{"id":95394,"date":"2023-07-29T12:51:25","date_gmt":"2023-07-29T09:51:25","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=95394"},"modified":"2023-07-29T12:51:28","modified_gmt":"2023-07-29T09:51:28","slug":"uruglanish-singamiya","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/uruglanish-singamiya\/","title":{"rendered":"Urug&#8217;lanish, singamiya"},"content":{"rendered":"\n<p>Urug&#8217;lanish, singamiya \u2014 erkaklik jinsiy hujayra (urug&#8217;hujayra, spermatozoid, spermiy)ning urg&#8217;ochi (tuxum) hujayra bilan qo&#8217;shilib, zigota hosil qilishi. Zigotadan yangi organizm rivojlana boshlaydi. Odam va hayvonlarda Urug&#8217;lanishdan oldin otalanish (urug&#8217;hujayraning urg&#8217;ochi hujayra jinsiy yo&#8217;liga tushishi) sodir bo&#8217;ladi. Urug&#8217;lanishda tuxum xujayra faollashadi, ya&#8217;ni tuxum va urug&#8217;hujayra xromosomalari gaploid to&#8217;plami qo&#8217;shilib, xromosomalar diploid to&#8217;plami hosil bo&#8217;ladi. Ko&#8217;pchlik hayvonlarda Urug&#8217;lanish bilan birga rivojlanadigan organizm jinsi ham aniqlanadi. Ota va ona allellarining qo&#8217;shilishi tufayli irsiy omillarning yangi kombinasiyasi vujudga keladi. Urug&#8217;lanish tufayli tabiiy tanlanish va tur evolyutsiyasi uchun material bo&#8217;ladigan genetik xilma-xillik kelib chiqadi. Urug&#8217;lanish natijasida tuxumhujayra faollashib, bo&#8217;linish jarayoni (blastomerizasiya) boshlanadi. Hayvonlarda Urug&#8217;lanishning ikki shakli ma&#8217;lum; monospermiyada tuxumhujayraga faqat bitta urug&#8217;hujayra kirgandan so&#8217;ng, boshqa urug&#8217;hujayralarning kirishi blokada qilinadi. Blokada qilinish mexanizmi tuxumhujayra sirtiga va uning po&#8217;stiga kortikal tanachalarning suyuqlik ajratishi, tuxum plazmolemmasida ro&#8217;y beradigan qandaydir o&#8217;zgarishlar bilan yuzaga kelishi mumkin. Monospermiya barcha tashqi Urug&#8217;lanish va ko&#8217;pchilik ichki Urug&#8217;lanish xususiyatiga ega bo&#8217;lgan hayvonlar uchun xos; polispermiyada tuxumhujayraga bir necha (bir necha o&#8217;nta) spermatazoid kiradi; biroq bunday hollarda ham urg&#8217;ochi pronukleus bilan faqat bitta urug&#8217;hujayra qo&#8217;shiladi. Urug&#8217;lanishning bu xili ichki urug&#8217;lanadigan ayrim guruh hayvonlar uchun xos bo&#8217;lib, evolyusiya davomida ikkilamchi marta kelib chiqqan. Urug&#8217;lanishning har xil shakllarida gametalarning o&#8217;zaro yaqinlashuvi va qo&#8217;shilishi, asosan, bir xil kechadi. Ayrim hayvonlar tuxumhujayrasi po&#8217;stida spermatozoid kirishi uchun teshikcha\u2014 mikropile bo&#8217;ladi. Ko&#8217;pchilik hayvonlar tuxumhujayrasida mikropile bo&#8217;lmaydi. Spermatozoid tuxumhujayraga akrosoma (spermatozoid ichki qismida joylashgan perforator organ) yordamida kirib oladi. Spermatozoid tuxumxujayraga yaqinlashganida akrosomadan ajraladigan fermentlar xujayra po&#8217;stini yumshatadi. Spermatozoid akrosomasi yoki uning boshchasi tuxum po&#8217;sti orqali o&#8217;tadi va ikkala gametalar plazmolemmasi qo&#8217;shilib, yagona hujayra \u2014 zigota hosil bo&#8217;ladi. Odam va sut emizuvchilarning ovulyatsiyadan o&#8217;tgan tuxumhujayrasi bir necha qavat follikulyar hujayralar bilan o&#8217;ralgan. Akrosoma fermenti gialuronidaza follikulyar hujayralarni bog&#8217;lab turadigan shilimshiq moddani yemirib, spermatozoidlarga yo&#8217;l ochib beradi. Gametalar plazmolemasining qo&#8217;shilishi tuxum hujayraning faollashuviga olib keladi. Spermatozoid, odatda, tuxum hujayra tsitoplazmasiga to&#8217;liq o&#8217;tadi; ba&#8217;zan uning bosh qismi o&#8217;tib, tashqarida qolgan xivchini tushib ketadi. Spermatozoid tsentrosomasi atrofida paydo bo&#8217;lgan nurlar &#171;urug&#8217;yulduzi&#187; deyiladi. Urug&#8217;yulduzi ikkiga bo&#8217;linadi va birinchi bo&#8217;linish (maydalanish) bo&#8217;linish dukining shakllanishida ishtirok etadi. Spermatozoid yadrosi urug&#8217; yulduzi bilan birga tuxum tsitoplazmasida harakatlanib, asta-sekin pufaksimon erkak pronukleusga aylanadi; uning xromatini yoziladi; yadro membranasi mayda pufakchalarga parchalanadi; pronukleus membranasi qaytadan shakllanadi. Bunday o&#8217;zgarishlar tuxum hujayraning yetilib, urg&#8217;ochi pronukleus shakllanishi bilan birga boradi. Urg&#8217;ochi pronukleus ham tuxumning yuza qismidan uning markaziga ko&#8217;chadi. Tuxum hujayrada ikkala Pronukleus hujayra markazida (sariqlik tsitoplazmada bir tekis tarqalganida) yoki ooplazmaning sariqlik kam bo&#8217;lgan qismida birbiriga duch kelib, qo&#8217;shilishadi. Ayrim hayvonlarda ikkala pronukleus o&#8217;zaro qo&#8217;shilib (kariogamiya), yaxlit yadro sinkarion hosil qiladi. Lekin, odatda, ular tuxum bo&#8217;linishi boshlanib, hujayra po&#8217;sti yemirilguncha alohida turadi. Pronukleuslar qo&#8217;shilishi bilan ota va ona gametalarning xromosomalari birinchi bo&#8217;linish \u2014 maydalanish dukiga birlashadi. Otaona genlarining birlashuvi bilan Urug&#8217;lanish jarayoni qiyomiga yetadi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Urug&#8217;lanish, singamiya \u2014 erkaklik jinsiy hujayra (urug&#8217;hujayra, spermatozoid, spermiy)ning urg&#8217;ochi (tuxum) hujayra bilan qo&#8217;shilib, zigota hosil qilishi. Zigotadan yangi organizm rivojlana boshlaydi. Odam va hayvonlarda Urug&#8217;lanishdan oldin otalanish (urug&#8217;hujayraning urg&#8217;ochi &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/uruglanish-singamiya\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":56191,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[213],"tags":[],"class_list":["post-95394","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-u-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/95394","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=95394"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/95394\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":95395,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/95394\/revisions\/95395"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/56191"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=95394"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=95394"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=95394"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}