{"id":93649,"date":"2023-07-23T16:30:56","date_gmt":"2023-07-23T13:30:56","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=93649"},"modified":"2023-07-23T16:30:59","modified_gmt":"2023-07-23T13:30:59","slug":"jomboy-tumani","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/jomboy-tumani\/","title":{"rendered":"Jomboy tumani"},"content":{"rendered":"\n<p>Jomboy tumani &#8212; Samarqand viloyatidagi tuman. 1935 yil 9 Fevrlda tashkil etilgan (1962 yil 24 dekabrda Bulung&#8217;ur tumani bilan birlashtirilgan, 1970 yil 7 dekabrda qayta tuzilgan). Shimolda viloyatning Payariq tumani, Jizzax viloyati, g&#8217;arbda Oqdaryo, Samarqand tumanlari, Sharqda Bulung&#8217;ur tumani, Janubda Toyloq tumani bilan chegaradosh. Maydoni 0,55 ming km2. Aholisi 114,3 ming kishi (2000). Jomboy tumanida 8 qishloq fuqarolari yig&#8217;ini (Dehqonobod, Jomboy, Jo&#8217;riyat, Xolvoyi, Sherqo&#8217;rg&#8217;on, Qangli, Qoramo&#8217;yin, Qo&#8217;ng&#8217;irot), 1 shahar (Jomboy) bor. Markazi \u2014 Jomboy shahri. Tabiati. Jomboy tumani viloyatning Janubiy- Sharqiy qismida joylashgan, yer yuzasi past-tekislik va qirlardan iborat. Shimolda G&#8217;ubdin tog&#8217;i va tog&#8217;oldi tekisligi joylashgan. Iqlimi keskin kontinental. Iyulning o&#8217;rtacha temperaturasi 27\u00b0, yanvarniki -2,6\u00b0. Yiliga 317 mm yog&#8217;in tushadi. Vegetatsiya davri 240 kun. Tipik bo&#8217;z tuproq, allyuvial o&#8217;tloqi, o&#8217;tloqi, o&#8217;tloqi-botqoq tuproqlar tarqalgan. Tuman Janubda Zarafshon daryosi oqib o&#8217;tadi. Sarisuv, Polvon, O&#8217;rta, Bulung&#8217;ur, Mirza va boshqa kanallari bor. Tog&#8217;oldi qismida cho&#8217;l o&#8217;simliklari, tekislikda esa beshbarmoq, qirqbo&#8217;g&#8217;im, qo&#8217;g&#8217;a, qamish va boshqalar o&#8217;sadi. Yovvoyi hayvonlardan bo&#8217;ri, chiyabo&#8217;ri, quyon, yumronqoziq, qushlardan ko&#8217;kqarg&#8217;a, bulbul, kakku, laylak va boshqalar uchraydi. Jomboy tumani hududida Zarafshon qo&#8217;riqxonasi joylashgan. O&#8217;rta asrlarda tuman hududida Bedana qo&#8217;rig&#8217;i deb atalgan mavze bo&#8217;lgan. Aholisi, asosan o&#8217;zbeklar; shuningdek, tojik, tatar, rus va boshqa millat vakillari ham yashaydi. 1 km2 ga 208 kishi to&#8217;g&#8217;ri keladi. Qishloq aholisi 100,6 ming, shaharliklar 13,7 ming. Xo&#8217;jaligi. Jomboy tumanida 11 sanoat korxonasi, jumladan paxta tozalash zavodi, 3 ta qo&#8217;shma korxona, (eng muhimi &#171;Samjinteks&#187; O&#8217;zbekiston-Turkiya qo&#8217;shma to&#8217;qimachilik fabrikasi), qariyb 150 ta kichik korxona bor. Qishloq xo\u2019jaligida paxtachilik, gallachilik, sabzavotchilik, chorvachilik bilan shug&#8217;ullaniladi. Jami yer fondi 55,9 ming gektar, shu jumladan sug&#8217;oriladigan yerlar 28,1 ming gektar. Qishloq xo\u2019jaligiga yaroqli yerlar 46,9 ming gektar, o&#8217;rmon fondi yerlari 2,4 ming gektar. Paxta 6,2 ming gektar, g&#8217;alla 12,3 ming gektar, sabzavot 350 gektar yerga ekiladi. Tumanda 13 jamoa, 5 shirkat, 1 o&#8217;rmon, 1 chorva xo&#8217;jaligi mavjud. Tuman jamoa xo&#8217;jaliklari va shaxsiy xo&#8217;jaliklarda qariyb 42 ming qoramol, 20 mingga yaqin qo&#8217;y-echki bor. O&#8217;rmon maydoni 277 gektar. O&#8217;rmon xo&#8217;jaligida asosan, terak o&#8217;stiriladi. Tuman hududidan Toshkent\u2014Samarqand temir yo\u2019l o&#8217;tgan (17 kilometr). Xalqaro avtomobil yo&#8217;li 20 kilometr. Jami 56 umumiy ta&#8217;lim maktabida 31 mingdan ziyod o&#8217;quvchi, hunar litseyida 600 ga yaqin o&#8217;quvchi ta&#8217;lim olmoqda. Markaziy kutubxona, Markaziy bolalar kutubxonasi, 43 qishloq kutubxonasi, Markaziy madaniyat uyi, 18 qishloq madaniyat uyi, klub, maishiy xizmat ko&#8217;rsatish punktlari bor. 446 o&#8217;rinli 3 kasalxonada 198 vrach bo&#8217;lib, har 10 ming kishiga 17,3 vrach to&#8217;g&#8217;ri keladi. 1935 yildan &#171;Jomboy tongi&#187; gazeta nashr etiladi (adadi 1310).<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Jomboy tumani &#8212; Samarqand viloyatidagi tuman. 1935 yil 9 Fevrlda tashkil etilgan (1962 yil 24 dekabrda Bulung&#8217;ur tumani bilan birlashtirilgan, 1970 yil 7 dekabrda qayta tuzilgan). Shimolda viloyatning Payariq tumani, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/jomboy-tumani\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":56191,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[208],"tags":[],"class_list":["post-93649","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-j-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/93649","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=93649"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/93649\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":93664,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/93649\/revisions\/93664"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/56191"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=93649"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=93649"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=93649"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}