{"id":95605,"date":"2023-07-31T07:25:55","date_gmt":"2023-07-31T04:25:55","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=95605"},"modified":"2023-07-31T07:25:58","modified_gmt":"2023-07-31T04:25:58","slug":"urganch","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/urganch\/","title":{"rendered":"Urganch"},"content":{"rendered":"\n<p>Urganch (1929 yilgacha yangi Urganch) \u2014 Xorazm viloyatidagi shahar, viloyatning ma&#8217;muriy, iqtisodiy va madaniy markazi. Amudaryoning quyi oqimi chap sohilida. Shovot kanali shahar o&#8217;rtasidan o&#8217;tib, Urganchni shimol va Janubiy qismlarga ajratgan. Shimol qismida, asosan, turar joy binolari, ilmiy va madaniy maorif muassasalari, maishiy xizmat ko&#8217;rsatish korxonalari, Janub qismida esa ishlab chiqarish korxonalari joylashgan. Har ikkala sohil bir-biri bilan ko&#8217;priklar orqali bog&#8217;langan. Aholisi 136,8 ming kishi (2004). Shaharga 1646 yilda Xiva xoni Abulg&#8217;oziy Bahodirxon tomonidan asos solingan. Amudaryo o&#8217;z yo&#8217;nalishini o&#8217;zgartirib Orol dengizi tomon oka boshlaganidan so&#8217;ng Gurganj shahri (Ko&#8217;hna Urganch) suvsiz qolgan. Abulg&#8217;oziy Bahodirxon Gurganj, vazir qal&#8217;a (shahar)larida va ular atroflarida tarqoq holda yashagan aholini ko&#8217;chirib Amudaryoning Janub qismlarida joylashtirgan va aholi o&#8217;rnashgan hudud atrofini qal&#8217;a devori bilan mustahkamlab unga &#171;Toza Urganch&#187;, ya&#8217;ni &#171;yangi Urganch&#187; deb nom bergan. Shundan keyin qadimgi Gurganj shahrining nomi ko&#8217;hna Urganch bo&#8217;lib qoldi. Yangi Urganch bilan ko&#8217;hna Urganch oralig&#8217;i 170 kilometr. Yangi Urganch (hozirgi Urganch) shahri Buyuk ipak yo&#8217;lida joylashganligi tufayli tez sur&#8217;atlar bilan rivojlangan savdo va hunarmandchilik markaziga aylangan. Abulg&#8217;oziy Bahodirxonning ugli Anushaxon (Anushoh) davrida (1664\u2014 89) yangi Urganch yaqinida katta kanal qazilib, unga Shohobod (Shovot) nomi qo&#8217;yilgan. Mahalliy tarixchi olimlarning ma&#8217;lumotlari bo&#8217;yicha, yangi Urganch 17-18- asrlarda balandligi 4-5 metrli devor bilan o&#8217;ralgan qo&#8217;rg&#8217;on (shaharcha) bo&#8217;lgan. Shaharchada taxminan 5 ming kishi yashagan; ko&#8217;plab mayda do&#8217;konlar, ustaxonalar ishlab turgan. 1873 yil avgust oyida Turkiston viloyati gazetasida yangi Urganch haqida: &#171;kattaligi Orol bo&#8217;yidagi Kazalinskiy shahricha keladi, atrofi qal&#8217;a devorlari bilan o&#8217;rab olingan, Amudaryodan 12 chaqirim narida joylashgan kichkina shahar. Orol dengizidan to Xivaga kelguncha Urganchdek go&#8217;zal shahar yo&#8217;q. U bog&#8217;lar va ariqlar bilan o&#8217;rab olingan&#187;, deb yozilgan. O&#8217;sha davrda Yangi Urganchda 6 mingga yaqin aholi yashagan. 1889 yilda shaharda Yaroslavl manufakturasi korxonasiga qarashli paxta tozalash zavodi, 19-asr oxiri \u2014 20-asr boshlarida &#171;Xayriya jamiyati&#187;, Rus-Osiyo banki, rus-tuzem maktabi, xotin-qizlar maktablari ochildi. 1931 yilda viloyat teatri Xiva shahridan Urganchga ko&#8217;chib o&#8217;tdi. 1935 yilda shaharda o&#8217;qituvchilar instituti faoliyat ko&#8217;rsata boshladi. 1952 yilda Chorjo&#8217;y Urganch\u2014 Qo&#8217;ng&#8217;irot temir yo\u2019l qurib bitkazildi. 1959 yildan Urganch Taxiatosh elektr energiyasini ola boshladi, 1963 yilda O&#8217;rta Osiyo \u2014 Markaz magistral gaz quvuriga ulandi. Shahar nomining kelib chiqishi miloddan avvalgi 7-6-asrlarga borib taqaladi. &#171;Avesto&#187; kitobida Vurukash (Orol) dengizi bo&#8217;yida Urga (Urva) shahri bo&#8217;lganligi qayd etilgan. Tabiiy ofatlar (suv toshqini, qurg&#8217;oqchilik) tufayli Urga hozirgi Ko&#8217;hna Urganch hududiga ko&#8217;chirilgan. 8-asrgacha &#171;Gurganj&#187; nomi bilan yuritilgan. 712 yilda shahar arablar tomonidan bosib olinganidan keyin &#171;Jurjoniya&#187; deb ataldi. 1221 yil mo&#8217;g&#8217;ullar egallagandan so&#8217;ng shahar nomi Urganch shaklida yuritila boshladi. 14-asr Yevropa manbalarida shahar (Ko&#8217;hna Urganch) Wrgant shaklida tilga olinadi. Mustaqillik yillarida Urganchda qurilish ishlari avj oldi. Urganchning shimoliy g&#8217;arbiy qismida &#171;Navro&#8217;z&#187;. &#171;Taraqqiyot&#187; &#171;Universitet&#187; shaharchalari paydo bo&#8217;ldi. Urganch\u2014Xiva oralig&#8217;ida 30 kilometrli trolleybus qatnovi (1997) yo&#8217;lga qo&#8217;yildi. Urganchda paxta tozalash, ekskavator, o&#8217;t o&#8217;rish mashinalari ishlab chiqarish, &#171;Urganchyog'&#187; zavodlari, pillakashlik, tikuvchilik, poyabzal fabrikalari, Uzbekistan\u2014Turkiya &#171;Nurtop&#187; qo&#8217;shma korxonasi va boshqalar faoliyat ko&#8217;rsatdi. Universitet, Toshkent birinchi tibbiyot institutining filiali, 36 umumiy ta&#8217;lim, 3 musiqa, 2 kasb-hunar maktablari, 8 kasb-hunar kolleji mavjud. Viloyat musiqali drama va komediya teatri, kartinalar galereyasi, 27 kutubxona, madaniyat va istirohat bog&#8217;i, &#171;Olimpiya&#187; sport majmuasi, stadionlar, sport zallari va maydonchalari, tennis kortlari bor. 21 kasalxona, poliklinika, dorixonalar va boshqa tibbiy muassasalar aholiga xizmat ko&#8217;rsatadi. 4 sanatoriy, dam olish maskanlari ishlab turibdi. 1992-2003 yillarda &#171;Buyuk allomalar xiyoboni&#187;, &#171;Al-Xorazmiy&#187;, &#171;Al-Beruniy&#187;, &#171;Amir Temur&#187;, &#171;Mirzo Ulug&#8217;bek&#187;, &#171;Abulg&#8217;oziy Bahodirxon&#187;, &#171;Ogahiy&#187;, &#171;Komiljon Otaniyozov&#187;, &#171;Avaz o&#8217;tar o&#8217;g&#8217;li&#187;, &#171;Xumo qushi&#187;, &#171;Jaloliddin Manguberdi&#187;, &#171;Avesto&#187; yodgorlik majmualari bunyod etildi. 1999 yilda shaharda Jaloliddin Manguberdining 800 yilligi, 2001 yilda &#171;Avesto&#187; kitobi yaratilganligining 2700 yillik yubileylari xalqaro miqyosda nishonlandi. 2003 yilda shaharda tantanali ravishda Xorazmda &#171;Umid nihollari&#187; respublika sport musobaqalarining o&#8217;tkazilishi munosabati bilan bir qancha yirik sport inshootlari bunyod etildi. Qadimgi Xiva bilan bog&#8217;liq holda turizm rivojlangan. Mahalliy va xorijiy mehmonlar va sayyohlarga &#171;O&#8217;zbekturizm&#187; kompaniyasining bo&#8217;limi, &#171;Jayhun&#187;, &#171;Xorazm Palas&#187;, &#171;Avesto&#187; mehmonxonalari xizmat ko&#8217;rsatadi. Shaharda 27 nomda gazeta va jurnallar (jumladan, &#171;Xorazm haqiqati&#187;, &#171;Urganch oqshomi&#187;, &#171;yoshlar ovozi&#187;, &#171;Tujjor&#187; va boshqalar) nashr etiladi. Me&#8217;moriy yodgorliklardan Doshqinbobo me&#8217;moriy majmuasi (1827), Salimjonovlar uyi (1902), pochta binosi (1915), Boboxun Salimov uyi (20-asr boshi) va boshqalar saqlangan. Ad..Abulg&#8217;ozi y , Shajarai turk, T., 1991; Nurjanov K., Matnazarova G., Xorazm tarixi, 1-2 j., Urganch, 1995; Mamedov M.A., Muradov R.G., Srednevekovie pismennie istochniki o Drevnem Urgenche, Ashxabad, 2000.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Urganch (1929 yilgacha yangi Urganch) \u2014 Xorazm viloyatidagi shahar, viloyatning ma&#8217;muriy, iqtisodiy va madaniy markazi. Amudaryoning quyi oqimi chap sohilida. Shovot kanali shahar o&#8217;rtasidan o&#8217;tib, Urganchni shimol va Janubiy qismlarga &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/urganch\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":56191,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[213],"tags":[],"class_list":["post-95605","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-u-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/95605","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=95605"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/95605\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":95606,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/95605\/revisions\/95606"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/56191"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=95605"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=95605"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=95605"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}