{"id":94838,"date":"2023-07-26T11:45:20","date_gmt":"2023-07-26T08:45:20","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=94838"},"modified":"2023-07-26T11:45:23","modified_gmt":"2023-07-26T08:45:23","slug":"jebe-noyon-jaba-jeba-jebe-chjebe","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/jebe-noyon-jaba-jeba-jebe-chjebe\/","title":{"rendered":"Jebe no&#8217;yon, Jaba, jeba, Jebe, Chjebe"},"content":{"rendered":"\n<p>Jebe no&#8217;yon, Jaba, jeba, Jebe, Chjebe (12-asr oxiri \u2014 13-asr 1-yarmi) \u2014 Chingizxonning atoqli sarkarda \u2014 nuenlaridan biri. Nirun qabilasining yisut urug&#8217;idan. Chingizxonga qo&#8217;shilguncha tayjiut qabilasi boshliqlaridan sanalgan Qadan tayjining o&#8217;g&#8217;li Tudaning xos yigiti bo&#8217;lgan. Jebe no&#8217;yonning lashkarboshilik salohiyatini yuqori baholagan Chingizxon uni o&#8217;ta mas&#8217;uliyatli harbiy amaliyotlarga tayinlagan, jumladan, 1216 yilning ko&#8217;klamida naymanlar xoni Kuchluqga qarshi o&#8217;g&#8217;li Jo&#8217;ji va Jebe no&#8217;yon boshchiligida 20 ming kishilik qo&#8217;shin jo&#8217;natgan. Bu qo&#8217;shin zafar bilan qaytayotganda Irg&#8217;iz daryosi bo&#8217;yidagi jangda Muhammad Xorazmshohning 60 ming kishilik qo&#8217;shiniga ro&#8217;baro&#8217; kelgan. Chingizxonning Shimoliy Xitoyga yurishi (1211) paytida Jebe no&#8217;yon Jurja viloyatining yirik shahri Tunkinni egallash uchun jo&#8217;natilgan. Jebe no&#8217;yon o&#8217;ziga xos harbiy taktik usul qo&#8217;llab shaharni egallaydi. Shu yili Chamchil darasiga kirish yo&#8217;lini qo&#8217;riqlash topshirilgan Jebe no&#8217;yon xitoyliklarning Udun qo&#8217;mondonligidagi askariy qismlariga qo&#8217;qqisdan hujum qilib, ularni tor-mor keltiradi. 1220 yil Movarounnahrni istilo qilish chog&#8217;ida Chingizxon 20 ming kishilik qo&#8217;shin bilan Jebe no&#8217;yon va Subutoy Bahodirni yurtni tark etgan Muhammad Xorazmshohni ta&#8217;qib etish va uning tasarrufidagi Arron, Ozarbayjon, Eron va Shirvon yerlarini zabt etishga jo&#8217;natgan. Ular dastavval Iroqi ajamning har, Simnon, Ray, Qum, Hamadon, Qazvin, Ozarbayjonning Tabriz, Marog&#8217;a, Naxichevan, Sarob, Ganja, Baylakon kabi shaharlarini egallashgan. Gurjilar (Gruzinlar)ning 30 ming kishilik qo&#8217;shinini harbiy hiyla bilan yakson etgan Jebe no&#8217;yon va Subutoy Bahodir qo&#8217;shini Shirvonshoxlar sulolasining bosh shahri Shamoxiy (Shemaxa)ni g&#8217;orat qiladi va Darbanddan o&#8217;tib, shimoliy Kavkazga alanlar yurtiga bosib kiradi, ularning qarshiligini sindirib, qo&#8217;qqisdan qipchoqlarga hujum qiladi. Omon qolgan qipchoqlar rus yerlariga qochishga majbur bo&#8217;lishgan. Qish mavsumini qipchoqlarning sersuv yaylovlarida o&#8217;tkazgan Jebe no&#8217;yon va Subutoy Bahodir Qrimning Janubdagi Sug&#8217;daqni zabt etadi. Kalka jangida rus knyazlari va qipchoqlarning Birlashgan qo&#8217;shinini yenggan mo&#8217;g&#8217;ullar ruslarning ko&#8217;pdan ko&#8217;p shaharlarini g&#8217;orat qilganlar, so&#8217;ngra Volga-Kama Bulg&#8217;oriyasish qattiq qarshilikka duch kelgach, orqaga qaytib, Qoraqurumga qaytayotgan Chingizxonga kelib qo&#8217;shilganlar. Ad.: Rashidad-din , Sbornik Letopisey, t.1, Kniga vtoraya, M. \u2014 L., 1952; Shixabad-din Muhammadan-Nasav i , Jizneopisanie Sultana Djalalad-Dina Mankburni, Baku, 1973; Bartold V. V., Turkestan v epoxu mongolskogo nashestviya, soch., t. 1, M., 1963. Hamidulla Dadaboyev.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Jebe no&#8217;yon, Jaba, jeba, Jebe, Chjebe (12-asr oxiri \u2014 13-asr 1-yarmi) \u2014 Chingizxonning atoqli sarkarda \u2014 nuenlaridan biri. Nirun qabilasining yisut urug&#8217;idan. Chingizxonga qo&#8217;shilguncha tayjiut qabilasi boshliqlaridan sanalgan Qadan tayjining &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/jebe-noyon-jaba-jeba-jebe-chjebe\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":56191,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[208],"tags":[],"class_list":["post-94838","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-j-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/94838","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=94838"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/94838\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":94839,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/94838\/revisions\/94839"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/56191"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=94838"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=94838"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=94838"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}