{"id":96409,"date":"2023-08-01T11:08:05","date_gmt":"2023-08-01T08:08:05","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=96409"},"modified":"2023-08-01T11:08:08","modified_gmt":"2023-08-01T08:08:08","slug":"umurtqalilar-boshskeletlilar","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/umurtqalilar-boshskeletlilar\/","title":{"rendered":"Umurtqalilar, boshskeletlilar"},"content":{"rendered":"\n<p>Umurtqalilar, boshskeletlilar (Vertebrata yoki Craniata) \u2014 xordalilar tipiga mansub hayvonlar kenja tipi. Turlari soni umurtqasizlarga nisbatan kam; shunga qaramay ular hozirgi zamon biosferasida muhim o&#8217;rin tutadi. Umurtqalilar yuksak tuzilgan; o&#8217;zgaruvchan yashash xususiyatiga ega. Ular okean suvining turli qatlamlarida, baland tog&#8217;larda, cho&#8217;llarda va boshqa joylarda yashaydi. Barcha Umurtqalilar evolyutsiyasida ular tuzilishining bitta umumiy reja asosida rivojlanishi kuzatiladi. Bunday rivojlanish morfologik, biokimyoviy va fiziologik xususiyatlari, hatti-harakatlari hamda psixik faoliyati jihatidan takomillashgan formalar vujudga kelishiga olib kelgan. Umurtqalilarning qadimgi ajdodlari (bosh skeletsizlar, pardalilar) dengizda yashagan. Umurtqalilar dastlab chuchuk suvda paydo bo&#8217;lib, evolyutsiyaning dastlabki bosqichini o&#8217;tgan. Ular evolyutsiyasi davomida birlamchi o&#8217;q skelet \u2014 xorda o&#8217;rniga dastlab tog&#8217;ayli, keyinroq suyakli umurtqa pog&#8217;onasi paydo bo&#8217;lgan. Natijada suv oqimiga qarshi harakatlana oladigan kuchli muskulatura uchun pishiq va elastik tayanch skelet vujudga kelgan. Umurtqalilarning suvdan quruqlikda yashashga o&#8217;tishi bilan ular organizmida muhim o&#8217;zgarishlar yuz bergan. Harakat organlarining faol ishlashi uchun ovqat hazm qilish, nafas olish, qon aylanish, ayirish, sezgi organlari va Markaziy nerv sistemasi yaxshi rivojlangan. Ovqat hazm qilish sistemasi (og&#8217;iz bo&#8217;shlig&#8217;i, qizilo&#8217;ngach, oshqozon, ichaklar)ning turli qismlaridan fermentlar ajralib, ovqatni uzluksiz parchalash imkoniyati tug&#8217;ilgan; jigar organizmda muhim kimyoviy &#171;laboratoriya&#187; vazifasini bajargan. Umurtqalilar yuragi bo&#8217;lmacha va qorinchadan iborat. Qon aylanish sistemasi yopiq. Jabra yoki o&#8217;pka orqali nafas oladi. Qadimgi Umurtqalilarning chuchuk suvda yashashga o&#8217;tishi bilan suv-tuz almashinuvi birlamchi buyrak \u2014 mezonefros o&#8217;rniga amiotalarda ikkilamchi buyrak \u2014 metanefros paydo bo&#8217;lgan. Metabolizmning gormonal boshqarilishi murakkablashgan. Umurtqalilarning nerv sistemasi va sezgi organlari ishi rivojlangan. Ba&#8217;zilarida elektr va magnit sezuvchi organlar ham bor. Umurtqalilar, odatda, ayrim jinsli, biroq germafroditizm ham uchrab turadi. Tuban Umurtqalilar tuxum qo&#8217;yib, ko&#8217;pchiligi tirik bola tug&#8217;ib ko&#8217;payadi. Yuksak Umurtqalilar nasliga g&#8217;amxo&#8217;rlik qiladi. Eng qadimgi Umurtqalilar qoldiqlari ordovik davri chuchuk suv xavzalari yotqiziqlaridan topilgan. Sudralib yuruvchilar mezozoyda juda keng tarqalgan. Ulardan sut emizuvchilar va qushlar paydo bo&#8217;lgan. Hozir Umurtqalilarning 40-45 ming turi mavjud bo&#8217;lib, 7 sinf (to&#8217;garak og&#8217;izlilar, tog&#8217;ayli baliqlar, suyakli baliqlar, suvda va quruqlikda yashovchilar, sudralib yuruvchilar, qushlar va sut emizuvchilar)ga bo&#8217;linadi. Umurtqalilar odam hayotida juda katta ahamiyatga ega. Bir qancha Umurtqalilar yuqumli kasalliklar (ulat, tulyaremiya, quturish, entsefalit va boshqalar) qo&#8217;zg&#8217;atuvchilarini tashuvchi hisoblanadi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Umurtqalilar, boshskeletlilar (Vertebrata yoki Craniata) \u2014 xordalilar tipiga mansub hayvonlar kenja tipi. Turlari soni umurtqasizlarga nisbatan kam; shunga qaramay ular hozirgi zamon biosferasida muhim o&#8217;rin tutadi. Umurtqalilar yuksak tuzilgan; o&#8217;zgaruvchan &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/umurtqalilar-boshskeletlilar\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":56191,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[213],"tags":[],"class_list":["post-96409","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-u-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/96409","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=96409"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/96409\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":96410,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/96409\/revisions\/96410"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/56191"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=96409"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=96409"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=96409"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}