{"id":94308,"date":"2023-07-25T12:54:02","date_gmt":"2023-07-25T09:54:02","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=94308"},"modified":"2023-07-25T12:54:12","modified_gmt":"2023-07-25T09:54:12","slug":"jammu-va-kashmir","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/jammu-va-kashmir\/","title":{"rendered":"Jammu va Kashmir"},"content":{"rendered":"\n<p>Jammu va Kashmir &#8212; Hindiston shtati (1947 yildan). Maydoni 222 ming km2. Hududning bir qismini Pokiston hukumati nazorat qilib kelmoqda. Ma&#8217;muriy markazi \u2014 Srinagar shahri, qishki qarorgohi \u2014 Jammu shahri. Jammu va Kashmir Hindistonning shimoli-g&#8217;arbidagi eng chekkasida joylashgan, g&#8217;arbda Pokiston, shimolda Afg&#8217;oniston, shimoli-Sharqda Xitoy bilan chegaradosh. Miloddan avvalgi 3-asrda imperator Ashoka davrida Jammu va Kashmirga budda dini kirib kelgan, keyinchalik Kushonlar hukmronlik qilgan davrda ham buddizmga e&#8217;tiqod qilingan. U yerda o&#8217;sha davrda hindu va budda madaniyatining uyg&#8217;unlashuvi vujudga keldi. 4-6-asrlarda Kashmir Guptalar davlati, so&#8217;ngra Ujjayn saltanati tasarrufiga o&#8217;tdi. 697-738 yillarda Kashmir hind hukmdorlarining eng mashhuri bo&#8217;lgan Lalitaditiya tuzgan davlat tarkibida bo&#8217;ldi. Islom Jammu va Kashmirga 13-14-asrlarda kirib borgan. 16-asr oxirlarida Jammu va Kashmir Boburiylar sulolasining vakili Akbar davlati tarkibiga kirgan. Aholisi 10,1 million kishi (2001). Asosiy tillari: kashmiri, dogri, gijri, urdu, Balti, paxari, Dadri, ladakhi. Shtat aholisining 66% musulmonlar bo&#8217;lib, Hindistonning musulmon aholisi eng ko&#8217;p bo&#8217;lgan shtati hisoblanadi. Aholining 30% ni hindular, 4% ni sikxlar va buddaviylar tashkil etadi. Tabiati. Jammu va Kashmir hududini shimoli- g&#8217;arbdan Janubi-sharqqa Qoraqurum va G&#8217;arbiy Himolay tog&#8217;larining tizmalari kesib o&#8217;tgan. Janubi-g&#8217;arbida, pirpanjal va katta Himolay tizmalari orasida Kashmir vodiysi joylashgan (o&#8217;rtacha balandligi 1600 metr). Tog&#8217; yon bag&#8217;irlarida keng bargli va igna bargli o&#8217;rmonlar, tog&#8217; tepalarida uzunligi 60-70 kilometrli muzliklar bor. Iqlimi tog&#8217;subtropik iqlim, qishi shimoli- sharqida sovuq, quruq, Janubi-g&#8217;arbida mussonli va iliq. Yirik daryolari: Hind daryosi va uning irmoqlari \u2014 Gilgit va Jalat. Gidroenergiya resurslariga boy. Kashmir vodiysi Jammu va Kashmirning eng obod qilingan va iqtisodiy jihatdan rivojlangan qismi. Xo&#8217;jaligi. Shtat aholisining 80% qishloq xo\u2019jaligida band. Asosiy ekinlari: sholi, makkajo&#8217;xori, bug&#8217;doy. Sabzavotchilik, polizchilik va bog&#8217;dorchilikda (yong&#8217;oq, bodom, olma, nok, shaftoli va boshqalar) tovar mahsulot yetishtiriladi. Dorivor o&#8217;simliklar plantasiyalari bor. Yaylov chorvachiligi rivojlangan: qo&#8217;y, qoramol boqiladi. Aholi pillachilik bilan ham shug&#8217;ullanadi. Shtatda hunarmandchilik rivojlangan. 40 mingga yaqin mayda sanoat korxonasi bor. Pillakashlik va jun gazlama fabrikalari, duradgorlik va mexanika ustaxonalari, ko&#8217;n-charm va gilam korxonalari bor. Yog&#8217;och o&#8217;ymakorligi buyumlari ishlab chiqarish, gilam va shol ro&#8217;mol to&#8217;qish, kashta tikish, kumush buyumlari ishlab chiqarish, zargarlik buyumlari tayyorlash qadimdan keng tarqalgan. Temir yo\u2019l Jammu shahrigacha qurilgan. Avtomobil yo&#8217;llarining uzunligi 12,7 ming kilometr. Shtatda 3 ta aeroport bor: Srinagar, Jammu, Lex. Jammu va Kashmirdan mamlakatning boshqa rayonlariga yog&#8217;och-taxta chiqariladi. O&#8217;rmonlarda smola yig&#8217;ib olinadi. Mo&#8217;ynali hayvonlar ovlanadi. Kashmir vodiysi iqlimining yumshoqligi va manzarali joylarning ko&#8217;pligidan xalqaro turizmning muhim markazlaridan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Jammu va Kashmir &#8212; Hindiston shtati (1947 yildan). Maydoni 222 ming km2. Hududning bir qismini Pokiston hukumati nazorat qilib kelmoqda. Ma&#8217;muriy markazi \u2014 Srinagar shahri, qishki qarorgohi \u2014 Jammu shahri. &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/jammu-va-kashmir\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":56191,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[208],"tags":[],"class_list":["post-94308","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-j-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/94308","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=94308"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/94308\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":94322,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/94308\/revisions\/94322"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/56191"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=94308"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=94308"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=94308"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}