{"id":96308,"date":"2023-08-01T07:01:44","date_gmt":"2023-08-01T04:01:44","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=96308"},"modified":"2023-08-01T07:01:48","modified_gmt":"2023-08-01T04:01:48","slug":"urgut-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/urgut-2\/","title":{"rendered":"Urgut"},"content":{"rendered":"\n<p>Urgut \u2014 Samarqand viloyati Urgut tumanidagi shahar (1973 yildan), tuman markazi. Zarafshon tog tizmasining g&#8217;arbiy davomi hisoblangan Chaqilikalon tog&#8217;ining etagida, Samarkand shahridan 35 kilometr narida, viloyatning Janubiy Sharqiy qismida joylashgan. Shahar o&#8217;rtasidan Urgutsoy oqib o&#8217;tadi. Aholisi 60,5 ming kishi (2003). Urgut &#171;Bobirnoma&#187;da Arkat, 18-asr boshlariga oid tarixiy hujjatlarda Arkut qishlog&#8217;i sifatida tilga olingan. &#171;Urgut&#187; \u2014 O&#8217;rkent so&#8217;zining keyinroq o&#8217;zgargan yasamasi, o&#8217;r \u2014 balandlik; kent \u2014 shahar, ya&#8217;ni balandlikdagi shahar ma&#8217;nosini anglatadi deguvchilar ham bor. Tarixchi Muhammad Ya&#8217;qub Buxoriy o&#8217;zining &#171;Gulshan ulmuluk&#187; asarida 1797-98 yillardagi kuchli zilzila oqibatida Urgut qo&#8217;rg&#8217;onining vayron bo&#8217;lganligini yozadi. Shaharda xalq hunarmandchiligi (pichoqchilik, chopon, so&#8217;zana va hokazolar) qadimdan rivojlanib kelgan. 1931 yilda 55 ot kuchiga ega bo&#8217;lgan elektr dvigateli ishga tushirilgan. 1935 yilda MTS tashkil qilingan. Urgutda 5 sanoat korxonasi, bundan tashqari, 6 qo&#8217;shma va 9 xususiy korxonalar mavjud. Ular, asosan, qurilish materiallari (g&#8217;isht, marmar, beton g&#8217;ishtlar), yaxna ichimliklar, qandolat mahsulotlari ishlab chiqarish, sut va go&#8217;shtni qayta ishlash, non pishirish, tamaki fermentasiyalash bilan shug&#8217;ullanuvchi korxonalardir. Ushbu korxonalarning asosiy qismi o&#8217;rta va kichik korxonalar. Qo&#8217;shma korxonalar ichida Belgiya bilan hamkorlikda qurilgan &#171;urggazkarpet&#187; va boshqa korxonalar bor. Aholiga xizmat ko&#8217;rsatadigan 3500 dan ziyod xususiy ustaxona va xizmat ko&#8217;rsatish shoxobchalari, mashhur &#171;Urgut&#187; bozori faoliyat ko&#8217;rsatadi. 14 umumiy ta&#8217;lim maktabi (13,5 mingga yaqin o&#8217;quvchi), 2 kasb-hunar kolleji (1250 o&#8217;quvchi), 9 kutubxona, madaniyat uyi, o&#8217;lkashunoslik muzeyi, xalq teatri, Markaziy madaniyat va istirohat bog&#8217;i, stadion mavjud. 4 kasalxona, 5 poliklinika, 22 dorixona, shaxar yaqinida sog&#8217;lomlashtirish o&#8217;rmonlisanatoriy maktabi, bolalar yozgi oromgohlari, Xo&#8217;ja Omon, Xo&#8217;ja Chorchinor qo&#8217;riqxonalari bor. Urgutdan Samarqand va Toshkentga avtobuslar qatnaydi. Toshpo&#8217;lat Jumaboyev.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Urgut \u2014 Samarqand viloyati Urgut tumanidagi shahar (1973 yildan), tuman markazi. Zarafshon tog tizmasining g&#8217;arbiy davomi hisoblangan Chaqilikalon tog&#8217;ining etagida, Samarkand shahridan 35 kilometr narida, viloyatning Janubiy Sharqiy qismida joylashgan. &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/urgut-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":56191,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[213],"tags":[],"class_list":["post-96308","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-u-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/96308","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=96308"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/96308\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":96317,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/96308\/revisions\/96317"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/56191"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=96308"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=96308"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=96308"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}