{"id":95246,"date":"2023-07-28T11:54:47","date_gmt":"2023-07-28T08:54:47","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=95246"},"modified":"2023-07-28T11:54:50","modified_gmt":"2023-07-28T08:54:50","slug":"umarshayx-umarshayx-mirzo","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/umarshayx-umarshayx-mirzo\/","title":{"rendered":"Umarshayx, Umarshayx Mirzo"},"content":{"rendered":"\n<p>Umarshayx, Umarshayx Mirzo (1356\u2014 Xarmotu -1394) \u2014 temuriy Shahzoda. Amir Temurning ikkinchi o&#8217;g&#8217;li. Onasi To&#8217;lun og&#8217;o (To&#8217;mlun og&#8217;o). Yoshligidan mohir chavandoz va mard jangchi bo&#8217;lib etishgan. Keyinchalik ko&#8217;p janglarda ko&#8217;rsatgan jasurligi va qahramonligi evaziga Bahodir unvoniga erishgan. 1370 yil Amir Temurning Husayn ibn Musallab bilan bo&#8217;lgan jangida, u. Balx qal&#8217;asini qamal qilish chog&#8217;ida mardona kurashgan, lekin jang oxirida oyog&#8217;idan yaralangan. U mo&#8217;g&#8217;ullarga qarshi olib borilgan ko&#8217;pgina janglarda faol qatnashib, Sohibqiron qo&#8217;shinidagi iste&#8217;dodli sarkardalar qatoridan o&#8217;rin olgan. 1393 yil Amir Temur Umarshayxni Fors viloyatini zabt etish ishiga mas&#8217;ul etib tayinlaydi. Umarshayx Istahr, Farak, Shahriyor va boshqa qal&#8217;alarni egallab, navbatdagi Sarjon qal&#8217;asini egallash uchun uni qamal qiladi. Ayni shu chog&#8217;da Amir Temur Misr va Shom (Suriya)ni qo&#8217;lga kiritish uchun Diyorbakr tomon qo&#8217;shin tortadi. Shu bois Sohibqiron Umarshayxni o&#8217;z huzuriga etib kelishini buyuradi. Umarshayx Sarjon qal&#8217;asini qamal qilish amaliyotini Amir Idiku Barlosga topshirib, o&#8217;zi Sherozga keladi. Bu yerda Umarshayx ishonchli amiri Sevinchakni Forsni zabt etish ishiga mutasaddi qilib, o&#8217;zi otasini qoshiga yo&#8217;l oladi. Umarshayx safar paytida Bag&#8217;dod (ba&#8217;zi manbalarda Shavliston) yo&#8217;li bilan yurib Bag&#8217;doddan to&#8217;rt manzil masofadagi Kurdistondan o&#8217;tib borayotganida yo&#8217;l chekkasidagi Xarmotu qal&#8217;asiga duch kelgan. Umarshayx ushbu qal&#8217;ani yaxshiroq tomosha qilish maqsadida bir tepalikka chiqadi. Shu payt qal&#8217;a ichidan otilgan nogahoniy kamon o&#8217;qi Umarshayxning qulog&#8217;i ostidagi ko&#8217;k tomirga tegadi. Umarshayx shu zahoti olamdan ko&#8217;z yumadi. Uning qo&#8217;shini Xarmotuni yer bilan yakson etadi. Ushbu voqeadan xabar topgan Amir Temur qattiq iztirobga tushadi. U Amir Uchqaro Bahodirni Umarshayxning jasadini Sherozga olib kelish uchun Xarmotu tomon jo&#8217;natadi. Umarshayxning jasadi Sherozga olib kelingach, motam tutilib, Mirzoni muvaqqat dafn qiladilar. Ma&#8217;lum fursatdan so&#8217;ng Umarshayxning xotinlari \u2014 Sevinch Qutluq og&#8217;o begim, Beka mulk og&#8217;o begim va Mulkat og&#8217;o begimlar hamda hali voyaga yetmagan o&#8217;g&#8217;li Iskandar mirzolar jasadni Sherozdan Kesh (Shahrisabz)ga olib keladilar va Temuriylar xonadoni uchun maxsus barpo etilgan daxmaga dafn etadilar. Umarshayx vafotidan so&#8217;ng Amir Temur Fors mamlakati yerlarini boshqarishni to&#8217;ng&#8217;ich o&#8217;g&#8217;li Pirmuhammad Mirzoga topshiradi. Umarshayxdan shuningdek, yana besh o&#8217;g&#8217;il \u2014 Rustam Mirzo, Iskandar Mirzo, Ahmad Mirzo, Said Axmad Mirzo va Boyqaro Mirzolar kelgan edi. Ad.: Nizomiddin Shomiy, Zafarnoma, T., 1966; Fayziev T., Temuriylar Shajarasi, T., 1996.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Umarshayx, Umarshayx Mirzo (1356\u2014 Xarmotu -1394) \u2014 temuriy Shahzoda. Amir Temurning ikkinchi o&#8217;g&#8217;li. Onasi To&#8217;lun og&#8217;o (To&#8217;mlun og&#8217;o). Yoshligidan mohir chavandoz va mard jangchi bo&#8217;lib etishgan. Keyinchalik ko&#8217;p janglarda ko&#8217;rsatgan &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/umarshayx-umarshayx-mirzo\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":56191,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[213],"tags":[],"class_list":["post-95246","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-u-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/95246","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=95246"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/95246\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":95247,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/95246\/revisions\/95247"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/56191"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=95246"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=95246"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=95246"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}