{"id":94759,"date":"2023-07-26T10:06:36","date_gmt":"2023-07-26T07:06:36","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=94759"},"modified":"2023-07-26T10:06:39","modified_gmt":"2023-07-26T07:06:39","slug":"jigar-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/jigar-2\/","title":{"rendered":"Jigar"},"content":{"rendered":"\n<p>Jigar \u2014 hazm bezi. Odam va hayvonlarda ovqatning hazm bo&#8217;lishi va so&#8217;rilishida qatnashadi, yog&#8217;va uglevodlarni zaxiraga yig&#8217;adi. Xordali hayvonlar va odamda Jigar \u2014 murakkab, hayot uchun muhim a&#8217;zo. Baliq va amfibiyalarda Jigar sudralib yuruvchilar, qushlar va sut emizuvchilardagiga nisbatan kattaroq; yirtqich hayvonlarda o&#8217;txo&#8217;r hayvonlarnikiga nisbatan katta. Jigar shakli hayvonning gavda tuzilishiga bog&#8217;liq. Odamda Jigar \u2014 organizmdagi eng katta bez (vazni 1200-2200 gramm). Qorin bo&#8217;shlig&#8217;ida, diafragmaning tagida, o&#8217;ng qovurg&#8217;alar va qisman chap qovurg&#8217;alar ostida yotadi. Rangi qizg&#8217;ish-qo&#8217;ng&#8217;ir, kattaroq o&#8217;ng bo&#8217;lagi bilan kichikroq chap bo&#8217;lagi bor. O&#8217;rta qismining pastki yuzasidagi ko&#8217;ndalang chuqurcha Jigar darvozasi yoki qopqasi deb ataladi. Shu joydan Jigarga arteriya, darvoza venasi, nervlar kiradi va Jigarning o&#8217;t yo&#8217;li, jigar venasi chiqadi. Bu o&#8217;t yo&#8217;li o&#8217;t pufagidan chiqqan yo&#8217;lga qo&#8217;shilib, o&#8217;n ikki barmoq ichakka quyiladigan umumiy o&#8217;t yo&#8217;lini hosil qiladi. Jigar organizmning Markaziy biokimyoviy laboratoriyasi bo&#8217;lib, turli-tuman funktsiyalarni bajaradi; Jigar bo&#8217;lmasa, odam, hayvon yashay olmaydi. Jigar bir sutkada 600-700 gramm o&#8217;t (safro) ishlab chiqarib, ovqat hazm bo&#8217;lishida va oziq moddalarning ichakdan qonga so&#8217;rilishida muhim rol o&#8217;ynaydi; oqsillar, yog&#8217;lar va uglevodlar almashinuvida qatnashadi; bundan tashqari, moddalar almashinuvida hosil bo&#8217;ladigan yoki tashqaridan kirgan zaharli moddalarni zararsizlantirib, himoya funktsiyasini bajaradi. Jigarning maxsus yulduzsimon hujayralari fagositozga va anti-telolar hosil qilishga qodir. Jigar qonni yig&#8217;ib tura oladi. Jigar embrional rivojlanishda qon elementlari va gemoglobin hosil qilishda ham ishtirok etadi. Organizmdagi jami qonning 1\/5 qismi Jigar tomirlariga sig&#8217;ishi mumkin. Qondagi ortiqcha suv qisman Jigarda ajralib chiqib, o&#8217;t va limfa hosil bo&#8217;lishiga ketadi. Jigar o&#8217;tni uzluksiz ishlab, o&#8217;zining o&#8217;t yo&#8217;li orqali chiqaradi; o&#8217;n ikki barmoq ichakka o&#8217;t kirishi ovqatlanish vaqtida boshlanib, me&#8217;da ovqatdan bo&#8217;shamaguncha davom etadi. Boshqa vaqtda esa umumiy o&#8217;t yo&#8217;lining halqasimon muskuli (sfinkteri) qisqarib, shu yo&#8217;lning teshigini berkitib turadi. Jigarda hosil bo&#8217;ladigan o&#8217;t pufagiga kirgach, quyulib qorayadi, chunki undagi suv va qisman boshqa ba&#8217;zi moddalar o&#8217;t pufagi devoridan qonga o&#8217;tadi. Hazm sistemasidan qonga o&#8217;tgan hamma moddalar Jigarga kelib, qisman murakkab moddalar tuzilishiga sarf bo&#8217;ladi, qisman esa parchalanadi. Masalan, qon bilan kelgan amino kislotalardan qon oqsillari (albuminlar, globulinlar va boshqa;ar) hosil bo&#8217;ladi, bir qancha moddalar (fruktoza, galaktoza, laktoza, gliserin) dan Jigarda glyukoza sintezlanadi, bundan esa glikogen vujudga keladi. Glikogen Jigar hujayralarida zaxirada turadi va organizm ko&#8217;proq energiya sarflayotgan vaqtda glyukozaga aylanib, qonga o&#8217;tadi. Jigar pigmentlar almashinuvida qatnashadi; unda gemoglobin emiriladi va bilirubin hosil bo&#8217;lib, eriydigan holga keladi. Jigarda yog&#8217;simon moddalar (lipoidlar) ishlanib chiqadi va qon bilan boshqa a&#8217;zo, to&#8217;qimalarga borib, moddalar almashinuvida. qatnashadi. Jigarda xolesterin, protrombin va geparin ham sintezlanadi. Qon bilan Jigarga keladigan moddalardan ba&#8217;zilari organizmga zararli bo&#8217;lishi mumkin. Shu moddalarni zararsizlantirish, qisman esa o&#8217;t bilan chiqarib yuborish Jigarning vazifasidir. Masalan, qo&#8217;rg&#8217;oshin, mishyak va boshqa zaharli moddalar Jigarda ushlanib qoladi, so&#8217;ngra bezarar organik moddalar (ko&#8217;pincha oqsil moddalar) shaklida organizmdan chiqib ketadi. Organizmda oqsillar parchalanishidan hosil bo&#8217;ladigan ammiak, qisman siydik kislota ham Jigarda mochevinaga aylanib, organizmdan siydik bilan chiqib ketadi (mochevina esa kamroq zaharli va yaxshi eriydigan moddadir). Organizmda zararli moddalar ko&#8217;plab paydo bo&#8217;lganda (Masalan, hazm a&#8217;zolarining surunkali kasalligida, alkogolizmda) Jigar funktsiyalari buziladi, bu esa og&#8217;ir kasalliklarga olib keladi. Jigar kasalliklaridan o&#8217;tkir va surunkali yallig&#8217;lanish jarayonlari, shuningdek, parazitar kasalliklar uchraydi. Nosir Axmedov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Jigar \u2014 hazm bezi. Odam va hayvonlarda ovqatning hazm bo&#8217;lishi va so&#8217;rilishida qatnashadi, yog&#8217;va uglevodlarni zaxiraga yig&#8217;adi. Xordali hayvonlar va odamda Jigar \u2014 murakkab, hayot uchun muhim a&#8217;zo. Baliq va &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/jigar-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":56191,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[208],"tags":[],"class_list":["post-94759","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-j-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/94759","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=94759"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/94759\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":94760,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/94759\/revisions\/94760"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/56191"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=94759"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=94759"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=94759"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}