{"id":95309,"date":"2023-07-28T19:19:25","date_gmt":"2023-07-28T16:19:25","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=95309"},"modified":"2023-07-28T19:19:28","modified_gmt":"2023-07-28T16:19:28","slug":"uvaysiy-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/uvaysiy-2\/","title":{"rendered":"Uvaysiy"},"content":{"rendered":"\n<p>Uvaysiy (taxallusi; ismi Jahon) (1779 \u2014 Marg&#8217;ilon -1845) \u2014 shoira, ma&#8217;rifatparvar. Uvaysiy oilada xat-savodini chiqarib, avval xalfa, so&#8217;ngra onasining yonida maktabdorlik qilgan. Akasi Oxunjon hofizdan she&#8217;riyat ilmini o&#8217;rgangan, tez orada shoira, otin sifatida tanilgan. Uvaysiy, ayniqsa, aruzni, muammo (she&#8217;rda fikrni yashirib ifodalash) san&#8217;atini mukammal egallagan. Qo&#8217;qon adabiy muhiti bilan yaqinlashib, mushoiralarda qatnashgan. Saroyda Nodira va boshqa xotin-qizlarga she&#8217;riyat ilmidan dars berib, ustozlik qilgan. Dilshod otinning ma&#8217;lumot berishicha, u. Nodira bilan Konibodom, Xo&#8217;jand, O&#8217;ratepa, Toshkent, Andijon kabi shaharlarga borgan. 1842 yilda Buxoro amiri Nasrullaxon Qo&#8217;qonni egallagach, Marg&#8217;ilonga qaytib, umrining oxirigacha shu yerda yashagan. Uvaysiy 4 devon tuzganligi ma&#8217;lum. Pekin bu devonlarning asl qo&#8217;lyozmalari topilmagan. Uvaysiy mumtoz o&#8217;zbek she&#8217;riyatining barcha janrlarida ijod qilgan. Navoiy, Fuzuliy va boshqalarning asarlariga muxammaslar bog&#8217;lagan. Shoiraning adabiy merosida 269 g\u2019azal, 29 muxammas, 55 musaddas, 1 murabba, chistoy, 3 doston, tugallanmagan bir manzuma bor. Ijodining g&#8217;oyaviy mavzu doirasi teran va ko&#8217;p qirrali. Shoira adabiyotda taraqqiyparvar namoyandalarning qarashlari asosida maydonga kelgan inson taqdiri, shaxs erki va ma&#8217;rifatparvarlik g&#8217;oyalarida latif va dilkash asarlar yaratgan, asarlarida insonni e&#8217;zozlash, odamlarni tabiat va hayot noz-ne&#8217;matlaridan bahramand bo&#8217;lishga undash, do&#8217;stlik, vafo va sadoqat haqidagi ulug&#8217;vor niyatlarini Qur&#8217;on oyatlari, hadislar va tasavvufiy talqinlar bilan asoslagan holda ijodiy barkamollikka erishgan. Uning she&#8217;rlarida tariqatning talab va qoidalariga taalluqli bo&#8217;lgan talqinlar ko&#8217;p uchraydi: Fano mardumlarini sirridin hech kimsa yo&#8217;q ogoh, Qabih guftor mardumdin ko&#8217;ngul dog&#8217; o&#8217;ldi, dog&#8217; o&#8217;ldi. Uvaysiy o&#8217;z asarlarida yuksak odamiylikni, shu odamiylikni qalb to&#8217;rida avaylovchi vafodor yorni ulug&#8217;laydi, uni Quyosh bilan qiyos qiladi. Quyosh har tong ufqdan bosh ko&#8217;tarib, o&#8217;zining otashin nuri bilan olamga, odamlarga o&#8217;z mehr va shafqatini sochadi. Shoira yor va oftob tashbihlaridan qarshilantirish san&#8217;ati orqali eng go&#8217;zal tuyg&#8217;ular silsilasini yaratadi. Uning lirik qaxramoni mushohadakor donishmand, vafoli oshiq. Uning anor haqidagi mashhur chistoni o&#8217;zining muhim mazmuni va yuksak badiiyligi bilan shoira ijodining yorqin bir sahifasi sifatida ko&#8217;zga tashlanadi: Bu na gumbazdur, eshigi, tuynugidin yo&#8217;q nishon, Necha gulgun pok qizlar manzil aylabdur makon? Tuynugin ochib, alarning holidan olsam xabar, Yuparida parda tortug&#8217;liq tururlar, bag&#8217;ri qon. Uvaysiy hayotlik davridayoq nafis lirikasi bilan mashhur bo&#8217;lgan va zamondoshlarining e&#8217;tiborini qozongan. Lirik she&#8217;rlaridan tashqari, uning &#171;Shahzoda Hasan&#187;, &#171;Shahzoda Husan&#187; kabi liroepik asarlari va &#171;Voqeoti Muhammad Alixon&#187; kabi tarixiy dostonlari mavjud. Shoiraning liroepik dostonlari Islom tarixi bilan bog&#8217;liq voqealar asosida yaratilgan. Uvaysiy asarlari o&#8217;zining latif mazmuni va dilkash badiiyligi bilan xalq ommasi orasida keng yoyilgan, hofizlar, xonandalar tomonidan maqom va xalq ohanglari yo&#8217;lida kuylanib kelinadi. Uning xattotlar tomonidan ko&#8217;chirilgan 3 nusxa qo&#8217;lyozma devoni O&#8217;zbekiston Fanlar Akademiyasi Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti va Andijon universiteti kutubxonasida saqlanadi. As: Devon, T., 1963; ko&#8217;ngil gulzori, T., 1983. \/4y.:Jalolov T., O&#8217;zbek shoiralari, T., 1970.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Uvaysiy (taxallusi; ismi Jahon) (1779 \u2014 Marg&#8217;ilon -1845) \u2014 shoira, ma&#8217;rifatparvar. Uvaysiy oilada xat-savodini chiqarib, avval xalfa, so&#8217;ngra onasining yonida maktabdorlik qilgan. Akasi Oxunjon hofizdan she&#8217;riyat ilmini o&#8217;rgangan, tez orada &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/uvaysiy-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":56191,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[213],"tags":[],"class_list":["post-95309","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-u-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/95309","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=95309"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/95309\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":95310,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/95309\/revisions\/95310"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/56191"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=95309"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=95309"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=95309"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}