{"id":94324,"date":"2023-07-25T12:56:14","date_gmt":"2023-07-25T09:56:14","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=94324"},"modified":"2023-07-25T12:56:20","modified_gmt":"2023-07-25T09:56:20","slug":"janr","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/janr\/","title":{"rendered":"Janr"},"content":{"rendered":"\n<p>Janr (Fransuzcha qenre \u2014 jins, tur) \u2014 san&#8217;at turlarida tarixan shakllangan ichki bo&#8217;linish hamda mazkur bo&#8217;linishni ifodalovchi tushuncha; shakl va mazmun birligidagi o&#8217;ziga xos xususiyatlariga ega bo&#8217;lgan san&#8217;at asarining alohida turi. San&#8217;at asarlarining Janr guruhlariga bo&#8217;linishi turli (tanlangan mavzu, badiiy-g&#8217;oyaviy mazmun, shakl jihatlari va boshqalar) mezonlarga tayanib amalga oshiriladi; har bir san&#8217;at turida Janr tasnifi o&#8217;ziga xos tizimni tashkil etadi. Adabiyot (badiiy-adabiy ijod) da Janr asarning qaysi adabiy turga taalluqliligi, hajmi va obrazlarining qurilishi usuli (ramziyligi, majoziyligi, hujjatliligi) bilan belgilanadi. Janrning 3 asosiy turi mavjud: epik Janr (qahramonlik dostonlar, roman va hikoya), lirik Janr (qasida, elegiya, she&#8217;r, qo&#8217;shiq va boshqalar)., dramatik Janr (tragediya, drama, komediya). Mazkur Janrlar asar mavzuiga ko&#8217;ra yanada maydaroq qismlarga ham bo&#8217;linadi (Masalan, maishiy, psixologik mavzudagi romanlar; hajviy, lirik komediyalar va vodevil va boshqalar). Tasviriy san&#8217;atda, avvalo, tasvirlanayotgan narsaga, ba&#8217;zan tasvir xususiyatiga ko&#8217;ra asosiy Janrlar belgilanadi (Masalan, portret, manzara va boshqalar). Keyingi (yanada mayda) bo&#8217;linishlar badiiy ijodda bilish, g&#8217;oyaviy baholash, badiiy obraz bo&#8217;laklari aralashuvi bilan aniqlanadi. Shunga ko&#8217;ra, portretchi rassom nuqtai nazari umumiy (portret)gina bo&#8217;lib qolmay, shuningdek, istehzoli (sharj) va qahrli fosh etuvchi (karikatura) shakliga ega bo&#8217;lishi mumkin. Asosiy Janrlarning janrchalari tasvir sohasini xususiyni yanada xususiylarga bo&#8217;lishlarda hosil bo&#8217;ladi (Masalan, dengiz ko&#8217;rinishi Marina \u2014 manzaranmng bir turi va shu kabilar). Musiqada asarlarning hayotdagi o&#8217;rni, ijro etilish joyi va sharoitiga ko&#8217;ra, maishiy, marosim, bazm va bayram, harbiy musiqa, kontsert, kamer musiqasi kabi; ijro xususiyatlariga qarab, vokal va cholg&#8217;u musiqasi, shuningdek, yakka, ansambl, xor, orkestr musiqasi va boshqa guruhlar ajratiladi. Mazmun va badiiy mohiyati nuqtai nazaridan musiqada ham epik (Masalan, kitobxonlik yo&#8217;llari, doston termalari, ballada va boshqalar), lirik (ashula, ariya, madhiya, poema va boshqalar) hamda dramatik (musiqiy tomosha, musiqali drama, opera va simfoniya kabi) turlarini belgilash mumkin. Qadimgi, o&#8217;rta asrlar va Uyg&#8217;onish davri san&#8217;atlarida Janrlar orasida aniq, chegara qo&#8217;yilmagan. Klassisizm davri (Frantsiya) dagina qat&#8217;iy Janr tizimi yaratildi. 19-asrda Janrlar orasiga qat\u2019iy chegara qo&#8217;yilishi bilan ayrim Janrlar o&#8217;z ahamiyati va etakchiligini yo&#8217;qotdi, ayrimlari (portret, manzara, kontsert, simfoniya va boshqalar)ning o&#8217;zaro ta&#8217;sirda, yangi turlarining paydo bo&#8217;lishi kabi murakkab jarayonlar yuzaga keldi. San&#8217;atshunoslikda Janr tushunchasi 17-asrda paydo bo&#8217;lib, jahon san&#8217;ati tarixining barcha davrlariga nisbatan asarlarning ifodaviy va mazmun xususiyatlarini tahlil qilishda qo&#8217;llaniladi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Janr (Fransuzcha qenre \u2014 jins, tur) \u2014 san&#8217;at turlarida tarixan shakllangan ichki bo&#8217;linish hamda mazkur bo&#8217;linishni ifodalovchi tushuncha; shakl va mazmun birligidagi o&#8217;ziga xos xususiyatlariga ega bo&#8217;lgan san&#8217;at asarining alohida &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/janr\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":56191,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[208],"tags":[],"class_list":["post-94324","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-j-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/94324","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=94324"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/94324\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":94338,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/94324\/revisions\/94338"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/56191"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=94324"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=94324"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=94324"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}