{"id":94293,"date":"2023-07-25T12:49:55","date_gmt":"2023-07-25T09:49:55","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=94293"},"modified":"2023-07-25T12:50:07","modified_gmt":"2023-07-25T09:50:07","slug":"jarohat","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/jarohat\/","title":{"rendered":"Jarohat"},"content":{"rendered":"\n<p>Jarohat \u2014 gavda to&#8217;qimalarining mexanik shikastlangan joyi (teri, shilliq parda, ko&#8217;pincha muskul, nerv, yirik tomir, suyak, bo&#8217;g&#8217;im, ichki a&#8217;zo va gavda bo&#8217;shliqlarining butunligiga putur yetishi). To&#8217;qimaning og&#8217;rishi, qonashi va ochilib qolishi Jarohatning asosiy belgilaridir. Paydo bo&#8217;lish sharoitiga qarab xirurgik (operatsion) Jarohat, jangda yaralanish va tasodifiy Jarohat ajratiladi; jarohatlovchi qurol qanday shikast yetkazganligiga qarab, kesilgan, sanchilgan, chopilgan, yirtilgan (yulingan), lat yegan, ezilgan, tishlangan va o&#8217;q (snaryad parchasi) tekkan Jarohat farq qilinadi. Zaharlovchi moddalar Jarohatga tushganda, zaharli jonivorlar (qoraqurt, ilon) chaqqanda zaharlangan Jarohat paydo bo&#8217;ladi. Quturgan hayvonlarning tishlashi (qopishi) dan vujudga kelgan Jarohat ayniqsa xavfli. Jarohatlar tanadan ayrim bo&#8217;shliqlarga (miya, ko&#8217;krak, qorin, bo&#8217;g&#8217;in) nisbatan ularning devoridan o&#8217;tgan va o&#8217;tmagan turlarga ham bo&#8217;linadi. Masalan, ko&#8217;krak bo&#8217;shlig&#8217;idagi Jarohat o&#8217;tuvchi xarakterda bo&#8217;lsa, u holda ko&#8217;krak bo&#8217;shlig&#8217;idagi a&#8217;zolar (yurak, o&#8217;pka, ko&#8217;krak bo&#8217;shlig&#8217;i a&#8217;zolari, traxeya, qizilo&#8217;ngach, aorta va h. k.) shikastlanishi yoki shi- kastlanmasligi mumkin. A&#8217;zolar shi- kastlanganda bemor zudlik b-n xirurgik bo&#8217;limlarning murakkab shikastlarga IX- tisoslashgan markazlarida (neyroxirur- giya, kardioxirurgiya va hokazolar) davolanishi kerak. U erda nozik a&#8217;zolar (miya, ko&#8217;z, yurak va b.) mikroskop orqali nihoyatda takomillashgan asboblar bilan operasiya qilinadi. Tasodifiy Jarohatga mikroblar (asosan, yiring tug&#8217;diruvchi mikroblar) tushgan bo&#8217;ladi. Tasodifiy yoki jangovar Jarohat jarohatlanish paytida yoki keyin (bog&#8217;lab qo&#8217;yilmasa) ifloslanishi mumkin. Mikroblar (streptokokk, stafilokok va boshqalar) Jarohatga jarohatlovchi quroldan, tevarak atrofdagi teri, kiyim, tuproq va boshqalardan o&#8217;tib, tomirdan chiqqan qonda, majaqlangan to&#8217;qimalarda rivojlanadi va uni yallig&#8217;lantiradi, sepsis, qoqshol, gazli gangrena kabi infektsion kasalliklarga sabab bo&#8217;ladi. Jarohatlangan kishiga o&#8217;z vaqtida yordam berib, mikroblar rivojlanishining oldini olsa bo&#8217;ladi. Jarohatning bitishi murakkab jarayon bo&#8217;lib, organizmning umumiy va mahalliy reaktsiyasiga bog&#8217;liq. Organizmning holdan toyishi, avitaminozlar, diabet, kamqonlik, moddalar almashinuvining buzilishi Jarohatning bitishini qiyinlashtiradi. Jarohatlangan a&#8217;zoning qon bilan qanchalik ta&#8217;minlanishi, to&#8217;qimalarning shikastlanish xarakteri ham muhim. A&#8217;zoning qon bilan yaxshiroq ta&#8217;minlanishi Jarohatning bitishini tezlatadi. Masalan, bosh va yuzdagi Jarohat boldirning oldingi yuzasidagi Jarohatga nisbatan tezroq, majaqlangan, yulingan Jarohat silliq kesilgan Jarohatga qaraganda sekin bitadi. Jarohat yiringlamagan, chetlari bir-biriga tegib turgan (Masalan, choklangan) bo&#8217;lsa, 5-7 kunda bitadi. Bu birlamchi tortishib (taranglanib) bitish deyiladi. Infektsiya tushgan (yiringlagan) Jarohat, shuningdek, chetlari bir-biridan &#171;qochgan&#187; Jarohat ikkilamchi tortishib (taranglanib ) bitadi. Buning o&#8217;ziga xosligi shuki, birik- tiruvchi to&#8217;qima (granulyasion to&#8217;qima) rivojlanib, jarohat yuzini to&#8217;ldiradi. Shu tariqa pastroqdagi (ichkaridagi) to&#8217;qiqmalarni tashqi ta&#8217;sirlardan saqlaydi va Jarohatning bitishiga yordam beradi. Jarohat granulyatsiyalar bilan to&#8217;lishidan tashqari, teri chetlaridan yangi hosil bo&#8217;lgan epiteliy qoplami o&#8217;sadi. Birlamchi tortishib bitgan Jarohat bilinar-bilinmas chandiq (yamoq), ikkilamchi tortishib bitgan Jarohat esa katta chandiq hosil qiladi. Birinchi yordam: ketayotgan qon to&#8217;xtatiladi, Jarohat atrofidagi teriga spirtli yod (yod nastoykasi) surtgach, aseptika qoidalariga rioya qilgan holda va antiseptika vositalaridan foydalanib, Jarohatni ifloslanishdan saqlash, jarohatlangan a&#8217;zoni qimirlamaydigan qilib qo&#8217;yish, shundan keyin bemorni davolash muassasasiga yetkazib borish kerak. Hayvon tishlagan (Masalan, it qopgan) kishini yaqin oradagi sanitariya-epidemiologiya stantsiyasiga yoki Paster punktiga darhol yuborib, quturishga qarshi emlanadi; tishlagan it yoki boshqa hayvon veterinariya punktlariga olib boriladi. Badan tirnalganda, chaqalanganda, Zirapcha kirganda, pichoq kesganda teri ifloslanmagan bo&#8217;lsa, Jarohat va atrofidagi teriga spirtli yod eritmasi surtib, quruq aseptik material (Masalan, bint) bilan bog&#8217;lab qo&#8217;yiladi. Boylamni namiqish va ifloslanishdan saqlab, 6-7 kungacha yechmay turish kerak. Uzoq, turgan go&#8217;shtni bo&#8217;lish yoki baliqni tozalash vaqtida salgina bo&#8217;lsa-da jarohatlangan, badaniga igna va boshqa narsalar kirgan, shuningdek, Jarohatiga tuproq tushgan kishini ham vrachga ko&#8217;rsatish kerak. Jarohatni infektsiyadan saqlash va qon to&#8217;xtatish uchun birinchi yordam bog&#8217;lov paketi va individual bog&#8217;lov paketi ishlatiladi. Birinchi yordam bog&#8217;lov paketi tayyor aseptik va antiseptik bog&#8217;lov bo&#8217;lib, o&#8217;rovi bor. Sirtqi o&#8217;rovi rezina yugirtirilgan, suv o&#8217;tkazmaydigan matodan, ichkaridagisi qog&#8217;oz (pergament)dan iborat bo&#8217;lib, ichida sterillangan boylam \u2014 doka bint bilan 1-2 ta paxta-doka yostiqcha bor. Yostiqchalardan biri bint oxiriga chatib qo&#8217;yilgan, ikkinchisini bint bo&#8217;ylab surish mumkin. Paketdan foydalanishda sirtqi o&#8217;rovi chetidan yirtiladi. Ichkaridagi (pergament) qog&#8217;ozi ichiga yopishtirilgan ipdan tortib ochiladi. Bintni picha ochib, bitta yoki ikkala yostiqcha Jarohatga yopiladi, bunda yostiqchaning Jarohatga qaragan tomoniga qo&#8217;l tegizilmaydi. Bog&#8217;lovni Jarohatga yopishdan oldin uning chetlariga yod suriladi. Jarohat o&#8217;q teshib o&#8217;tishdan vujudga kelgan bo&#8217;lsa, ikkinchi yostiqcha bint bo&#8217;ylab Jarohatning chiqish teshigigacha surib boriladi va unga yopiladi. Yostiqchalar ustidan bint o&#8217;rab, uning uchi bog&#8217;lov paketidagi qo&#8217;shaloq to&#8217;g&#8217;nog&#8217;ich bilan mahkamlab qo&#8217;yiladi. Individual bog&#8217;lov paketi \u2014 Jangovar sharoitda Jarohatlarga va kuygan yuzalarga yopiladigan steril bog&#8217;lov. Birinchi yordam bog&#8217;lov paketiga o&#8217;xshaydi: paxta viskoza binti va ikkita paxta-doka yostiqchasi bor. Yostiqchalar sirti rangli ip bilan qavilgan. Bog&#8217;lov pergament qog&#8217;ozga o&#8217;ralgan. Foydalanish tartibi: paket shokilasidagi kertik bo&#8217;ylab sirtqi o&#8217;rovi yirtiladi, pergament qog&#8217;ozga o&#8217;ralgan bog&#8217;lov, burmasidan esa xavfsiz to&#8217;g&#8217;nog&#8217;ich olinadi; qog&#8217;oz pardani olib tashlanadi; bintning yostiqcha chatib qo&#8217;yilgan erkin uchini chap qo&#8217;l, yumaloqlangan uchini esa o&#8217;ng qo&#8217;l bilan ushlanadi. Kuygan yuza katta bo&#8217;lsa, yostiqchalar bir-biriga yaqinlashtirilib, umumiy kompress hosil qilinadi, kuygan yuza kichkina bo&#8217;lsa, yostiqchalar ustma- ust qo&#8217;yiladi. So&#8217;ngra bintni gir aylantirib o&#8217;rab, uchiga to&#8217;g&#8217;nog&#8217;ich qadaladi. Ad.: Oripov O&#8217;. O., Karimov Sh. I., Umumiy xirurgiya, T., 1994. Rahmatilla Rahmonov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Jarohat \u2014 gavda to&#8217;qimalarining mexanik shikastlangan joyi (teri, shilliq parda, ko&#8217;pincha muskul, nerv, yirik tomir, suyak, bo&#8217;g&#8217;im, ichki a&#8217;zo va gavda bo&#8217;shliqlarining butunligiga putur yetishi). To&#8217;qimaning og&#8217;rishi, qonashi va ochilib &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/jarohat\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":56191,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[208],"tags":[],"class_list":["post-94293","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-j-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/94293","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=94293"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/94293\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":94295,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/94293\/revisions\/94295"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/56191"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=94293"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=94293"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=94293"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}