{"id":95392,"date":"2023-07-29T12:46:33","date_gmt":"2023-07-29T09:46:33","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=95392"},"modified":"2023-07-29T12:46:36","modified_gmt":"2023-07-29T09:46:36","slug":"usmon-nosir","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/usmon-nosir\/","title":{"rendered":"Usmon Nosir"},"content":{"rendered":"\n<p>Usmon Nosir (taxallusi; asl ism-sharifi Nosirov Usmon) (1912.13.11, Namangan \u2014 1944.9.3, Kemerovo viloyati Mariinsk shahri yaqinidagi Suslovo qishlog&#8217;i) \u2014 shoir. Kambag&#8217;al hunarmand oilasida tug&#8217;ilgan. 4 yoshidan otasidan yetim qolib, dastlab tog&#8217;asi qo&#8217;lida tarbiyalangan. 1921 yilda o&#8217;gay otasi bilan birga Qo&#8217;qonga ko&#8217;chib borgan. Shu yerdagi &#171;yangi hayot&#187; va ikkinchi bosqich maktablari (1921\u2014 29)da o&#8217;qigan. So&#8217;ngra Moskvadagi kinematografiya institutining stsenariy fakultetida 1 yil tahsil ko&#8217;rgan (1929\u2014 30). O&#8217;qishni davom ettirmay, Qo&#8217;qondagi qisqa muddatli ta&#8217;lim va tarbiya kurslarida o&#8217;qituvchi, ilmiy bo&#8217;lim mudiri va shahar teatrida adabiy emakdosh bo&#8217;lib ishlagan (1930-33). Samarqanddagi Pedagogika akademiya (hozirgi SamDU)ning til va adabiyot fakultetida birmuncha muddat tahsil olishda davom etgan (1933-34). Keyin Toshkentga ko&#8217;chib kelib, &#171;yosh leninchi&#187; gazetada ishlagan (1934) va erkin ijod bilan mashg&#8217;ul bo&#8217;lgan. &#171;Haqiqat qalami&#187; ilk she&#8217;ri 1927 yil &#171;Yangi yo&#8217;l&#187; gazetada, fuqarolar urushi mavzuiga bag&#8217;ishlangan &#171;Norbo&#8217;ta&#187; nomli birinchi dostoni 1931 yil &#171;Yangi Farg&#8217;ona&#187; gazetada, &#171;Quyosh bilan suhbat&#187; va &#171;safarbar satrlar&#187; dastlabki she&#8217;riy to&#8217;plamlari esa 1932 yilda e&#8217;lon qilingan. Shundan keyin Usmon Nosirning &#171;naxshon&#187; (1934) dostoni, &#171;Traktorobod&#187; (1934), &#171;yurak&#187; (1935) va &#171;mehrim&#187; (1936) she&#8217;riy kitoblari nashr etilgan. Usmon Nosir 30-yillarning boshlarida o&#8217;zbek she&#8217;riyatiga chaqmoq o&#8217;laroq kirib keldi. Usmon ijodining dastlabki kezlaridanoq hayotda ro&#8217;y berayotgan muhim voqea va hodisalarni lirik qahramonning hissiyot va kechinmalari orqali ifodalashga, yangi tarixiy davr qahramonini topishga intildi. &#171;Tojixon&#187;, &#171;Isroil&#187; kabi she&#8217;rlarida yangi davr qahramoni obrazini mahorat bilan yaratdi. Usmon Nosir qisqa muddat ichida she&#8217;riyat san&#8217;atini mukammal egallab, go&#8217;zal lirik she&#8217;rlar yoza boshladi. Usmon Nosirning &#171;Monolog&#187;, &#171;yurak&#187;, &#171;Yana she&#8217;rimga&#187;, &#171;Nil va Rim&#187; singari she&#8217;rlari nafaqat uning, balki shu davr o&#8217;zbek she&#8217;riyatining eng yuksak namunalaridan bo&#8217;ldi. &#171;Naxshon&#187; dostoni esa shoirning liroepik janrlarda ham badiiy yuksak asarlar yaratishi mumkinligini namoyish etdi. Usmon Nosir qisqa ijodiy umri davomida dramaturgiya sohasida ham qalam tebratib, &#171;Zafar&#187; (1929), &#171;Nazirjon xalilov&#187; (1930), &#171;dushman&#187; (1931), &#171;so&#8217;nggi kun&#187; (1932) singari sahna asarlarini yozgan va bu asarlar Qo&#8217;qon shahar teatrida sahnallashtirilgan. Shoirning &#171;Atlas&#187; (1935) pyesasi o&#8217;z vaqtida havaskorlar teatri sahnasida qo&#8217;yilgan. Usmon Nosir ijodida tarjima, ayniqsa, muhim o&#8217;rinni egallaydi. A.S. Pushkinning &#171;Boqchasaroy fontani&#187; va M.Yu. Lermontovning &#171;Demon&#187; dostonlarini mohirlik bilan o&#8217;zbek tiliga tarjima qildi. 1937 yil boshlarida V. Kirshonning &#171;ulug&#8217; yo&#8217;l&#187; dramasi Usmon Nosir tarjimasida Hamza teatrida sahnaga qo&#8217;yilgan. Usmon Nosir 1937 yil 13 iyulda &#171;xalq dushmani&#187; sifatida hibsga olinib, dastlab Magadan, so&#8217;ngra Kemerovo viloyatlaridagi qamoqxonalarga yuborilgan va o&#8217;sha yerda vafot etgan. Toshkent shahridagi Forobiy qabristonida va Kemerovo viloyati Suslovo qishlog&#8217;idagi mahbuslar qabristonida uning xotirasiga ramziy sag&#8217;ana barpo etilgan. Namangan, Qo&#8217;qon va Toshkentdagi bir necha ko&#8217;cha, maktab, texnikum va jamoa xo&#8217;jaliklariga Usmon Nosir nomi berilgan. Ad.: G&#8217;afurov I., Lirikaning yuragi, T., 1982; Karimov N., Usmon Nosir, T., 1993; Karimov N., Usmon Nosirning so&#8217;nggi kunlari, T., 1994; Rashidova N., Usmon Nosir, T., 2003.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Usmon Nosir (taxallusi; asl ism-sharifi Nosirov Usmon) (1912.13.11, Namangan \u2014 1944.9.3, Kemerovo viloyati Mariinsk shahri yaqinidagi Suslovo qishlog&#8217;i) \u2014 shoir. Kambag&#8217;al hunarmand oilasida tug&#8217;ilgan. 4 yoshidan otasidan yetim qolib, dastlab &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/usmon-nosir\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":56191,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[213],"tags":[],"class_list":["post-95392","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-u-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/95392","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=95392"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/95392\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":95393,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/95392\/revisions\/95393"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/56191"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=95392"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=95392"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=95392"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}