{"id":96399,"date":"2023-08-01T10:59:21","date_gmt":"2023-08-01T07:59:21","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=96399"},"modified":"2023-08-01T10:59:59","modified_gmt":"2023-08-01T07:59:59","slug":"unli-tovushlar","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/unli-tovushlar\/","title":{"rendered":"Unli tovushlar"},"content":{"rendered":"\n<p>Unli tovushlar &#8212; og&#8217;iz va bug&#8217;iz bushlig&#8217;ida hech qanday to&#8217;siqqa uchramay hosil bo&#8217;ladigan, tarkibi ovozdan iborat (shovqin deyarli ishtirok etmaydigan) tovushlar. Har bir til o&#8217;ziga xos unlilar tizimiga ega. Tildagi unlilar tizimi vokalizm (lotincha vocalis \u2014 unli tovush) deyiladi. Unli tovushlar soni turli tillarda turlichadir. Masalan, hozirgi o&#8217;zbek adabiy tilida Unli tovushlar 6 ta bo\u2019lsa, boshqa turkiy tillarda 8 ta, 10 ta va undan ham ortiqdir. Bu miqdor rus tilida 5 tani, frantsuz tilida esa 18 tani tashkil etadi. Unli tovushlar bir necha jihatdan tasnif etiladi. Bu tasniflarning o&#8217;zbek tilidagi 6 ta unli fonema (i, e, a, o, u, o&#8217;) misolida ko&#8217;rib chiqish mumkin. Unlilar dastlab tilning harakati va labning holati (ishtiroki) nuqtai nazaridan turlarga ajratiladi. Tilning harakatida 2 hodisa farqlanadi: tilning yotiq (yonlama) harakati; tilning tik (vertikal) harakati. Tilning yotiq (yonlama) harakatida hosil bo&#8217;lish o&#8217;rniga ko&#8217;ra unlilar 2 turga bo&#8217;linadi: tiloldi (yoki old qator) unlilari \u2014 i, e, a hamda tilorqa (yoki orqa qator) unlilari \u2014 o, u, o&#8217;. Tilning tik harakatiga ko&#8217;ra Unli tovushlar 3 turga bo&#8217;linadi: yuqori ko&#8217;tarilish unlilari (i, u), o&#8217;rta ko&#8217;tarilish unlilari (e, o&#8217;), quyi ko&#8217;tarilish unlilari (a, o). Labning holati (ishtiroki)ga ko&#8217;ra unlilar 2 ga bo&#8217;linadi: lablangan unlilar (u, o&#8217;) va lablanmagan unlilar (i, e, a, o). Lablangan unlilar talaffuz qilingan vaqtda lablar faol ishtirok etadi: lab cho&#8217;chchayib, oldinga chiqadi, dumaloq shakl oladi. Lablanmagan unlilar talaffuzida lablar ishtirok etmaydi yoki lablar ishtiroki passiv bo&#8217;ladi. Tovushning hosil bo&#8217;lishida ketadigan vaqtning miqdoriga ko&#8217;ra Unli tovushlar 2 turga bo&#8217;linadi: cho&#8217;ziq unli; qisqa unli. Cho&#8217;ziq unli davomli (cho&#8217;ziq) talaffuz etiladigan Unli tovushlardir. Bunday tovushlar ko&#8217;pincha ma&#8217;no farqlash uchun xizmat qiladi. Bu hodisa turkiy tillarning ba&#8217;zilarida, shuningdek, ayrim o&#8217;zbek shevalarida uchraydi. Masalan, turkman tilida a:ch (qornim och) va ach (eshikni och), ba:r (menda bor) va bar (ishga bor), a:t (nom, ism) va at (yilqi) va boshqalar. Qisqa unlilar talaffuziga cho&#8217;ziq unliga nisbatan oz vaqt ketadi. Ad.: Hozirgi o&#8217;zbek adabiy tili, 1-qism, T., 1980; Reformatskiy A. A, Vvedenie v yazikovedenie, M., 1998.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Unli tovushlar &#8212; og&#8217;iz va bug&#8217;iz bushlig&#8217;ida hech qanday to&#8217;siqqa uchramay hosil bo&#8217;ladigan, tarkibi ovozdan iborat (shovqin deyarli ishtirok etmaydigan) tovushlar. Har bir til o&#8217;ziga xos unlilar tizimiga ega. Tildagi &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/unli-tovushlar\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":56191,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[213],"tags":[],"class_list":["post-96399","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-u-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/96399","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=96399"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/96399\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":96402,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/96399\/revisions\/96402"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/56191"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=96399"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=96399"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=96399"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}