{"id":95498,"date":"2023-07-30T09:59:00","date_gmt":"2023-07-30T06:59:00","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=95498"},"modified":"2023-07-30T09:59:03","modified_gmt":"2023-07-30T06:59:03","slug":"usmon-azim","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/usmon-azim\/","title":{"rendered":"Usmon Azim"},"content":{"rendered":"\n<p>Usmon Azim (taxallusi; asl ism-sharifi Azimov Usmon) (1950.13.8, Boysun tumani) \u2014 O&#8217;zbekiston xalq shoiri (2000), dramaturg. Toshkent universitetining jurnalistika fakultetini tugatgan (1972). Respublika radiosida muharrir, katta muharrir va bosh muharrir o&#8217;rinbosari (1976-89), O&#8217;zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Toshkent viloyat bo&#8217;limida mas&#8217;ul kotib (1989\u2014 90). O&#8217;zbekiston Respublikasi Prezidenti devonida sektor mudiri, yetakchi konsultant, Prezidentning Davlat maslahatchisi (1991 -94). 2003 yildan O&#8217;zbek milliy akademik drama teatrida adabiy emakdosh. Ilk kitobi \u2014 &#171;insonni tushunish&#187; (1979). Shundan so&#8217;ng shoirning &#171;holat&#187; (1979), &#171;Oqibat&#187; (1980), &#171;Ko&#8217;zgu&#187; (1983), &#171;Surat parchalari&#187; (1985), &#171;Dare&#187; (1985), &#171;Ikkinchi aprel&#187; (1987), &#171;Baxshiyona&#187; (1989), &#171;Faroyib ajdarho&#187; (1990), &#171;Uyg&#8217;onish azobi&#187; (1991), &#171;Fycca&#187; (1994), &#171;Uzun tun&#187; (1994), &#171;bor ekanda, yo&#8217;q ekan&#187; (1995), &#171;Saylanma&#187; (1995), &#171;kuz&#187; (2001) kabi she&#8217;riy va &#171;jodu&#187; (2003) nasriy to&#8217;plamlari nashr etilgan. Usmon Azim o&#8217;zbek she&#8217;riyatining ufqini kengaytirib, nasriy she&#8217;rlardan barmoq vaznigacha bo&#8217;lgan turli vaznlarda ijod qiladi. Dastlabki she&#8217;rlarida insonning davr va jamiyat hayotidagi o&#8217;rnini tushunishga, davrning og&#8217;riqli masalalariga e&#8217;tibor qaratdi va shu jarayonda minbar she&#8217;riyati unsurlaridan foydalandi. Keyinchalik, shoir ijodida voqelikni falsafiy-istioraviy obrazlar orqali idrok va tasvir etish mahorati kuchayib bordi. 80-yillar ijodida ko&#8217;zga tashlangan Baxshiyona ruh she&#8217;riyatda yangi bir yo&#8217;nalish yaratilishiga turtki bo&#8217;ldi. 90-yillarga kelib, uning ijodida keskin o&#8217;zgarish yuz berdi va she&#8217;rlarida Sufiyona kayfiyat aks etdi. Usmon Azim &#171;Baxtli bo&#8217;laylik&#187;, &#171;hujjatli film uchun syujet&#187;, &#171;Bahodir va Malika&#187; singari radiopyesalar yozgan. U ana shu tajribadan foydalanib, 90-yillarda dramaturgiya bilan jiddiy shug&#8217;ullandi va &#171;bir qadam yo&#8217;l&#187;, &#171;Kunduzsiz kechalar&#187;, &#171;bozor&#187; (1997), &#171;Alpomishning qaytishi&#187; (1998), &#171;jazava&#187; (2000), &#171;vaxt qushi&#187; (2002), &#171;o&#8217;tgan zamon hangomalari&#187; (2003) pyesalarini ezdi. Bu pyesalarning aksari O&#8217;zbek milliy akademik drama teatrida sahnalashtirilgan. Usmon Azim bu pyesalarda sahna qonuniyatlarini yaxshi his etuvchi, dramaturg sifatida namoyon bo&#8217;ldi. Ayni paytda u ham tarixiy, ham psixologik dramalar, ham og&#8217;zaki va yozma adabiyot namunalari asosida zamonaviy sahna asarlarini yarata olish iste&#8217;dodini namoyish etdi. Usmon Azim, shuningdek, kinodramaturgiyada ham qalam tebratib, &#171;Alisher Navoiy&#187; kinoqissasi (1990), &#171;Alpomish&#187; kinodostoni (1997), &#171;sevgi&#187; (1998, shu nomli hikoya asosida) va 2 seriyali &#171;Alpomish&#187; (2000) filmlarining stsenariysiga mualliflik qilgan. Pol Elyuar, V. Vasietis, H. Dog&#8217;larja, A. Voznesenskiy, Yu. Marsinkyavichyus va boshqa shoirlarning asarlarini o&#8217;zbek tiliga tarjima qilgan. She&#8217;rlari ingliz, frantsuz, nemis, polyak, makedon, turk, rus, gruzin, eston, litva, tojik, qozoq va kirgiz tillarida nashr etilgan. Ko&#8217;plab she&#8217;rlariga musiqa bastalangan. Usmon Azim xalqlar do&#8217;stligi va vatanparvarlik g&#8217;oyalari bilan yo&#8217;g&#8217;rilgan she&#8217;rlari uchun Gruziyaning Mayakovskiy nomidagi Davlat mukofotiga sazovor bo&#8217;lgan (1982). &#171;Do&#8217;stlik&#187; ordeni (1998) bilan mukofotlangan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Usmon Azim (taxallusi; asl ism-sharifi Azimov Usmon) (1950.13.8, Boysun tumani) \u2014 O&#8217;zbekiston xalq shoiri (2000), dramaturg. Toshkent universitetining jurnalistika fakultetini tugatgan (1972). Respublika radiosida muharrir, katta muharrir va bosh muharrir &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/usmon-azim\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":56191,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[213],"tags":[],"class_list":["post-95498","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-u-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/95498","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=95498"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/95498\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":95499,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/95498\/revisions\/95499"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/56191"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=95498"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=95498"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=95498"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}