{"id":93753,"date":"2023-07-23T19:33:54","date_gmt":"2023-07-23T16:33:54","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=93753"},"modified":"2023-07-23T19:33:57","modified_gmt":"2023-07-23T16:33:57","slug":"jinoyat","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/jinoyat\/","title":{"rendered":"Jinoyat"},"content":{"rendered":"\n<p>Jinoyat \u2014 jinoyat qonunida nazarda tutilgan ijtimoiy xavfli qilmish. Muayyan qilmishni Jinoyat deb hisoblash masalasi har bir davlatda o&#8217;zining ijtimoiy tuzumi, aholining turmush tarzi, milliy xususiyatlari, urf-odatlari, an&#8217;analari va hokazolarga muvofiq xalqaro huquq me&#8217;yorlari e&#8217;tiborga olingan holda hal etiladi. Qilmish Jinoyat ekanligini aniqlash uchun quyidagi umumiy belgilar nazarga olinadi: 1) qilmishning ijtimoiy xavfliligi; 2) aybning mavjudligi; 3) jazoga sazovorligi. Har qanday jinoiy qilmishda mazkur belgilarning barchasi birdaniga mavjud bo&#8217;lishi shart, ulardan biri mavjud bo&#8217;lmasa, qilmishni Jinoyat emas, deb hisoblashga asos topiladi. Jinoyatlar o&#8217;z xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasiga ko&#8217;ra: ijtimoiy xavfi katta bo&#8217;lmagan; uncha og&#8217;ir bo&#8217;lmagan; og&#8217;ir; o&#8217;ta og&#8217;ir Jinoyatlarga bo&#8217;linadi. Jinoyatlar tajovuz ob&#8217;yektiga ko&#8217;ra, shaxsga qarshi Jinoyat, iqtisodiyot sohasidagi Jinoyat, jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga qarshi Jinoyat, davlat hokimiyatiga qarshi Jinoyat, ekologiya sohasidagi Jinoyat, harbiy xizmatni o&#8217;tash tartibiga qarshi Jinoyat, tinchlik va insoniyat xavfsizligiga qarshi Jinoyatga bo&#8217;linadi. Aybning shakliga ko&#8217;ra esa qasddan sodir etilgan Jinoyat va ehtiyotsizlik orqasida sodir etilgan Jinoyatga bo&#8217;linadi. Shaxs o&#8217;z harakati yoki harakatsizligini va bundan kelib chiqadigan jinoiy oqibatni anglagan, o&#8217;z harakatlarini boshqara oladigan bo&#8217;lsagina qilmishi Jinoyat hisoblanadi. Sub&#8217;yekt yoshiga yetmagan va aqli noraso shaxslar tomonidan sodir etilgan ijtimoiy xavfli qilmish Jinoyat sanalmaydi va ularga nisbatan Jinoyat qonunida nazarda tutilgan majburlov choralarini qo&#8217;llash mumkin emas. O&#8217;zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksida qilmishning jinoiyligini istisno etadigan holatlarning quyidagi 6 turi belgilangan: 1) kam ahamiyatli qilmishlar; 2) zaruriy mudofaa; 3) oxirgi zarurat; 4) ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash vaqtida zarar yetkazish; 5) buyruq yoki boshqa vazifalarni ijro etish; 6) kasb yoki xo&#8217;jalik faoliyati bilan bog&#8217;liq asosli tavakkalchilik (36-41-moddalar). Mazkur harakatlar tufayli kelib chiqqan oqibatlar jinoiy oqibat hisoblanmaydi, qilmish ham Jinoyat sanalmaydi. Alohida olingan muayyan bir Jinoyat va umuman jinoyatchilik sodir etilishiga ta&#8217;sir ko&#8217;rsatuvchi ijtimoiy omillar, hodisalar, jarayonlar bo&#8217;ladi. Jinoyat sabablari o&#8217;rganilayotganda ana shular hisobga olinadi. Jumladan, birinchidan shaxsning o&#8217;zi, uning dunyo qarashi, qiziqishlari, jamiyat va davlatga, yon atrofidagi kishilar va oilaga munosabati, unda salbiy sifatlarning shakllanishi va kuchayishi; ikkinchidan \u2014 shaxs tarbiyalangan, voyaga etgan oilaviy va ijtimoiy muhit; uchinchidan \u2014 Jinoyat sodir etilgan vaqtdagi sharoit, vaziyatga e&#8217;tibor beriladi. Mamajon Usmonaliyev.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Jinoyat \u2014 jinoyat qonunida nazarda tutilgan ijtimoiy xavfli qilmish. Muayyan qilmishni Jinoyat deb hisoblash masalasi har bir davlatda o&#8217;zining ijtimoiy tuzumi, aholining turmush tarzi, milliy xususiyatlari, urf-odatlari, an&#8217;analari va hokazolarga &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/jinoyat\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":56191,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[208],"tags":[],"class_list":["post-93753","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-j-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/93753","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=93753"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/93753\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":93756,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/93753\/revisions\/93756"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/56191"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=93753"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=93753"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=93753"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}