{"id":96087,"date":"2023-07-31T11:14:23","date_gmt":"2023-07-31T08:14:23","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=96087"},"modified":"2023-07-31T11:16:48","modified_gmt":"2023-07-31T08:16:48","slug":"umarxon-amir-umarxon-amiriy","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/umarxon-amir-umarxon-amiriy\/","title":{"rendered":"Umarxon, Amir Umarxon, Amiriy"},"content":{"rendered":"\n<p>Umarxon, Amir Umarxon, Amiriy (1787\u2014 Qo&#8217;qon \u2014 1822) \u2014 Qo&#8217;qon xoni (1810-1822), zullisonayn shoir. Norbo&#8217;tabiyning o&#8217;g&#8217;li. O&#8217;zbeklarning ming urug&#8217;idan. Boshlang&#8217;ich savodini oilada chikarib, keyin madrasada tahsil olgan. Yoshligidan saroy xizmatiga jalb qilingan: akasi \u2014 Qo&#8217;qon xoni Olimxonnnng davlatni boshqarish ishlarida faol ishtirok etgan. Olimxon 1807-08 yillarda unga Farg&#8217;ona hokimligini topshirgan. Shu yillarda u Andijon hokimi Rahmonqulibiyning qizi Mohlaroyim (Nodira)ga uylangan. Hokim tabaqalar Olimxonning Toshkentda ko&#8217;tarilgan g&#8217;alayonni bostirish uchun qo&#8217;shin tortganligidan foydalanib, fitna uyushtiradilar va 1810 yil Umarxonni xon qilib ko&#8217;taradilar, Olimxon esa o&#8217;ldiriladi. Umarxon Qo&#8217;qon xonligi hududini kengaytirish, hokimiyatni mustahkamlash siyosatini olib boradi. Buxoro amiriga karashli Turkiston shahri (1815), O&#8217;ratepani (1817) bosib olgan. Sirdaryo bo&#8217;yidagi yerlarda Yangiqo&#8217;rg&#8217;on, Julek, Qamishqo&#8217;rg&#8217;on, Oqmachit, Qo&#8217;shqo&#8217;rg&#8217;on nomli harbiy istehkomlar qurdirgan. Ular O&#8217;rta Osiyoni Rossiya bilan bog&#8217;laydigan muhim savdo yo&#8217;lida joylashgan edi. U Rossiya bilan diplomatik munosabatlar o&#8217;rnatishga harakat qilgan. Umarxon davrida Qo&#8217;qon, Toshkent, Turkiston, Chimkent, Sayram, Avliyootada masjid va madrasalar qurilib, qabristonlar tartibga keltirilgan. Shahrixon shaharchasi barpo etilgan, yangi qishloqlar vujudga kelgan. Xon amaldorlarining talonchilik siyosatiga qarshi Chimkent va Sayramda ko&#8217;tarilgan qo&#8217;zg&#8217;olon bostirilgan. 19-asrning 1-yarmida Qo&#8217;qonda o&#8217;ziga xos ilmiy-madaniy muhit vujudga kelgan \u2014 uning boshida turgan ma&#8217;rifatparvar hukmdor Umarxon ilm, madaniyat, san&#8217;at, adabiyot, turli kasb-hunarlarning rivojiga katta e&#8217;tibor bergan, madrasalarda o&#8217;qisho&#8217;qitish ishlarini yaxshilagan, turli hunar maktablari ochilishini qo&#8217;llab-quvvatlagan. O&#8217;zi ham Amiriy taxallusi bilan she&#8217;rlar yozgan. Uning atrofida 70 dan ortiq shoir yig&#8217;ilgan. 1821 yilda Fazliy Namangoniy Umarxon amriga binoan, 63 shoirning she&#8217;rini o&#8217;z ichiga olgan &#171;Majmuai shoiron&#187; to&#8217;plamini tuzgan. Uni ulug&#8217;lab qasidalar yozish, g&#8217;azallariga tatabbu&#8217;lar bog&#8217;lash bu shoirlar ijodida yetakchi o&#8217;rin tutgan. Umarxon Lutfiy, Jomiy, Navoiy, Fuzuliy, Bedilni o&#8217;ziga ustoz sanab, ulardan ijod sirlarini o&#8217;rgangan, ularga ergashib ijod qilgan, g&#8217;azallariga muxammaslar bog&#8217;lagan. Aruzning turkiy adabiyotda mashhur, xalq ijodida ham keng tarqalgan yengil va o&#8217;ynoqi vaznlaridagina yozilgan bu she&#8217;rlarning barchasi ishqu muhabbat mavzuida. Ularda an&#8217;anaviy motivlar va tasavvufiy ruh ustun. O&#8217;zbek va fors-tojik tilidagi she&#8217;rlarini to&#8217;plab, devon tartib bergan. Devon g&#8217;azal, muxammas, musaddas, tuyuq janrlaridagi 10 ming misradan ortiq she&#8217;rni o&#8217;z ichiga olgan. O&#8217;zbekiston Fanlar Akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi adabiyot muzeyining matnshunoslik va yozma yodgorliklarni nashr etish bo&#8217;limining ilmiy xodimlari tomonidan Umarxonning turli davrlarda ko&#8217;chirilgan 26 ta qo&#8217;lyozma devoni hisobga olinib, ularning ilmiy tavsifi berilgan. Bu qo&#8217;lyozmalar Sankt-Peterburg, Toshkent, Samarqand va Buxoro kutubxonalarida saqlanadi. O&#8217;zbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik instituti qo&#8217;lyozmalar fondida Umarxonning 17 ta qo&#8217;lyozma devoni mavjud. Bundan tashqari, litografik usulda chop etilgan devonlari va shoir she&#8217;rlaridan namunalar berilgan bayozlar bor. Ad.: Qayumov A., Qo&#8217;qon adabiy muhiti, T., 1961; ibrat, Farg&#8217;ona tarixi, T., 1991; Mulla Olim Mahmud Hoji,Tarixi Turkiston, qarshi, 1992; Qayyumov A., Tazkirai Qayyumiy, 1J., T., 1998; Homidiy H., Ko&#8217;hna Sharq darg&#8217;alari, T., 1999; Bobobekov H., Qo&#8217;qon tarixi, T., 1996; Dilshod, tarixi muhojiron, T., 1994; Nodira Komila, Devon, 2001.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Umarxon, Amir Umarxon, Amiriy (1787\u2014 Qo&#8217;qon \u2014 1822) \u2014 Qo&#8217;qon xoni (1810-1822), zullisonayn shoir. Norbo&#8217;tabiyning o&#8217;g&#8217;li. O&#8217;zbeklarning ming urug&#8217;idan. Boshlang&#8217;ich savodini oilada chikarib, keyin madrasada tahsil olgan. Yoshligidan saroy xizmatiga &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/umarxon-amir-umarxon-amiriy\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":56191,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[213],"tags":[],"class_list":["post-96087","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-u-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/96087","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=96087"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/96087\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":96089,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/96087\/revisions\/96089"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/56191"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=96087"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=96087"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=96087"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}