomiy o&#8217;z bilimini oshirish uchun Samarqandga keladi va Ulug&#8217;bek madrasasida buyuk falakiyotshunos Qozizoda Rumiy, Ali Qushchi, fiqhshunos Fazlulloh Abullays kabilardan ta&#8217;lim oladi. Bu yillarda u til va adabiyotnigina emas, riyoziyot, falakiyot, falsafa, huquqshunoslik fanlari, din asoslari, hadis va tafsir ilmlarini xam chuqur o&#8217;rganadi, olimlarning turli mavzulardagi munozara va mubohasalarida qatnashib, yetuk olimligi bilan tanila boshlaydi. Jomiy Hirotga qaytgach, tasavvuf yo&#8217;liga kirishni, o&#8217;z bilim va faoliyatini shu yo&#8217;lga, qolaversa, ijodga, ilm-fanga bag&#8217;ishlashni Afzal ko&#8217;radi. U o&#8217;ziga pir qilib Shayx Sa&#8217;diddin Koshg&#8217;ariy (vafoti \u2014 1456)ni tanlaydi, Hirotning jome masjidida uning suhbatlarini tinglaydi. Sa&#8217;diddin Koshg&#8217;ariy tasavvufda Muhammad Naqshband sulukiga mansub edi. Jomiy mashhur sufiylar b-n yaqindan muloqotda bo&#8217;ladi. Muhyiddin ibn al-Arabiyning asarlarini chuqur mutolaa qiladi. O&#8217;zining mutasavviflik faoliyatida Bahouddin Naqshband g&#8217;oyalarini shu Sulukning ikkinchi bir yirik namoyandasi \u2014 Xo&#8217;ja Ahror bilan yaqin munosabatda bo&#8217;lgan holda yanada rivojlantirdi. Rasman o&#8217;zini kundalik &#171;Malomatiya&#187; tariqatiga mansub deb hisoblasada, asarlarida Naqshbandga ixlosi baland bo&#8217;lgan. Jomiy Xurosonda temuriylardan Shohrux, Abulqosim Bobur, Abu Said va Husayn Boyqaro podshohligi davrida yashadi. Xurosonda Hirot taxtiga temuriy Sulton Husayn Boyqaro o&#8217;tirgandan so&#8217;ng Jomiyning mamlakatdagi mavqei juda ortadi, chunki Sulton Husayn va uning ko&#8217;p avlodlari o&#8217;zlarini unga murid, deb e&#8217;lon qilganlar. Jomiy 1472 yil xajga boradi. Bu safari vaqtida Nishopur, Sabzavor, Bastom, Domg&#8217;on, Qazvin, Hamadon, Karbalo, Bag&#8217;dod, Damashq, Halab, Tabriz kabi bir qancha shaharlarda bo&#8217;ladi. Uning shaxsiy maktublaridan ma&#8217;lum bo&#8217;lishicha, yaqin do&#8217;sti Xo&#8217;ja Axror taklifi bilan Toshkentda ham bo&#8217;lgan va ulug&#8217; mozoratlarni ziyorat qilgan. Jomiy katta yer-mulk egasi bo&#8217;lgan. Jomiy Alisher Navoiy bilan birinchi marta Abu Said hukmronligi davrida xiyobon mavzesida hamma qatori ko&#8217;rishgan. Shunda Jomiy unga o&#8217;zining bir risolasini taqdim qilgan. 1476-77 yillarda Navoiy ham Jomiyni o&#8217;ziga pir, deb taniydi. Garchi Jomiyning Navoiydan yoshi ancha ulug&#8217;, rasman pir hisoblansa ham, mohiyatan ular chin do&#8217;st va hamkor bo&#8217;lganlar. Jomiy o&#8217;zining (&#171;Nafaxotuluns&#187;, &#171;Bahoriston&#187; va boshqalar) bir qancha asarlarida Navoiyni, Navoiy ham o&#8217;z asarlari (&#171;Xamsat ul-mutahayyirin&#187;, &#171;Majolis un-nafois&#187; va boshqalar)da Jomiyni hurmat bilan tilga oladi. Jomiy &#171;Nafahot ul-uns&#187; (&#171;azizlar nafasi&#187;), &#171;Risolai musiqi&#187; (&#171;musiqa risolasi&#187;), &#171;risolai muammo&#187; (&#171;muammo risolasi&#187;) kabi o&#8217;ndan ortiq asarini Navoiy maslahati bilan yozgan. Jomiy vafotidan sal burun lirik she&#8217;rlarini 3 devonga bo&#8217;lib, ularga &#171;Fotixat ush-Shabob&#187; (&#171;yoshlikning boshlanishi&#187;), &#171;Vositat ul-ikd&#187; (&#171;o&#8217;rtadagi dur&#187;) va &#171;Xotimat ul-xayot&#187; (&#171;hayot xotimasi&#187;, 1479-91) deb nom berar ekan, bunda Navoiy maslahatini e&#8217;tiborga olgan edi. Navoiy va Jomiyning do&#8217;stligi adabiy hamkorlik bilan chegaralanmagan. Navoiy Husayn Boyqaro saroyida bosh vazir bo&#8217;lib turar ekan, o&#8217;z siyosiy va ijtimoiy faoliyatida Jomiydan maslahatlar olib turgan. Masalan, Sulton Husayn Qunduz viloyatiga qarshi yurishga otlanmoqchi bo&#8217;lganda, Jomiy Navoiydan podshohni bu safardan qaytarishni iltimos qilgan. Saroydagi fitna va fujurlar Navoiyning joniga tegib, u o&#8217;z vazifasidan ketmoqchi bo&#8217;lganda Jomiy uni bunday qarordan voz kechtirgan. Chunki Navoiydek xalqparvar arbob saroydan ketsa, xalq va mamlakat ahvoli yanada og&#8217;irlashishini u yaxshi tushunar edi. Jomiy o&#8217;z asarlarini fors-tojik tilida yozgan, Arab tilini ham yaxshi bilgan. Xorazmlik tilshunos Ibn al-Hojibning Arab tili nahv (sintaksis)i haqidagi &#171;Al-Kofiya&#187; darsligiga 1492 yilda g&#8217;oyat yaxshi sharh bitgan. Bu kitob Markaziy Osiyo va yaqin Sharq mamlakatlarida so&#8217;nggi vaqtlargacha maktab va madrasalarda Arab tilidan qo&#8217;llanma bo&#8217;lib keldi. Navoiy bergan ma&#8217;lumotga ko&#8217;ra, Jomiy turkiy tilni yaxshi bilgan. Jomiydan ulkan va rang-barang adabiy hamda ilmiy meros qolgan. Ba&#8217;zi olimlar Jomiy asarlarining umumiy soni 100 ga yaqin deb taxmin qiladilar. Navoiy &#171;Xamsat ul-mutahayyirin&#187;da uning 38 asarini nomma-nom sanab ko&#8217;rsatadi. Jomiy asarlari falsafa, tasavvuf, tilshunoslik, adabiyotshunoslik, san&#8217;at sohalariga hamda nazm va nasrning har xil janrlariga oid. Jomiyning ijodiy faoliyati ko&#8217;p qirrali bo&#8217;lsa ham u Sharq xalqlari madaniyati tarixida ko&#8217;proq Genial shoir va mutafakkir \u2014 olim sifatida tanilgan. Bu jihatdan uning epik va lirik merosi g&#8217;oyat diqqatga sazovordir. Sunggi asr adabiyotshunoslari haqli ravishda uni fors-tojik adabiyotining ilk taraqqiyot davrdagi (10-15 &#8212; asrlar) buyuk mutafakkir-ijodkor deb ataydilar. Jomiy asarlarining bir qismi liniy va falsafiy mazmunga ega bo\u2019lib, ularda shoir Islom dini va Sharq falsafasining bir qator masalalarini uz qarashicha talqin etadi, tasavvufning 15-asrdagi yirik arbobi sifatida o\u2019z fikr-mulohazalarini bayon etadi. Bunga uning &#171;naqshi Fusus&#187; (&#171;Ma&#8217;nolar naqshi&#187;), &#171;Shavohidi nubuvva&#187; (&#171;payg&#8217;ambarlikka dalillar&#187;), &#171;Sharhi Qasidayi &#171;Toiya&#187; (&#171;radifda &#171;to&#187; harfidan foydalanib yozilgan qasida sharhi&#187;), &#171;naqdi nusus&#187; (&#171;Matnni tanqid&#187;), &#171;sharhi Qasidayi &#171;Xamriya&#187; (&#171;Xamriya&#187; qasidasi sharhi&#187;), &#171;Naqshbandiya ta&#8217;limoti haqida risola&#187;, &#171;Vohid&#187; atamasi haqida risola&#187;, &#171;Zikr&#187; shartlari haqida risola&#187;, &#171;Haj qilish yo&#8217;llari haqida risola&#187; kabi bir qancha asarlarini shu guruhga kiritish mumkin. Jomiy falsafasining asosini tasavvufiy g&#8217;oyalar tashkil etadi. Uning tasavvurida Xudo jonli mavjudot bo&#8217;lmay, yorug&#8217;nur ko&#8217;rinishiga ega. Hamma narsani yaratgan yagona Xudo go&#8217;zal ma&#8217;shuqaga o&#8217;xshagan bo&#8217;lib, minglarcha oynada turli qiyofada va ko&#8217;rinishda namoyon bo&#8217;ladi. U yunon faylasufi Yaloximnning jilolanish (&#171;emanasiya&#187;) falsafasini davom ettiradi va yanada rivojlantiradi. Uning fikricha, dunyodagi hamma narsalar kelib chiqishi va mohiyati e&#8217;tibori bilan ilohiydir. Jomiyning &#171;Lujjat ul-Asror&#187; (&#171;sirlar dengizi&#187;, 1475), &#171;Ashiat ul-lamoat&#187; (&#171;Yiltillagan nur&#187;, 1476) diniy-falsafiy qasidasi Ibn Sinoga bag&#8217;ishlangan. Dostonlarida xalq ommasining eng yaxshi orzu-umidlarini kuylagan. 7 dostondan iborat &#171;Haft avrang&#187; (&#171;yetti taxt&#187; yoki &#171;katta ayiq&#187;, 1480-87)dagi &#171;Silsilat uz-zahab&#187; (&#171;Oltin zanjir, 1472), &#171;Tuhfat ul-Ahror&#187; (&#171;Nuroniylar tuhfasi&#187;, 1481-82), &#171;Sibhat ul-Abror&#187; (&#171;Taqvodorlar tasbehi&#187;, 1482\u2014 83) dostonlarida yuksak xulq-atvor mezonlarini targ&#8217;ib qilgan, kishilarni ma&#8217;rifatga, yurtparvarlikka, to&#8217;g&#8217;rilik, insof va iymonga chaqirgan. &#171;Yusuf va Zulayho&#187; (1483), &#171;Layli va Majnun&#187; (1484), &#171;salomon va Absol&#187; (1479-80) dostonlari ishqiy mavzuda. &#171;Xiradnomai Iskandariy&#187; dostoni (1485) Nizomiyning &#171;Iskandarnoma&#187; siga taqlidan yozilgan. 18 &#8212; asr oxiri va 19 &#8212; asrning boshlarida Muhammad Rizo Ogahiy Jomiyning &#171;Yusuf va Zulayho&#187;sini o&#8217;zbek tiliga tarjima qilgan. Adabiyotshunos va tilshunos olim sifatida ham Jomiy xizmati ulkandir. U o&#8217;zining &#171;Bahoriston&#187; tazkirasida fors-tojik adabiyotining bir qancha namoyandalari va Navoiy haqida qimmatli ma&#8217;lumotlar beradi. Uning &#171;Risolai aruz&#187; asari aruz haqidagi eng mukammal qo&#8217;llanmalardan biridir. Jomiy &#171;Nafaxrt ul-uns&#187; asarini yozish bilan tasavvuf tarixini o&#8217;rganishga katta hissa qo&#8217;shdi. Unda 616 mutasavvif hayoti va faoliyati haqida ma&#8217;lumot berilgan bo&#8217;lib, ulardan 34 nafari ayollardir. Ushbu asarni Navoiy ma&#8217;lum bir to&#8217;ldirishlar bilan o&#8217;zbek tiliga tarjima qilgan. Jomiy faqat mashhur sufiylar haqida ma&#8217;lumot berish bilan cheklanmay, qator shoir va adiblarning hayoti va ijodiga ham to&#8217;xtaladi. Navoiy bu asarni o&#8217;zbek tiliga &#171;Nasoim ul-muhabbat&#187; (&#171;muhabbat shabadalari&#187;) nomi bilan tarjima qilar ekan, uni o&#8217;zbek shoirlari va adiblari haqidagi ma&#8217;lumotlar bilan to&#8217;ldiradi. Jomiy muammo xaqida 4 risola (&#171;Risolai muammoyi Kabir&#187;, &#171;Risolai muammoyi mutavassit&#187;, &#171;Risolai muammoyi sag&#8217;ir&#187;, &#171;Risolai muammoyi manzum&#187;), ruboiylar sharhi, kofiya haqida 2 risola yozgan, mashhur qasidalarning bir qanchalariga alohida-alohida sharhlar bitgan. Jomiy musiqa sohasida ham katta obro&#8217;ga ega bo&#8217;lib, &#171;naqshi Mulla&#187; (&#171;naqshi Imoma&#187;) asari muallifidir. Sharq musiqa ilmi tarixida Jomiyning &#171;risolai musiqi&#187;si ham alohida o&#8217;rin tutadi. Risola kirish, ikki yirik qism \u2014 &#171;ilmi ta&#8217;lif&#187; va &#171;ilmi iyqo'&#187; hamda xotimadan tashkil topgan bo&#8217;lib, ular o&#8217;z ichiga 23 faslni qamrab olgan. Jomiy o&#8217;zining musiqiy nazariy va musiqiy- estetik qarashlarida Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Safiuddin Urmaviy va Abdulqodir Marog&#8217;iylarning mumtoz an&#8217;analarini davom ettirgan. Asosiy diqqatini o&#8217;sha davr amaliyoti bilan bog&#8217;liq bo&#8217;lgan parda (lad) tizimlari (jins, jam, &#171;o&#8217;n ikki maqom&#187;, sho&#8217;ba va boshqalar) hamda usul (ritm) masalalariga qaratgan. Jomiyning musiqaviy tafakkuri adabiy-badiiy ijodida ham o&#8217;z ifodasini topgan. Asarlari o&#8217;zbek tiliga tarjima qilinib, bir necha marta nashr etilgan. &#171;Qofiya sharhi risolasi&#187;, &#171;sharhi mullo&#187; (yoki &#171;Mullo Jomiy&#187;) Markaziy Osiyo va Idil (Volga) bo&#8217;yi tatarlari madrasalarida Arab tili grammatikasidan darslik sifatida uqitilgan. O&#8217;zbekiston va Tojikistonning bir qancha jamoa xo&#8217;jaliklari, ko&#8217;chalar, maktablar Jomiy nomi bilan ataladi. Samarqand shahrida Navoiy bilan Jomiy haykali o&#8217;rnatilgan (1970). As: tanlangan asarlar, T., 1970; is- Kandar xiradnomasi. T., 1978; Yusuf va Zulayho, T., 1983; Risolai musiqi, T., 1997. Ad.: Shomusamedov Sh. M., Fors-tojik adabiyoti klassiklari, T., 1963; Hayitmetov A., Abdurahmon Jomiy, T., 1989. Abduqodir Hayitmetov, Shoislom Shomuhamedov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Jomiy (taxallusi; asl ism-sharifi Nuriddin Abdurahmon ibn Ahmad) (1414.7.11, Jom &#8212; 1492.8.11, Hirot) \u2014 fors-tojik shoiri, naqshbandiylik tariqatining yirik vakili. Jomiyning ota- bobolari asli dashtdan bo&#8217;lib, Jomda, keyinchalik Hirotda hayot &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/jomiy\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":56191,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[208],"tags":[],"class_list":["post-93544","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-j-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/93544","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=93544"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/93544\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":93553,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/93544\/revisions\/93553"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/56191"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=93544"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=93544"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=93544"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}