{"id":9409,"date":"2021-11-10T16:10:20","date_gmt":"2021-11-10T13:10:20","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=9409"},"modified":"2021-11-10T16:10:21","modified_gmt":"2021-11-10T13:10:21","slug":"anorganik-birikmalar-nomenklaturasi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/anorganik-birikmalar-nomenklaturasi\/","title":{"rendered":"ANORGANIK BIRIKMALAR NOMENKLATURASI"},"content":{"rendered":"\n<p>ANORGANIK BIRIKMALAR NOMENKLATURASI \u2014 kimyoviy elementlar va ularning birikmalariga nom berish tizimi. Nomenklatura modda tarkibini yozma ravishda va og&#8217;zaki nutqda aniq ifodalashi lozim. Anorganik birikmalarning ko&#8217;p va turli-tumanligi ularni nomlashda ma&#8217;lum tizimga asoslanadi. Ko&#8217;pchilik kimyoviy elementlarning nomi lotin nomidagi &#171;ium&#187; qo&#8217;shimchani &#171;iy&#187; qo&#8217;shimchaga almashtirib hosil qilinadi. Masalan, litium \u2014 litiy, barium \u2014 bariy va hokazolar. Qadim zamonlardan beri ishlatib kelingan elementlarning nomlari shundayligicha saqlanib qoladi: oltingugurt, temir, mis, rux, qalay, qo&#8217;rg&#8217;oshin, simob, oltin, kumush va boshqalar. Elementlarning kislorod bilan hosil qilgan birikmalari oksidlar va peroksidlar degan umumiy termin bilan ataladi. Oksidlar tuz hosil qiluvchi va tuz xrsil qilmaydigan oksidlarga bo&#8217;linadi. Tuz hosil qiluvchi oksidlar o&#8217;z navbatida asosli, nordon va amfoter oksidlarga ajratiladi. O&#8217;zgaruvchan valentli elementlarning oksidlarini nomlash uchun avval elementning nomi, so&#8217;ngra oksid so&#8217;zi qo&#8217;shib aytiladi. Masalan, FeO \u2014 temir (P)-oksid, G&#8217;e2O3\u2014temir (Sh)-oksid va hokazolar. Elementlarning oltingugurt va galogenlar bilan hosil qilgan birikmalari ham shunday nomlanadi. Masalan, CuS\u2014 mis (P)-sulfid, G&#8217;eS13 \u2014 temir (III) \u2014 xlorid va h.k. Metall va gidroksil guruhdan tashkil topgan birikmalar asoslar deb yuritiladi. NaOH \u2014 natriy gidroksidi yoki Si(on)2 \u2014 mis gidroksidi bularga misol bo&#8217;ladi. Asoslarning asosiy xususiyati, ularning kislotalar bilan tuz hosil qilishidir. Vodorod va kislota qoldig&#8217;idan tashkil toptan moddalar kislotalar sifatida qaraladi. Vodorod atomi soni kislota qoddig&#8217;i valentligiga teng bo&#8217;ladi. Kislotadagi vodorod metallga almashina oladi. Kislotalarning asosiy xususiyati asoslar bilan tuz hosil qilishidir. Kislorodsiz kislotaning nomi kislota hosil qiluvchi elementning nomiga &#171;ID&#187; qo&#8217;shimchasi qo&#8217;shish orqali hosil qilinadi. Masalan, H2S \u2014 sulfid kislota, HF \u2014 ftorid kislota, N2Te \u2014tellurid kislota. Kislorodli kislotalar va tuzlar o&#8217;zbekchada xalqaro nom bilan ataladi. Masalan, HNO2 \u2014 nitrit kislota, HNO, \u2014 nitrat kislota, H2SO4\u2014 sulfat kislota; ularning tuzlari tegishlicha nitritlar, nitratlar, sulfatlar deyiladi va hokazolar. Agar kislota tarkibidagi vodorod atomlarining hammasi metall atomiga almashgan bo&#8217;lsa, normal tuz, aks holda nordon tuz deb ataladi. Agar tuzlar tarkibida gidroksil guruhi bo&#8217;lsa, asos tuzlar deb ataladi. Normal tuzlarni nomlashda metall nomiga kislota nomi ko&#8217;shiladi. Masalan, NaF \u2014 natriy ftorid, Fe2(SO4)3 \u2014 temir (III) \u2014 sulfat va boshqalar. Ko&#8217;p asosli kislotalarning tarkibidagi metallga almashgan vodorod atomlari soniga karab tuzga nom beriladi. Masalan, Na3PO4 \u2014 natriy fosfat, Na2HPO4 \u2014 natriy gidrofosfat, NaH2PO4 \u2014 natriy digidrofosfat; ba&#8217;zan bular uch almashgan, ikki almashgan, bir almashgan deb ham ataladi. Kislotalardagi vodorodni metallga yoki asoslardagi gidroksil guruhni kislota qoldig&#8217;iga almashtirish yo&#8217;li bilan tuzlar hosil qilinadi. Bular o&#8217;rta (normal), nordon va ishqoriy tuzlarga bo&#8217;linadi. Ikki metall va bir kislota qoldig&#8217;idan tashkil topganlari qo&#8217;sh tuzlar deyiladi. Bir metall va ikki kislota qoddig&#8217;idan tashkil topgani esa aralash tuzlar deb ataladi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>ANORGANIK BIRIKMALAR NOMENKLATURASI \u2014 kimyoviy elementlar va ularning birikmalariga nom berish tizimi. Nomenklatura modda tarkibini yozma ravishda va og&#8217;zaki nutqda aniq ifodalashi lozim. Anorganik birikmalarning ko&#8217;p va turli-tumanligi ularni nomlashda &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/anorganik-birikmalar-nomenklaturasi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9243,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[107],"tags":[],"class_list":["post-9409","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-a-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/9409","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=9409"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/9409\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":9410,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/9409\/revisions\/9410"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/9243"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=9409"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=9409"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=9409"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}