{"id":95301,"date":"2023-07-28T19:05:53","date_gmt":"2023-07-28T16:05:53","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=95301"},"modified":"2023-07-28T19:05:58","modified_gmt":"2023-07-28T16:05:58","slug":"ubaydullaxon-ii","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/ubaydullaxon-ii\/","title":{"rendered":"Ubaydullaxon II"},"content":{"rendered":"\n<p>Ubaydullaxon II, Ubaydullo Muhammad Bahodirxon (1681 \u2014 Buxoro \u2014 1711.16.3) \u2014 Buxoro xoni (1702-11), Ashtarxoniylar sulolasidan. Subhonqulixonning o&#8217;g&#8217;li. Buxoroda madrasa tahsilini olgan. Subhonqulixon vafoti arafasida valiahd qilib nevarasi Balx hokimi Muhammad Muqimxonni tayinlaydi. Biroq, Buxoro ulamolari va qo&#8217;shinning madadiga tayangan Ubaydullaxon II Buxoro taxtini egallaydi (1702 yil sentabr). Balx hokimi Muhammad Muqimxonning otalig&#8217;i hisoblangan Mahmud qatag&#8217;on Buxoroga bo&#8217;ysunmaslikdan tashqari Qubodiyon (1703), Termiz (1704)ni ham Balxga qo&#8217;shib olib, Balxni mustaqil deb e&#8217;lon qilgan. Beklarning saroy fitnasi natijasida Muhammad Muqimxon o&#8217;ldirilgach (1707 yil mart), Ubaydullaxon II Balx ustiga katta qo&#8217;shin bilan yurish qiladi va shaharni egallaydi (1707 yil 27 may). Ubaydullaxon II murakkab sharoitda Buxoro xonligini boshqargan. Iqtisodiy tanazzul va ichki nizolardan tashqari jung&#8217;orlar (qalmoqlar)ning harbiy bosqinlari (masalan, Samarqandga hujum, qalmoqlar xurujidan qochgan qozoqlar va qoraqalpoqlarning Movarounnahr hududi (Toshkent va boshqa joylar)ga ko&#8217;chib kelishi vaziyatni yana ham murakkablashtirgan. Ana shunday sharoitda Ubaydullaxon II davlatning iqtisodiy negizini mustahkamlashga qaratilgan choralar ko&#8217;rgan. Avvalo u ma&#8217;muriy sohada islohotlar o&#8217;tkazib, davlatni boshqarishga o&#8217;rta tabaqa: hunarmandlar va savdogarlarni jalb qilgan. Ubaydullaxon II hatto Markaziy hokimiyatni kuchaytirish uchun yirik yer egalarining imtiyozlarini qisqartirgan (masalan, Jo&#8217;ybor Xojalari soliq to&#8217;lashga majbur qilingan). Biroq Jo&#8217;ybor shayxlari katta siyosiy kuch bo&#8217;lib, Ubaydullaxon II o&#8217;tkazayotgan siyosat uchun xatarli muxolifga aylanishgan. Ubaydullaxon II ning siyosiy faoliyatida pul islohoti ham alohida o&#8217;rin tutadi. Ubaydullaxon II pul islohoti o&#8217;tkazish orqali davlat xazinasini to&#8217;ldirishni, bebosh amirlar, beklar va urug&#8217;boshliqlari bilan kurashda o&#8217;z mavqeini kuchaytirish va ayrim mahalliy hokimlarning ayirmachilik intilishlarini bartaraf qilib, markaziy hokimiyatni mustahkamlashga intildi. Biroq Ubaydullaxon II ning islohotlari badavlat tabaqalar va ayrim o&#8217;rtahol shaharliklar tomonidan noxush kutib olindi. Ubaydullaxon II ga qarshi g&#8217;alayonlar ko&#8217;tarildi. Ubaydullaxon II mamlakatda obodonchilik ishlariga e&#8217;tibor qaratgan. U madrasa va Buxoroning g&#8217;arbida Xonobod chorbog&#8217;i (1709)ni barpo qilgan. Tarixchi Mir Muhammad Amin Buxoriy uning saroyida bosh munshiy bo&#8217;lib, Ubaydullaxonning siyosiy faoliyati haqida &#171;Ubaydullanoma&#187; (1716) asarini yozgan. Muhammad Yusuf Munshiyning &#171;tarixi Muqimxoniy&#187; va Abdurahmon Tolennng &#171;Tarixi Abulfayzxon&#187; asarlarida ham Ubaydullaxon II faoliyati aks etgan. Ubaydullaxon II saroy fitnasi natijasida Buxoroning piri Mirza chorbog&#8217;ida o&#8217;ldirilgan. U Buxoro yaqinida \u2014 Bahouddin majmuasilagm Daxmai Shohonda otasi Subhonqulixon qabri yonida dafn etilgan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ubaydullaxon II, Ubaydullo Muhammad Bahodirxon (1681 \u2014 Buxoro \u2014 1711.16.3) \u2014 Buxoro xoni (1702-11), Ashtarxoniylar sulolasidan. Subhonqulixonning o&#8217;g&#8217;li. Buxoroda madrasa tahsilini olgan. Subhonqulixon vafoti arafasida valiahd qilib nevarasi Balx hokimi &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/ubaydullaxon-ii\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":56191,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[213],"tags":[],"class_list":["post-95301","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-u-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/95301","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=95301"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/95301\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":95302,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/95301\/revisions\/95302"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/56191"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=95301"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=95301"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=95301"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}