{"id":96377,"date":"2023-08-01T09:29:35","date_gmt":"2023-08-01T06:29:35","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=96377"},"modified":"2023-08-01T09:29:38","modified_gmt":"2023-08-01T06:29:38","slug":"ulugbek-madrasasi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/ulugbek-madrasasi\/","title":{"rendered":"Ulug&#8217;bek madrasasi"},"content":{"rendered":"\n<p>Ulug&#8217;bek madrasasi \u2014 Buxorodagi me&#8217;moriy yodgorlik (1417). Ulug&#8217;bek qurdirgan madrasaning eng qadimiysi. Abdullaxon II davrida katta ta&#8217;mir ishlari olib borilgan (1586). Bosh tarzida mahobatli peshtoq, 2 qanotida 2 qavatli hujralar va burchaklarida guldastalar joylashgan. Guldastalar tepasi qubbali qilib ishlangan. Madrasaning asosiy bezagi peshtog&#8217;ida bo&#8217;lib, unda sirkor g&#8217;ishtchalardan tashqari rang-barang gulli parchin va koshindan foydalanilgan. Ravoqli peshtoqdan miyonsaroy orqali hovliga o&#8217;giladi. Miyonsaroy ichki gumbazi 12 qirrali, g&#8217;ishtdan to&#8217;rsimon shakl qilinib, oralariga ko&#8217;k va havo rang koshin terilgan. Hovli (26&#215;25 metr) atrofini 2 qavatli hujralar qatori va peshtoqli 2 ayvon egallagan. Hovlining shimol va Janub tomonlari qisqaroq ko&#8217;rinishga ega bo&#8217;lib, devorlari, ravoq va peshtoqlari oq, Feruza va binafsha rang sirkor g&#8217;ishtlar bilan pardozlangan. Hujralar ichi ganch suvoqli. Madrasa (53&#215;41,6 metr) uncha katta emas, hujralari mo&#8217;jaz, o&#8217;zaro mutanosib, ichki va tashqi tuzilishi o&#8217;ziga xos. Masjid (15,5*5,5 metr) va darsxona (5,5&#215;5,5 metr) gumbazli, miyonsaroyning 2 yon tomonida joylashgan. Miyonsaroyning 2-qavatida kutubxona bor. Xo&#8217;ja Sa&#8217;d Jo&#8217;yboriy tomonidan tashqi pesh tog&#8217;i va yonlaridagi hujralar ta&#8217;mir etilib (1586), peshtoq bezagida mayda yozuvli va naqshli koshin ishlatilgan. Hovli g&#8217;arbidagi hujra tepasida ganchkori bezaklar orasida ta&#8217;mirlovchi usta Ismoil ibn Tohir ibn Mahmud Isfahoniy nomi saqlangan. Abdurazzoq Samarqandiyning xabar qilishicha, Ulug\u2019bek (1419 yil 28 noyabrda) madrasaga kelib ilm oluvchi talabalarga in&#8217;omlar ulashgan. Bizgacha Ulug&#8217;bek madrasasi ancha o&#8217;zgargan holda yetib kelgan. 16-17-asrlarda, 1950-70 va 1990-96 yillarda ta&#8217;mirlangan. Naqshlarida yulduzsimon bezaklar ko&#8217;p. Ayvon ustunlari zarhallangan. Eshik tabaqalariga Arab tilida &#171;bilim olish har bir musulmon erkak va ayol uchun farzdir&#187;, degan ibora o&#8217;yib yozilgan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ulug&#8217;bek madrasasi \u2014 Buxorodagi me&#8217;moriy yodgorlik (1417). Ulug&#8217;bek qurdirgan madrasaning eng qadimiysi. Abdullaxon II davrida katta ta&#8217;mir ishlari olib borilgan (1586). Bosh tarzida mahobatli peshtoq, 2 qanotida 2 qavatli hujralar &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/ulugbek-madrasasi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":56191,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[213],"tags":[],"class_list":["post-96377","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-u-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/96377","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=96377"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/96377\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":96378,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/96377\/revisions\/96378"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/56191"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=96377"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=96377"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=96377"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}