{"id":94597,"date":"2023-07-25T16:48:26","date_gmt":"2023-07-25T13:48:26","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=94597"},"modified":"2023-07-25T16:48:29","modified_gmt":"2023-07-25T13:48:29","slug":"jamiyatning-siyosiy-tizimi-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/jamiyatning-siyosiy-tizimi-2\/","title":{"rendered":"Jamiyatning siyosiy tizimi"},"content":{"rendered":"\n<p>Jamiyatning siyosiy tizimi \u2014 davlat sifatida tashkil topgan jamiyatning muayyan siyosiy vazifalarni amalga oshiruvchi ijtimoiy muassasalari majmui. Davlat, partiyalar, kasaba uyushmalari, diniy tashkilotlar, shuningdek, siyosiy maqsadlarni ko&#8217;zlovchi barcha tashkilot va harakatlarni o&#8217;z ichiga oladi. Jamiyatning siyosiy tizimining bosh bug&#8217;ini davlatdir. Davlat jamiyatning ijtimoiy muassasalari huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini ta&#8217;minlaydi, ularga ijtimoiy hayotda ishtirok etish uchun teng huquqiy imkoniyatlar yaratadi. Siyosiy tizim \u2014 davlat ichki tuzilishi jihatlarining o&#8217;zaro aloqalari va ta&#8217;sirining eng muhim, doimiy xususiyat- larini ifodalovchi ijtimoiy-siyosiy munosabatlar tizimi ham bo&#8217;lib, siyosiy hokimiyatni, umuman davlat muassasalari tizimini va ularning asosiy tashkiliy shakllarini belgilab beradi. Siyosiy tizim har bir mamlakatning mavjud shart-sharoitlari bag&#8217;rida shakllanadi, odatda, mamlakat Konstitutsiyasida va boshqa qonun hujjatlarida mustahkamlab qo&#8217;yiladi. Jamiyat demokratlasha borgan sari siyosiy tizimning xilma-xil ko&#8217;rinishlari o&#8217;z faoliyatini namoyon eta boradi. Xalqning keng qatlami va turli yosh, kasb hamda soha vakillarining bu tizimda ishtirok etish imkoniyati kuchayadi. O&#8217;zbekistonning siyosiy tizimi O&#8217;zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida, shu asosda qabul qilingan qonunlar hamda boshqa rasmiy hujjatlarda o&#8217;z ifodasini topgan, hokimiyatni qonun chiqaruvchi hokimiyat, ijrro etuvchi hokimiyat va sud hokimiyatiga taqsimlash tamoyili asosida tuzilgan. O&#8217;zbekistonda qonunda belgilangan tartibda ro&#8217;yxatdan o&#8217;tkazilgan kasaba uyushmalari, siyosiy partiyalar (O&#8217;zbekiston Xalq demokratik partiyasi (XDP), O&#8217;zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasi, O&#8217;zbekiston Fidokorlar milliy demokratik partiyasi, O&#8217;zbekiston &#171;Adolat&#187; sosialdemokratik partiyasi), &#171;Xalq birligi&#187; harakati, yoshlarning &#171;Kamolot&#187; ijtimoiy harakati, diniy tashkilot va birlashmalar, ijtimoiy jamg&#8217;armalar faoliyat ko&#8217;rsatadi. Inson huquqlari bo&#8217;yicha vakil (ombudsman), inson huquqlari bo&#8217;yicha Respublika milliy markazining faoliyati inson huquqlariga rioya etishni umummillat darajasida rivojlantirishga qaratilgan. O&#8217;zbekistonning siyosiy tizimi hozirgi davrdagi ilg&#8217;or demokratik davlatlar tajribasini o&#8217;zida aks ettiradi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Jamiyatning siyosiy tizimi \u2014 davlat sifatida tashkil topgan jamiyatning muayyan siyosiy vazifalarni amalga oshiruvchi ijtimoiy muassasalari majmui. Davlat, partiyalar, kasaba uyushmalari, diniy tashkilotlar, shuningdek, siyosiy maqsadlarni ko&#8217;zlovchi barcha tashkilot va &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/jamiyatning-siyosiy-tizimi-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":56191,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[208],"tags":[],"class_list":["post-94597","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-j-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/94597","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=94597"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/94597\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":94598,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/94597\/revisions\/94598"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/56191"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=94597"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=94597"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=94597"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}