{"id":95157,"date":"2023-07-27T15:14:28","date_gmt":"2023-07-27T12:14:28","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=95157"},"modified":"2023-07-27T15:14:31","modified_gmt":"2023-07-27T12:14:31","slug":"varrak","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/varrak\/","title":{"rendered":"Varrak"},"content":{"rendered":"\n<p>Varrak \u2014 shamolda uchiriladigan o&#8217;yinchoq. Sirtiga shamol bosimi ta&#8217;sir etishi natijasida havoga ko&#8217;tariladi. Asosiy qismlari: qamishlarga tarang tortilgan mato yoki Xitoy qog&#8217;oz (aerodinamik sirt), chillakka (g&#8217;altakka) o&#8217;ralgan ip, Varrakni ipga ulaydigan nizomlar, Varrakni osmonda muallaq tutib turadigan shokildalar yoki dum. Varraklar turli shakllarda yasaladi. Shakliga ko&#8217;ra, Varrak besh Qamishli (oddiy), ikki Qamishli (laylaki), sirtlarining shakli bo&#8217;yicha bir tekislikli hamda ko&#8217;p tekislikli (ajdarsimon) va boshqalar, shokildalari turiga ko&#8217;ra ikki, uch, qator shokildali va dumli xillarga bo&#8217;linadi. Katta-kichikligiga ko&#8217;ra oddiy va katta (quroq) Varraklar bo&#8217;ladi. Oddiy besh Qamishli Varrakni yasashda qog&#8217;oz yoki mato to&#8217;g&#8217;ri to&#8217;rtburchak shaklda bichiladi. Qamishlar bir xil yo&#8217;g&#8217;onlikda yo&#8217;niladi va bichilgan Xitoy qog&#8217;ozga yelim bilan avval o&#8217;rtamak, keyin boshamak 2, belamak 3, shoxamak 4 lar yopishtiriladi. So&#8217;ngra belamakka tumorcha, shoxamaklariga quloqlar va shokildalar yopishtiriladi. Bir oz vaqt quritilgandan so&#8217;ng boshamak va bslamaklar ip bilan egib bog&#8217;lanadi. Shamolda ovoz chiqarib turishi uchun boshamakka dardirak yopishtiriladi. Nizomlar o&#8217;tkazilib, ipga bog&#8217;lanadi. Laylaki Varrakni yasashda kvadrat shakldagi mato yoki qog&#8217;ozga avval diagonali bo&#8217;yicha o&#8217;rtamak yopishtiriladi. So&#8217;ngra ikkinchi diagonali bo&#8217;yicha qamishni egib yopishtiriladi. Nizomning bir uchi o&#8217;rtamak bilan egilgan qamish tutashgan joyga, ikkinchi uchi esa o&#8217;rtamakning egilgan qamish uchlaridan o&#8217;tgan chiziq bilan tutashgan joyga bog&#8217;lanadi. Varrak Aerodinamik sirtining simmetrikligi buzilgan bo&#8217;lsa, besh qamishlisida shoxamaklarning pastki uchlariga ip bog&#8217;lanib, ipning o&#8217;rta qismiga, laylakida esa o&#8217;rtamakka dum bog&#8217;lanadi. Varrakning quroq deb ataladigan turi katta bo&#8217;lib, qalin qog&#8217;oz yoki yupqa matoga sambittol, behi yog&#8217;ochi, reykani yelim bilan yopishtirib yasaladi. Varrak qadimdan ma&#8217;lum bo&#8217;lib, ayniqsa Xitoyda juda taraqqiy etgan. 19-asr oxiri\u201420-asr boshlarida Varrakdan atmosferaning yuqori qatlamlarini tekshirishda, joylarni suratga olishda va sport maqsadlarida foydalanishgan. Aviatsiya, uchish apparatlarining rivojlanishi bilan Varrakdan faqat sport va o&#8217;yin maqsadlarida foydalaniladi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Varrak \u2014 shamolda uchiriladigan o&#8217;yinchoq. Sirtiga shamol bosimi ta&#8217;sir etishi natijasida havoga ko&#8217;tariladi. Asosiy qismlari: qamishlarga tarang tortilgan mato yoki Xitoy qog&#8217;oz (aerodinamik sirt), chillakka (g&#8217;altakka) o&#8217;ralgan ip, Varrakni ipga &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/varrak\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":56191,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[207],"tags":[],"class_list":["post-95157","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-v-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/95157","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=95157"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/95157\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":95158,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/95157\/revisions\/95158"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/56191"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=95157"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=95157"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=95157"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}