{"id":93929,"date":"2023-07-24T10:52:10","date_gmt":"2023-07-24T07:52:10","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=93929"},"modified":"2023-07-24T10:52:13","modified_gmt":"2023-07-24T07:52:13","slug":"jismoniy-tarbiya-badan-tarbiya","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/jismoniy-tarbiya-badan-tarbiya\/","title":{"rendered":"Jismoniy tarbiya, badan tarbiya"},"content":{"rendered":"\n<p>Jismoniy tarbiya, badan tarbiya \u2014 sog&#8217;liqni mustahkamlashga, odam organizmini uyg&#8217;un ravishda rivojlantirishga qaratilgan umumiy tarbiyaning uzviy qismi. Jamiyatdagi jismoniy madaniyat ahvolini bildiruvchi ko&#8217;rsatkichlardan biri. Jismoniy tarbiyaning asosiy vositalari: jismoniy mashg&#8217;ulotlar, organizmni chiniqtirish, mehnat va turmush gigienasi. Jismoniy tarbiya aqliy, axloqiy, mehnat va estetik tarbiya bilan qo&#8217;shib olib boriladi. Ibtidoiy davrdan boshlab Jismoniy tarbiyaga alohida e&#8217;tibor qaratilgan. Dastlab u jismoniy mashqlar, turli o&#8217;yinlar, mehnat jarayonlari, ovchilik, harbiy harakatlarga o&#8217;xshatilgan musobaqalar va sinovlar shaklida mavjud bo&#8217;lgan, turli marosimlarni aks ettirgan. Keyinchalik yoshlarni qilichbozlik, chavandozlik, kamondan otish, yakkama-yakka kurash mahoratiga o&#8217;rgatish jamiyatning asosiy vazifalaridan biriga aylana borgan. Uyg&#8217;onish davrida Jismoniy tarbiyaga e&#8217;tibor yanada kuchaydi. Gumanistlar Jismoniy tarbiyani o&#8217;quv dasturiga kiritishga uringanlar. Jismoniy tarbiyaga o&#8217;rta asrlarda Yevropada oilaviy tarbiya va maktabdagi pedagogik jarayonning muhim qismi sifatida qarala boshlandi. J. J. Russo &#171;Emil, yoki tarbiya to&#8217;g&#8217;risida&#187; deb atalgan pedagogik risolasida Jismoniy tarbiyaning bolalarning aqliy kamoloti va mehnat tarbiyasidagi ahamiyatini ta&#8217;kidlagan. 18-asrda asosan Russo g&#8217;oyalari ta&#8217;sirida Germaniyada paydo bo&#8217;lgan &#171;insonparvarlik va yaxshi xulq maktablari&#187; \u2014 filantropinlar Jismoniy tarbiyaning shakl va uslublarining takomillashuviga olib keladi. Gimnastika mashqlari maktab dasturlaridan mustahkam o&#8217;rin oladi. 19-asr oxiri va 20-asr boshida Frantsiya, Buyuk Britaniya va boshqa mamlakatlarda Jismoniy tarbiyaning milliy tizimlari tarkib topdi. O&#8217;zbekistonda Jismoniy tarbiyaga juda qadimdan salomatlikni mustahkamlashning asosiy vositasi deb qaralgan. Mahmud Koshg\u2019ariyning &#171;Devonu lug&#8217;otit turk&#187; asarida 100 dan ziyod xalq o&#8217;yinlari to&#8217;g&#8217;risida ma&#8217;lumot berilgan. &#171;Alpomish&#187; o&#8217;zbek xalq qahramonlik dostoni, Alisher Navoiyning &#171;Farxod va Shirin&#187;, Zayniddin Vosifiyning &#171;Badoe ul-vaqoe&#187; (&#171;Nodir voqealar&#187;), Boburning &#171;Boburnoma&#187; asari va boshqalarda jismoniy, jangovar mashqlar, kuchlilik bahs-munozaralarining xilma-xil namunalaridan hikoya qilinadi. O&#8217;zbekistonda mustaqillik yillariga kelib Jismoniy tarbiya va sport davlat siyosati darajasiga ko&#8217;tarildi. 1992 yilda (2000 yilda esa yangi tahrirda) &#171;jismoniy tarbiya va sport to&#8217;g&#8217;risida&#187;gi qonunning qabul qilinishi, 1993 yilda sog&#8217;lom avlod davlat dasturining ishlab chiqilishi, Vazirlar Mahkamasining sportning alohida turlarini rivojlantirishga oid va nihoyat 1999 yilda &#171;O&#8217;zbekistonda jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to&#8217;g&#8217;risida&#187;gi qarori Jismoniy tarbiyaning huquqiy asoslarini yaratdi. Jismoniy tarbiyaning keng tarmoqli tizimi: oilaviy-maktabgacha davr (chaqaloqlikdan boshlab bog&#8217;cha yoshidagi), maktab yoshi, o&#8217;rta maxsus va oliy ta&#8217;lim davri hamda katta yoshdagi (erkak va ayol)lar Jismoniy tarbiyasini o&#8217;z ichiga oladi. O&#8217;zbekistonda umumta&#8217;lim maktablaridagi Jismoniy tarbiya pedagogik jarayon hisoblanib, Jismoniy tarbiya darslari, sport sektsiyalaridagi mashg&#8217;ulotlar orqali amalga oshiriladi. &#171;Umumiy o&#8217;rta ta&#8217;lim maktablari uchun jismoniy tarbiyadan davlat ta&#8217;limi standarta&#187; bo&#8217;yicha 1 \u2014 9-sinflarda haftasiga 2 soatdan Jismoniy tarbiya darslari joriy etilgan. O&#8217;quvchi-yoshlar o&#8217;rtasida Jismoniy tarbiyani yanada ommalashtirish va ularning salomatligini mustahkamlash maqsadida 1999 yilda maxsus test sinovlari ishlab chiqildi. Mazkur testlarni muvaffaqiyatli topshirganlar uchun 3 darajali &#171;Alpomish&#187; va &#171;Barchinoy&#187; nishonlari ta&#8217;sis etildi. 1.588.298 nafar o&#8217;quvchi mazkur testlarni muvaffaqiyatli topshirdi (2002). Shuningdek, maktab o&#8217;quvchilari uchun &#171;Umid nihollari&#187;, litsey-kollej o&#8217;quvchilari uchun &#171;Barkamol avlod&#187;, oliy o&#8217;quv yurti talabalari uchun &#171;Universiada&#187; ommaviy musobaqalarini har 2 yilda o&#8217;tkazish yo&#8217;lga qo&#8217;yildi. Xalq o&#8217;yinlari va ommaviy sport turlari bo&#8217;yicha Har 2 yilda &#171;Alpomish o&#8217;yinlari&#187; festivali hamda &#171;To&#8217;maris o&#8217;yinlari&#187; o&#8217;tkazib kelinadi. Jismoniy tarbiyaning ilmiy-amaliy asoslari va shu soha mutaxassislari O&#8217;zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti, oliy o&#8217;quv yurtlarining fakultetlari hamda bo&#8217;limlarida tayyorlanadi. Respublikada 6 ta Olimpiya o&#8217;rinbosarlari bilim yurti, 8 ta oliy sport mahorati maktabi va 369 ta bolalar-o&#8217;smirlar maktabida ham o&#8217;quvchilarga Jismoniy tarbiyadan saboq beriladi. &#171;Yoshlik&#187; ko&#8217;ngilli sport tashkiloti, &#171;Vatanparvar&#187; mudofaaga ko&#8217;maklashuvchi tashkiloti, &#171;Dinamo&#187; sport klubi kabi sport jamiyatlari aholining turli qatlamlarini Jismoniy tarbiya mashg&#8217;ulotlariga jalb etishga xizmat qiladi. Asror Mo&#8217;minov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Jismoniy tarbiya, badan tarbiya \u2014 sog&#8217;liqni mustahkamlashga, odam organizmini uyg&#8217;un ravishda rivojlantirishga qaratilgan umumiy tarbiyaning uzviy qismi. Jamiyatdagi jismoniy madaniyat ahvolini bildiruvchi ko&#8217;rsatkichlardan biri. Jismoniy tarbiyaning asosiy vositalari: jismoniy mashg&#8217;ulotlar, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/jismoniy-tarbiya-badan-tarbiya\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":56191,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[208],"tags":[],"class_list":["post-93929","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-j-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/93929","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=93929"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/93929\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":93931,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/93929\/revisions\/93931"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/56191"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=93929"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=93929"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=93929"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}