{"id":96221,"date":"2023-07-31T16:09:38","date_gmt":"2023-07-31T13:09:38","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=96221"},"modified":"2023-07-31T16:09:41","modified_gmt":"2023-07-31T13:09:41","slug":"uzoqdan-korish-gipermetropiya","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/uzoqdan-korish-gipermetropiya\/","title":{"rendered":"Uzoqdan ko&#8217;rish, gipermetropiya"},"content":{"rendered":"\n<p>Uzoqdan ko&#8217;rish, gipermetropiya \u2014 ko&#8217;z nur sindirish (refraktsiya) me&#8217;yorining buzilishi. Odatda, ko&#8217;zning nur sindirish xususiyati 3 xil bo&#8217;ladi. Birinchisida ko&#8217;zga tushgan nurlar to&#8217;r pardada sinib, ko&#8217;z narsalarni yaxshi, normal ko&#8217;radi. Ikkinchisida nurlar fokusi kalta bo&#8217;lib, ular to&#8217;r pardaga bormay, ko&#8217;zning ichida sinib, o&#8217;z fokusida yig&#8217;iladi. Bunda ko&#8217;zning ko&#8217;rish xususiyati faqat yaqinga yetadi, bu yaqindan ko&#8217;rish deyiladi. Uchinchisida esa ko&#8217;zga tashqi muhitdan tushgan nurlar to&#8217;r pardadan &#171;ko&#8217;zning orqasi&#187;, ya&#8217;ni &#171;manfiy masofa&#187;ga o&#8217;tib ketadi. Bunda ko&#8217;z uzoqdan ham, yaqindan ham yaxshi ko&#8217;rmaydi, chunki nurlar fokusi uzokda yotadi; ko&#8217;z to&#8217;r pardasiga faqat ayrimayrim nurlar tushadiyu, lekin u tashqi muhitdagi buyumlar shaklini to&#8217;liq aks ettira olmaydi. Ko&#8217;zning nur sindirish xususiyati dioptriya bilan hisoblanib, yosh odamlarda Uzoqdan ko&#8217;rish refraktsiyasi ikki yoki ko\u2019pi bilan uch darajagacha bo&#8217;lsa, uni akkomodatsiya qoplay oladi va odam 40-50% gacha ko&#8217;rishi mumkin. Lekin bunday odamlarning ko&#8217;zi tez charchaydi, qizaradi, ko&#8217;zi va qovog&#8217;ida og&#8217;riq seziladi, boshi ogriydi. 40 yoshdan oshgan odamlarda esa, akkomodativ apparat yoshlarnikiday yumshoq va harakatchan bo&#8217;lmagani uchun akkomodatsiya kuchi kamayadi. Ular harflarni yaqindan o&#8217;qiy olmaydilar. Uzoqdan ko&#8217;rish bolalarda g&#8217;ilaylikka olib keladi. Uzoqdan ko&#8217;ruvchi kishilarga qavariq ko&#8217;zli ko&#8217;zoynak taqish tavsiya etiladi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Uzoqdan ko&#8217;rish, gipermetropiya \u2014 ko&#8217;z nur sindirish (refraktsiya) me&#8217;yorining buzilishi. Odatda, ko&#8217;zning nur sindirish xususiyati 3 xil bo&#8217;ladi. Birinchisida ko&#8217;zga tushgan nurlar to&#8217;r pardada sinib, ko&#8217;z narsalarni yaxshi, normal ko&#8217;radi. &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/uzoqdan-korish-gipermetropiya\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":56191,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[213],"tags":[],"class_list":["post-96221","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-u-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/96221","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=96221"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/96221\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":96222,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/96221\/revisions\/96222"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/56191"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=96221"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=96221"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=96221"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}