{"id":9502,"date":"2021-11-11T07:42:09","date_gmt":"2021-11-11T04:42:09","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=9502"},"modified":"2021-11-11T07:42:10","modified_gmt":"2021-11-11T04:42:10","slug":"antigua-va-barbuda","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/antigua-va-barbuda\/","title":{"rendered":"ANTIGUA VA BARBUDA"},"content":{"rendered":"\n<p>ANTIGUA VA BARBUDA (Antigua and Barbuda) \u2014 Vest-Indiyadagi davlat. Kichik Antil orollari guruhiga kiruvchi Antigua, Barbuda va Redonda orollarida joylashgan. Maydoni 441,6 km2. Aholisi 64,3 ming kishi (1995), asosan negrlar va mulatlar. Aholining o&#8217;rtacha zichligi \u2014 1 km2 ga 145 kishi. Aholining 32% shaharlarda yashaydi. Rasmiy tili \u2014 ingliz tili. Dindorlar xristian dinining protestantlik oqimiga mansubdirlar. Ma&#8217;muriy-hududiy jihatdan 7 rayonga bo&#8217;lingan. Poytaxti \u2014 Sent-Jons shahri va porti. Antigua va Barbuda 1981 yilda qabul qilingan Konstitusiya bo&#8217;yicha Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdo&#8217;stlik tarkibiga kiruvchi mustaqil davlat. Davlat boshlig&#8217;i Buyuk Britaniya qiroli (qirolichasi), general-gubernator uning vakili hisoblanadi. Qonun chiqaruvchi organi \u2014 vakillar palatasi va Senatdan iborat parlament. Ijrochi hokimiyatni general-gubernator tomonidan tayinlanadigan bosh vazir boshchiligidagi xukumat boshqaradi. Antigua va Barbudada Antigua Leyboristlar partiyasi (1968), Birlashgan taraqqiyparvar partiya (1992), Antigua va Barbuda fuqarolik xizmati assotsiatsiyasi (500 a&#8217;zo), Antigua professional va ishchilar Ittifoqi (1940, 10 ming a&#8217;zo), Antigua ishchilar Ittifoqi (1967, 10 ming a&#8217;zo) mavjud. Orollar asosan tekislikdan iborat. Tekislikning eng yuqori nuqtasi \u2014 402 metrga yetadigan Bogti-Pik balandligidir. Antiguaning shim. va Sharqiy qismi ohakchil va yirik donador qum, Markaziy qismi gil formasiyalar bilan qoplangan. Antigua oroli qirg&#8217;oqlari kemalar uchun qulay tabiiy to&#8217;xtash joylariga ega. Qirg&#8217;oq bo&#8217;yining ayrim qismlari qoyalar bilan qoplangan. Orollarda iqlim \u2014 quruq va quyoshli (bir yilda o&#8217;rtacha 1150 millimetr yog&#8217;in yog&#8217;adi). Quruq mavsum noyabrning oxiridan may oyining boshigacha davom etadi. Tabiiy o&#8217;simliklari va hayvonot dunyosi Antiguadan 48 kilometr shimolida joylashgan aholi kam yashaydigan Barbuda orolida saqlanib qolgan. Bu yassi marjon orolning g&#8217;arbiy qismida qo&#8217;ltiq bo&#8217;lib, uning qo&#8217;riqxona sharoitida suvda suzuvchi yovvoyi qushlarning ko&#8217;p turlari saqlanib qolgan. Orollarning qadimiy aholisi indeyslar bo&#8217;lgan. Antigua va Redonda orollarini 1493 yil X. Kolumb o&#8217;zining ikkinchi ekspeditsiyasida kashf etgan. Orollar dastlab Ispaniya, Angliya va Frantsiya mustamlakasi, 1667 yildan butunlay Angliya mustamlakasi bo&#8217;lgan. Inglizlar orolda plantasiya xo&#8217;jaligini tashkil etib, bu yerga Afrikadan nefqullarni olib kela boshladilar. 1834 yil qulchilik bekor qilindi. 1871 yildan 1958 yilgacha Antigua, Barbuda va Redonda orollari Angliyaning shamolli orollar mustamlakasi tarkibida bo&#8217;lgan. 1981 yildan mustaqil davlat. Mamlakat iqtisodiyotining asosi \u2014 xorijiy sayyohlik va qishloq xo\u2019jaligi. Qishloq xo&#8217;jaligi asosan shakarqamish, paxtaning uzun tolali navi, shuningdek, tamaki, kokos palmasi va sabzavot yetishtirishga ixtisoslashgan. Chorvachilik yaxshi rivojlanmagan. O&#8217;z oziq-ovqat mahsuloti yetishmaganligi sababli u chetdan keltiriladi. Sanoati qishloq xo\u2019jaligi xom ashyosini qayta ishlash bilan band. Rom ichimligi, paxta va kokos yog&#8217;i ishlab chiqariladi. Tashqi savdodagi asosiy mijozlari \u2014 AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya. Pul birligi \u2014 Sharqiy Karib dollari. &#171;Autlet&#187;, &#171;Neyshn&#187; (&#171;Millat&#187;), &#171;Uorkerz voys&#187; (&#171;Ishchi ovozi&#187;) gazetalari nashr etiladi. 1956 yildan radioeshittirish, 1964 yildan teleko&#8217;rsatuv tashkilotlari mavjud.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>ANTIGUA VA BARBUDA (Antigua and Barbuda) \u2014 Vest-Indiyadagi davlat. Kichik Antil orollari guruhiga kiruvchi Antigua, Barbuda va Redonda orollarida joylashgan. Maydoni 441,6 km2. Aholisi 64,3 ming kishi (1995), asosan negrlar &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/antigua-va-barbuda\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9243,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[107],"tags":[],"class_list":["post-9502","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-a-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/9502","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=9502"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/9502\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":9503,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/9502\/revisions\/9503"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/9243"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=9502"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=9502"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=9502"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}