{"id":94192,"date":"2023-07-24T16:15:58","date_gmt":"2023-07-24T13:15:58","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=94192"},"modified":"2023-07-24T16:16:04","modified_gmt":"2023-07-24T13:16:04","slug":"jinsiy-hayot","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/jinsiy-hayot\/","title":{"rendered":"Jinsiy hayot"},"content":{"rendered":"\n<p>Jinsiy hayot \u2014 jinsiy halovat qaror topishiga qaratilgan murakkab jismoniy, ruhiy va ijtimoiy jarayonlar majmui. Jinsiy hayot urug&#8217; (avlod)ni davom ettirishi bilan birga erkak va ayol o&#8217;rtasidagi ma&#8217;naviy yaqinlikni ham ifoda etadi. Jinsiy hayotdagi ruhiy va jismoniy tomonning nisbati, shuningdek, seksuallikning har xil shakliga munosabat turli jamiyatda turlicha bo&#8217;lib, har bir jamiyatning o&#8217;z jinsiy axloq normalari bor. Seksuallikka tegishli narsalar inson turmushida katta ahamiyatga ega, lekin uni inson hayotini belgilab beradigan asosiy omil deb qaramaslik lozim. Har bir kishining Jinsiy hayot xususiyatlari ko&#8217;pgina omillarga \u2014 irsiyati (tug&#8217;ma), gormonlari, asablariga aloqador omillarga, shuningdek, shaxsning individual xususiyatlariga bog&#8217;liq. Odamning yoshi, jinsi, shaxsiy xususiyatlari va boshqa omillarga qarab Jinsiy hayot har xil bo&#8217;ladi. Jinsiy hayot balog&#8217;at yoshiga qarab boshlanadi. Jinsiy hayotni 18-20 yoshdan keyin boshlash kerak. Qiz bolaning 12-14 yoshda hayz ko&#8217;rishi \u2014 uni bu yoshda Jinsiy hayotga tayyorligini bildirmaydi. Uning organizmi 18-20 ga borib mukammal shakllanadi. Qiz bilan yigit o&#8217;rtasidagi muhabbat yoki er-xotin orasidagi yaqinlik munosabatlari O&#8217;zbekiston Respublikasida oila va nikoh normalari asosida belgilangan. O&#8217;g&#8217;il bolalarga nisbatan qizlar ertaroq (2-3 yil) balog&#8217;atga yetadi, lekin erkakning yoshi ulg&#8217;ayganiga qaramay ularda bola tug&#8217;dira olish funktsiyasi hiyla uzoq davom etadi. Er-xotinlik munosabatlari ular o&#8217;rtasidagi yosh tafovutlariga ham bog&#8217;liq bo&#8217;lib, turmush qurayotganda uni nazarda tutish lozim. Jinsiy hayotning asosini jinsiy aloqa tashkil etadi, uning muhim tomonlari libido \u2014 jinsiy mayl, erektsiya \u2014 jinsiy qo&#8217;zg&#8217;alish, eyakulyatsiya \u2014 shahvat to&#8217;kilishi va xush yoqish \u2014 orgazmdir. Jinsiy aloqaning tez-tez yoki vaqt-vaqti bilan bo&#8217;lishi odamning tug&#8217;ma xususiyatlari, yoshi, sog&#8217;lig&#8217;i, ijtimoiy omillar (olgan tarbiyasi, turmush sharoiti va boshqalar)ga bog&#8217;liq. Turmush qurgandan keyin jinsiy aloqa bir maromga tushadi. Jinsiy yaqinlik qilishni hammaga bir xil qilib \u2014 qolipga tushirib qo&#8217;yish yaramaydi, chunki bir kishi uchun normal hisoblangan narsa boshqa odam uchun odatdan tashqaridek bo&#8217;lib ko&#8217;rinishi mumkin. Jinsiy hayot odam organizmidan juda katta kuch, his-hayajon va ehtiros talab etadi. Shu sababli o&#8217;tkir miokard infarkti, insult, gipertoniya krizi, me&#8217;da yarasining bot-bot qonab turishi va boshqa og&#8217;irroq hollarda jinsiy yaqinlik qilish xavfli hisoblanadi. Ayol bo&#8217;yida bo&#8217;lib qolganida jinsiy aloqani davom ettirib borsa bo&#8217;ladimi, degan masala muhim. Ginekolog va seksopatolog mutaxassislar bu davrda jinsiy yaqinlikdan butunlay voz kechish shart emas, lekin aloqa vaqtida bir qadar ehtiyot bo&#8217;lish kerak, deb hisoblaydilar. Homiladorlikning dastlabki va oxirgi 2-3 oyi davomida, shuningdek, ayolning ko&#8217;zi yoriganidan keyin dastlabki 2 oy ichida jinsiy aloqadan o&#8217;zni tiyib turish kerak. Bu erkak kishiga, agar u jinsiy jihatdan juda faol bo&#8217;lib kelgan bo&#8217;lsa ham, hech bir ziyon-zahmat bermaydi. Qanday bo&#8217;lmasin biror ishga berilib ketish odatda kishining diqqatini hirs qo&#8217;zishidan chalg&#8217;itadi. Maromida ovqatlanish, oilada totuvlik, shaxsiy gigiena qoidalariga amal qilish, sog&#8217;lom turmush tarzi Jinsiy hayotda hal qiluvchi ahamiyatga ega. Jinsiy aloqaga birinchi marta kirishayotgan yosh qizda seksuallik ko&#8217;pincha &#171;mudroq holda&#187; bo&#8217;ladi, shu bois kuyov uning roziligiga qarshi, birinchi kechaning o&#8217;zida yaqinlik qilishni talab etmasligi, u o&#8217;z xotinining maylini ham o&#8217;ylab ko&#8217;rishi, uning ko&#8217;nglidan vahimasi yozilib, yangi sharoitga o&#8217;rganib olishi uchun imkon berishi kerak; jinsiy aloqa er-xotinning roziligi bilan qilinadigan va ko&#8217;ngil o&#8217;rniga tushadigan sharoitda o&#8217;tadigan bo&#8217;lsa, u erga ham, xotinga ham huzur beradi. Jinsiy hayotni soddalashtirib, vaqt-vaqtida shunchaki takrorlanib turadigan jinsiy aloqadan iborat qilib qo&#8217;yish va shuning natijasida er-xotin o&#8217;rtasidagi munosabatlarning zerikarli bir qolipda bo&#8217;lib qolishi ko&#8217;pgina noxushliklarga olib kelishi mumkin. Mudom ichkilik ichib, chekib yurish erkaklar mizojini susaytirib yuboradi. Mastlikda bunyodga kelgan bolalar aqliy va jismoniy zaif bo&#8217;lib tug&#8217;ilishini unutmaslik kerak. Kishi umrining turli davrlarida jinsiy funktsiya turlicha bo&#8217;ladi. Rastalik davrida jinsiy mayl (libido) uyg&#8217;onib, o&#8217;g&#8217;il bolalarda ixtilom, qiz bolalarda hayz boshlanadi. Keyingi davr (20\u2014 26 yasharlik payt), odatda, nikoh bilan tugaydi. Jinsiy hayotni barvaqt boshlash jinsiy a&#8217;zolar kuchining qirqilishiga, jinsiy faollikning susayib ketishiga olib keladi. Yetuk seksuallik davri deb hisoblanadigan 27-50 yasharlik payt jinsiy faollikning bekamu ko&#8217;st bo&#8217;lishi bilan ifodalanadi. Keyingi davrda jinsiy faollik asta-sekin pasayib, so&#8217;nib boradi. Jinsiy funktsiya aslida instinktga, shartsiz reflekslarga asoslangan bo&#8217;lsa ham har qalay juda nozik funktsiya, chunki insonda u nerv sistemasi oliy bo&#8217;limlarining faol ishtirokida yuzaga chiqadi va kishining his-tuyg&#8217;ulari, kechinmalariga bog&#8217;liq bo&#8217;ladi. Bu \u2014 hayot uchun muhim funktsiyalar jumlasiga kirmasada, uning biror tarzda buzilishi, dilxiralik, mudom asabiylashib yurish, oilaviy janjallar, hatto oilaning buzilib ketishiga olib keladi; shuning uchun Jinsiy hayotning totuvlik, osoyishtalik bilan o&#8217;tishini ta&#8217;minlash ijtimoiy jihatdan ham ahamiyatga ega. Bunda Jinsiy hayot gigienasining roli katta. Jinsiy hayotda odamga falon narsa norma bo&#8217;ladi deb aniq, belgilab berib bo&#8217;lmasada, kishi o&#8217;ziga mos keladigan ba&#8217;zi me&#8217;yorga amal qilib borishi; jinsiy talabni qondirishda ikki kishi ishtirok etgani uchun yaqinlik shu ikkala odamga ham to&#8217;la qanoat beradigan bo&#8217;lishiga erishish zarur. Kishining Yoshi qaytib qolgan chog&#8217;ida jinsiy faollikning asta-sekin pasayib borishi tamomila fiziologik hodisa. Lekin bu turli kishilarda turlicha muddatlarda boshlanadi. Yosh qaytgan chog&#8217;da jinsiy faollikni sun&#8217;iy yo&#8217;llar bilan kuchaytirish sog&#8217;liq uchun zararli. To&#8217;g&#8217;ri kun tartibiga amal qilish, vaqtida ovqatlanish, badan tarbiya va sport bilan shug&#8217;ullanish Jinsiy hayotning bir maromda kechishiga yordam beradi. Jinsiy a&#8217;zolarning raso ishlab turishi boshqa ichki a&#8217;zolar, xususan ichak va qovuqning holatiga ham bog&#8217;liq. Jinsiy a&#8217;zolarni, ayniqsa ayollar jinsiy a&#8217;zolarini sovqotishdan va turli yallig&#8217;lanish kasalliklaridan saqlash muhim. Ba&#8217;zan Jinsiy hayotni odatdagidek yo&#8217;lga solib olish uchun mutaxassis seksopatolog bilan maslahatlashib olishga to&#8217;g&#8217;ri keladi. Jinsiy tomondan o&#8217;zgarishlar bo&#8217;lganda, albatta, vrachga murojaat qilish lozim. Ad.: Rahmatov B. R., Quloqqa aytiladigan gaplar [2-nashri], T., 1995. Berdimurod Saidqoriev.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Jinsiy hayot \u2014 jinsiy halovat qaror topishiga qaratilgan murakkab jismoniy, ruhiy va ijtimoiy jarayonlar majmui. Jinsiy hayot urug&#8217; (avlod)ni davom ettirishi bilan birga erkak va ayol o&#8217;rtasidagi ma&#8217;naviy yaqinlikni ham &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/jinsiy-hayot\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":56191,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[208],"tags":[],"class_list":["post-94192","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-j-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/94192","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=94192"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/94192\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":94194,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/94192\/revisions\/94194"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/56191"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=94192"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=94192"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=94192"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}