{"id":95493,"date":"2023-07-30T09:59:04","date_gmt":"2023-07-30T06:59:04","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=95493"},"modified":"2023-07-30T09:59:08","modified_gmt":"2023-07-30T06:59:08","slug":"usmon-xoja-polatxojayev-usmon-xoja","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/usmon-xoja-polatxojayev-usmon-xoja\/","title":{"rendered":"Usmon Xo&#8217;ja, Po&#8217;latxo&#8217;jayev Usmon Xo&#8217;ja"},"content":{"rendered":"\n<p>Usmon Xo&#8217;ja, Po&#8217;latxo&#8217;jayev Usmon Xo&#8217;ja (1878, Buxoro \u2014 1968.28.7, Istanbul) \u2014 davlat va jamoat arbobi. Buxorodagi jadidchilik harakati namoyandasi. Buxorolik savdogar oilasida tug&#8217;ilgan. Buxoroda madrasa tahsilini olgan va dastlabki yangi usul maktablaridan birini ochgan. 1908 yilda Istanbulda o&#8217;qigan. 1912 yil boshlarida Usmon Xo&#8217;ja Buxoroga qaytgach, &#171;Tarbiyai atfol&#187; maxfiy tashkilotining faol a&#8217;zolaridan biriga aylangan. 1917 yilda Usmon Xo&#8217;ja Yosh buxoroliklar partiyasi MK tarkibiga kiritilgan. Kolesov voqeasidan so&#8217;ng, Toshkentda yosh buxoroliklarning so&#8217;l eserlar guruhini tuzgan (1918 yil aprel). Yosh buxoroliklar partiyasi Turkiston Markaziy byurosining a&#8217;zosi (1920 yil Fevral). Buxoro Xalq Sovet Respublikasi tuzilgach, Usmon Xo&#8217;ja BXSR moliya noziri (1920), Davlat nazorati noziri (1921), BXSR Markaziy Ijroiya ko&#8217;mitasining dastlabki raisi (1921 yil avgust \u2014 1922 yil boshlari). Usmon Xo&#8217;ja BXSR hukumatining aksariyat arboblari singari Buxoro Respublikasining o&#8217;z milliy armiyasi, milliy hukumati bo&#8217;lgan mustaqil respublikaga aylantirmoqchi edi. Usmon Xo&#8217;ja BXSRdan sovet Rossiyasining qizil askarlari olib ketilishi hamda Buxoroning mustaqilligi uchun izchil kurashdi. Usmon Xo&#8217;ja 1922 yildan sho&#8217;rolar bilan aloqasini uzib, Kobulga kelgach, Rossiyaga qarshi kurash olib borish uchun BXSR ning davlat boshligi sifatida Afg&#8217;oniston amiri Omonullaxon bilan shartnoma imzolagan (1922 yil 29 aprel). U Buxoroning milliy armiyasi uchun xorijiy davlatlardan qurol-yarog&#8217; sotib olishga harakat qilgan. Usmon Xo&#8217;ja Anqarada Turk Kulturi (Turk Madaniyati) institutini tashkil qilishda katta jonbozlik ko&#8217;rsatgan. Turkiston tarixiga oid ko&#8217;plab asarlar, jumladan, &#171;Turkiston&#187; (Istanbul, 1936) risolasining muallifi. Ad.: Sadriddin Ayniy , Buxoro inqilobi tarixi uchun materiallar, M., 1926; Fayzulla Xo&#8217;jayev, Buxoro inqilobining tarixiga materiallar, T., 1997; Ahmad Zakiy Validiy To&#8217;g&#8217;on, Bo&#8217;linganni bo&#8217;ri yer (xotiralar), T., 1997; O&#8217;zbekistonning yangi tarixi, 2 kitob [O&#8217;zbekiston sovet mustamlakachiligi davrida], T., 2000; Turkestan v nachale XX veka: k istorii istokov natsionalnoy nezavisimosti, T., 2000; Rajabov Q., Buxoroga qizil armiya bosqini va unga karshi kurash, T., 2002.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Usmon Xo&#8217;ja, Po&#8217;latxo&#8217;jayev Usmon Xo&#8217;ja (1878, Buxoro \u2014 1968.28.7, Istanbul) \u2014 davlat va jamoat arbobi. Buxorodagi jadidchilik harakati namoyandasi. Buxorolik savdogar oilasida tug&#8217;ilgan. Buxoroda madrasa tahsilini olgan va dastlabki yangi &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/usmon-xoja-polatxojayev-usmon-xoja\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":56191,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[213],"tags":[],"class_list":["post-95493","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-u-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/95493","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=95493"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/95493\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":95501,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/95493\/revisions\/95501"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/56191"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=95493"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=95493"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=95493"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}