{"id":96265,"date":"2023-07-31T17:52:07","date_gmt":"2023-07-31T14:52:07","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=96265"},"modified":"2023-07-31T17:52:10","modified_gmt":"2023-07-31T14:52:10","slug":"uzun-tumani","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/uzun-tumani\/","title":{"rendered":"Uzun tumani"},"content":{"rendered":"\n<p>Uzun tumani \u2014 Surxondaryo viloyatidagi tuman, 1942 yil 12 yanvarda tashkil etilgan. 1959 yil 15 oktabrda Sariosiyo tumaniga qo&#8217;shib yuborilgan, 1991 yil 29 martda qayta tuzildi. Uzun tumani shimoli g&#8217;arbdan Sariosiyo tumani, Sharq, Janub, shimoldan Tojikiston, Janubi g&#8217;arbdan Qumqo&#8217;rg&#8217;on, g&#8217;arbdan Denov, Sho&#8217;rchi tumanlari bilan chegaradosh. Maydoni 2,33 ming km2. Aholisi 128,0 ming kishi (2004). Tumanda 7 qishloq fuqarolari yig&#8217;ini (Bobotog&#8217;, Joncheka, Oqostona, Telpakchinor, Uzun, Fayzova, Xondiza) bor. Markazi \u2014 Uzun qishlog&#8217;i. Tabiati. Tuman viloyatning shimoli qismida joylashgan. Relefi, asosan, Oqostona maqbarasi. tog&#8217; va adirliklardan iborat. Adirliklarning asosiy qismi Bobotog&#8217; va Hisor tizma tog&#8217;lari etaklarida joylashgan. Tuman hududidan To&#8217;polondaryo, Obizarang, Qoratog&#8217;, Qorasuv, Surxon daryolari oqib o&#8217;tadi. Aholi va xo&#8217;jaliklar ekin maydoni shu daryolardan suv oladi. Bobotog&#8217; massivi esa Kofarnihon daryosidan sug&#8217;oriladi. Tuman markazidan 70 kilometrcha uzoqlikdagi Hisor tog&#8217;lari etagida o&#8217;ndan ortiq qishloq joylashgan. Foydali qazilmalardan Xondizada (Hisor tog&#8217;lari etagi) polimetall va Xo&#8217;jaasminda marmar konlari bor. Tuman iqlimi mo&#8217;tadil, dehqonchilik uchun qulay. Yanvarning o&#8217;rtacha temperaturasi g\u20142\u00b0, iyulniki 35\u00b0. Eng yuqori temperatura 46\u00b0. Yillik yog&#8217;in 650-700 mm. Vegetatsiya davri 290-320 kun. Yovvoyi o&#8217;simliklardan archa, shuvoq, sho&#8217;ra, yantoq, tog&#8217;rayhoni, Anzur piyozi, ravoch; mevali daraxtlar (yong&#8217;oq, anor, o&#8217;rik, xurmo, tut, anjir, limon), shuningdek, tol, terak, qayrag&#8217;och, chinor o\u2019sadi. Yovvoyi hayvonlardan bo&#8217;ri, tulki, qobon, qoplon, ayiq, kiyik, jayra; qushlardan kaklik, g&#8217;oz, o&#8217;rdak, mayna, qarg&#8217;a, burgut, bedana, kaptar, bulbul, qaldirg&#8217;och, musicha bor. Aholisi: asosan, o&#8217;zbeklar (75,1%), tojiklar (22%), shuningdek, rus, tatar, qozoq, turkman, koreys va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Aholining o&#8217;rtacha zichligi 1 km2ga 56 kishi to&#8217;g&#8217;ri keladi. Xo&#8217;jaligida dehqonchilik yetakchi o&#8217;rinda. Sanoat korxonalaridan paxta tozalash, temir-beton buyumlari, maxsus ixtisoslashtirilgan tajriba zavodlari hamda 7 ta savdo, 7 ta jamoat ovqatlanish, 4 ta aholiga maishiy xizmat ko&#8217;rsatish shoxobchalari, dehqon bozori, 272 ta firma va kichik korxonalar, shuningdek, &#171;UzunKomron&#187; qo&#8217;shma korxonasi faoliyat ko&#8217;rsatib kelmokda. Tumandagi 9 ta shirkat xo&#8217;jaligidan 8 tasi paxtachilik va g&#8217;allachilikka ixtisoslashgan. Xondiza shirkat xo&#8217;jaligi bog&#8217;dorchilik va asalarichilik bilan shug&#8217;ullanadi. Tumanda 4 ta fermer xo&#8217;jaligi uyushmasi faoliyat ko&#8217;rsatadi. Uyushmalarda 620 dan ortiq fermer xo&#8217;jaligi bo&#8217;lib, ular qam paxtachilik va g&#8217;allachilik hamda chorvachilik bilan shug&#8217;ullanadi. Shuningdek, 77,2 ming gektar yer maydoniga ega bo&#8217;lgan o&#8217;rmon xo&#8217;jaligi hamda 6 ta suv havzasiga ega bo&#8217;lgan xususiy baliqchilik yo&#8217;nalishi bo&#8217;yicha 4 fermer xo&#8217;jaligi mavjud. Tuman xo&#8217;jaliklarida 5992 gektar yerga paxta, 4231 gektar yerga g&#8217;alla ekiladi. 1665 gektar yer bog&#8217; (2004). 2003\/2004 o&#8217;quv yilida 64 umumiy ta&#8217;lim maktabi (34,5 ming o&#8217;quvchi), 2 iste&#8217;dodli bolalar maktab-internati (375 o&#8217;quvchi), ixtisoslashtirilgan maktab-internati (225 o&#8217;quvchi), qishloq xo\u2019jalik va maishiy xizmat ko&#8217;rsatish kasbhunar kollejlari (1,2 ming o&#8217;quvchi) faoliyat ko&#8217;rsatdi. 80 jamoat va bolalar kutubxonasi, 8 klub, madaniyat uyi, &#171;Xotira va qadrlash&#187; madaniyat va istirohat bog&#8217;i, muzey ishlab turibdi. &#171;Turon&#187; stadioni, tennis korti bor. Uzun tumanida 4 kasalxona (410 o&#8217;rin), 21 ambulatoriya, 19 feldsherakusherlik punkti, 11 qishloq vrachlik punkti, 15 xususiy dorixona va boshqa tibbiy muassasalarida 231 vrach va 1141 o&#8217;rta tibbiy xodim ishlaydi. Tuman markazidan Uzun \u2014 Toshkent, Uzun\u2014Termiz, Uzun \u2014 Denov va boshqa yo&#8217;nalishlarda avtobuslar qatnaydi. 1952 yildan tuman &#171;Bobotog&#8217;tongi&#187; gazetasi chop etiladi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Uzun tumani \u2014 Surxondaryo viloyatidagi tuman, 1942 yil 12 yanvarda tashkil etilgan. 1959 yil 15 oktabrda Sariosiyo tumaniga qo&#8217;shib yuborilgan, 1991 yil 29 martda qayta tuzildi. Uzun tumani shimoli g&#8217;arbdan &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/uzun-tumani\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":56191,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[213],"tags":[],"class_list":["post-96265","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-u-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/96265","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=96265"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/96265\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":96266,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/96265\/revisions\/96266"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/56191"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=96265"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=96265"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=96265"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}