{"id":94827,"date":"2023-07-26T11:32:28","date_gmt":"2023-07-26T08:32:28","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=94827"},"modified":"2023-07-26T11:32:31","modified_gmt":"2023-07-26T08:32:31","slug":"jigar-tsirrozi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/jigar-tsirrozi\/","title":{"rendered":"Jigar tsirrozi"},"content":{"rendered":"\n<p>Jigar tsirrozi jigarning surunkali rivojlanib boradigan kasalligi; bunda jigar to&#8217;qimasi yallig&#8217;lanib, uning bir qismi biriktiruvchi to&#8217;qima bilan almashinadi. Jigarning o&#8217;tkir yallig&#8217;lanishi \u2014 gepatitda, uning V, S, D shakllarida, o&#8217;tkir gepatit surunkali gepatitga aylanayotganda, bezgak, sil, zaxm, brusellyoz kabi yuqumli kasalliklarda, o&#8217;t pufagi va o&#8217;t yo&#8217;llarining surunkali yallig&#8217;lanishida, turli kimyoviy moddalardan muntazam zaharlanishda, shuningdek, alkogolizmda va boshqa sabablarga ko&#8217;ra paydo bo&#8217;ladi. Jigar tsirrozi \u2014 sekin rivojlanadigan surunkali kasallik. Jigar tsirrozi turlicha namoyon bo&#8217;ladi va u xastalikning qaysi shaklida kechishi hamda davriga bog&#8217;liq; tekshirganda jigarning qattiqlashgani va funktsiyasining buzilganligiga qaramay, kishi uzoq vaqt hech qanday xastalik alomatini sezmay yurishi mumkin. Kasallik zo&#8217;rayganda bemor darmonsizlanadi, ozib ketadi, ishtahadan qoladi, kekiradi, ko&#8217;ngli ayniydi, ba&#8217;zan qusadi, ichi ketadi yoki qotadi, qorni dam bo&#8217;ladi, temperaturasi ko&#8217;tariladi, qorin bo&#8217;shlig&#8217;ida suyuqlik to&#8217;planishi natijasida u ko&#8217;tariladi (istisqo), burni qonaydi, badani qichishadi, ba&#8217;zan sarg&#8217;ayadi; kamqonlik avjiga chiqadi; Jigari va ayniqsa talog&#8217;i kattalashadi va qattiqlashadi. Davoni vrach tayinlaydi. Jigar tsirrozi uzoq vaqt davolanadi, kasallik zo&#8217;rayganda bemorni darhol kasalxonaga yotqizish kerak. Parhezga qat&#8217;iy rioya qilishning ahamiyati katta. Bemorga, asosan, yengil hazm bo&#8217;ladigan, qand, oqsil va vitaminlar (ayniqsa, S vitamin va V gruppa)ga boy sutli va o&#8217;simlik ovqatlar beriladi. Tvorog (oson hazm bo&#8217;ladigan oqsillarga ega), yog&#8217;siz go&#8217;sht, baliq, shuningdek, ozgina sariyog&#8217; bilan qaymoq yoki smetana iste&#8217;mol qilish mumkin; spirtli ichimliklar ichish qat\u2019iy taqiqlanadi. Jigar tsirrozining avj olishiga yo&#8217;l qo&#8217;ymaydigan dorilar buyuriladi. Jigar tsirrozini davolashda avvalo unga sabab bo&#8217;ladigan omillarni bartaraf etish muhim. Jigar tsirroziga olib kelgan infektsiya aniqlansa, uni tugatish choralari ko&#8217;riladi. Jigar tsirrozining oldini olish uchun mehnat va turmush sharoitini sog&#8217;lomlashtirish, alkogolizmga qarshi kurash olib borish kerak. Ad.: Podimova S. D., Bolezni pecheni, M., 1990. Erkin Qosimov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Jigar tsirrozi jigarning surunkali rivojlanib boradigan kasalligi; bunda jigar to&#8217;qimasi yallig&#8217;lanib, uning bir qismi biriktiruvchi to&#8217;qima bilan almashinadi. Jigarning o&#8217;tkir yallig&#8217;lanishi \u2014 gepatitda, uning V, S, D shakllarida, o&#8217;tkir gepatit &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/jigar-tsirrozi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":56191,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[208],"tags":[],"class_list":["post-94827","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-j-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/94827","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=94827"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/94827\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":94828,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/94827\/revisions\/94828"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/56191"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=94827"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=94827"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=94827"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}