{"id":93705,"date":"2023-07-23T17:25:03","date_gmt":"2023-07-23T14:25:03","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=93705"},"modified":"2023-07-23T17:25:06","modified_gmt":"2023-07-23T14:25:06","slug":"juzjon","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/juzjon\/","title":{"rendered":"Juzjon"},"content":{"rendered":"\n<p>Juzjon, Guzgon \u2014 Afg&#8217;onistonning shimolidagi tarixiy shahar va viloyat (hozirgi Jouzjon). &#171;Shohnoma&#187;da Turon shohi Afrosiyob bilan bog&#8217;liq voqealar munosabati bilan qayd etib o&#8217;tilgan. Xitoy manbalarida (&#171;Tanshu&#187;) Xu-Chje-kyen deb nomlanib uning podshosi 50 ming kishilik qo&#8217;shinga ega ekanligi va u Toxaristonning turkiy qavmlardan bo&#8217;lgan oliy yabg&#8217;usiga tobe ekanligi aytilgan. Arablar istilosidan avvalgi davrda Juzjon hokimlari &#171;guzgon-xudot&#187; yoki &#171;Guzganon shoh&#187; unvoniga ega bo&#8217;lishgan. 10-asrda Juzjonda hukmronlik qilgan Farig&#8217;uniylar sulolasi vakillari ana shu unvon bilan aytilgan. Arab xalifaligi davrida Juzjon viloyatidan atigi 152 ming dirham xiroj olingan. 10-asrda Juzjon keng hududni qamragan badavlat, gullab-yashnagan viloyat bo&#8217;lgan. G&#8217;arbda u Garchiston va Marv, Sharqda Balx, Toxariston va Bomiyon, Janubda G&#8217;ur va Bust, shimolda Amudaryo bilan chegaralangan. Juzjon hokimi shu qadar kuchli bo&#8217;lganki, hatto Somoniylarni xiroj to&#8217;lamay faqatgina sovg&#8217;a-salom jo&#8217;natib turgan. &#171;Hudud ul-olam&#187;ga ko&#8217;ra Juzjon shohi o&#8217;z zamonasidagi hukmdorlar ichida eng obro&#8217;li, qudratli, aqlli, dono va o&#8217;qimishlisi bo&#8217;lgan. Uning mulkida adolat, tinchlik va osoyishtalik hukm surgan. 9-asrda Juzjonning poytaxti Anbar shahri (hozirgi Saripul) bo&#8217;lib, unda xalifalik voliysining qarorgohi joylashgan. 10-asrda unda Farig&#8217;uniylarning qishki qarorgohi bo&#8217;lib, yozgi qarorgoh Gurzuvon shahrida bo&#8217;lgan. &#171;Hudud ul-olam&#187;ga ko&#8217;ra Anbar boy shahar bo&#8217;lib, savdo ahli gavjum bo&#8217;lgan markaz sanalgan. Bu yerda mashhur &#171;guzgon terisi&#187; tayyorlanib, u turli mamlakatlarga chiqarilgan. Shaharda o&#8217;zining zarbxonasi, ulkan jome masjidi bo&#8217;lgan. 1019 yil farig&#8217;uniylar sulolasi taxtdan ag&#8217;darilgach, Mahmud G&#8217;aznaviy Juzjonni G&#8217;aznaviylar saltanati tarkibiga qo&#8217;shib olgan. Juzjon bu davrda yirik iqtisodiy va harbiy-siyosiy ahamiyatga ega bo&#8217;lgan. 1198 yil aprelda Juzjon qoraxitoylar bosqiniga uchragan. 13-asr boshida uni mo&#8217;g&#8217;ullar, 14-15-asrlarda Temuriylar egallagan. 16-asrda Shayboniylar, 17-asrda auimapxo Huwiapra tobe bo&#8217;lib Balx mulkiga tegishli bo&#8217;lgan. 18-asr o&#8217;rtalaridan afg&#8217;onlarning durroniylar davlati, 1919 yilda mustaqil Afg&#8217;oniston davlati tuzilgach, uning viloyatlaridan biri. Ad.: Axmedov B., Istoriya Balxa, T., 1982; Kamal iddinov Sh. S, Istoriche- skaya geografiya Yujnogo Sogda i Toxaristana po araboyazichnim istochnikam IX \u2014 nachala XIII vv. T., 1996.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Juzjon, Guzgon \u2014 Afg&#8217;onistonning shimolidagi tarixiy shahar va viloyat (hozirgi Jouzjon). &#171;Shohnoma&#187;da Turon shohi Afrosiyob bilan bog&#8217;liq voqealar munosabati bilan qayd etib o&#8217;tilgan. Xitoy manbalarida (&#171;Tanshu&#187;) Xu-Chje-kyen deb nomlanib uning &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/juzjon\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":56191,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[208],"tags":[],"class_list":["post-93705","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-j-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/93705","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=93705"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/93705\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":93723,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/93705\/revisions\/93723"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/56191"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=93705"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=93705"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=93705"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}