{"id":96464,"date":"2023-08-01T14:44:41","date_gmt":"2023-08-01T11:44:41","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=96464"},"modified":"2023-08-01T14:44:45","modified_gmt":"2023-08-01T11:44:45","slug":"ur","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/ur\/","title":{"rendered":"Ur"},"content":{"rendered":"\n<p>Ur (shumercha Urim) \u2014 qadimgi shahardavlat. Nosiriya shahri (Iroq)dan 20 kilometr Janubi g&#8217;arbda, Telmuqayyar shahar xarobasi o&#8217;rnida joylashgan. Ingliz olimlari D.Teylor (1854), R. Kempbelltompson (1918), R. Xoll (191922) va ayniqsa, L. Vulli rahbarligidagi Angliya-Amerika ekspeditsiyasi (1922 \u2014 34) tomonidan keng ko&#8217;lamda o&#8217;rganilgan. Arxeologik tadqiqotlar ur o&#8217;rnida miloddan avvalgi 5-ming yillik oxirida qishloq vujudga kelgani va u Ubayd madaniyatiga mansubligini aniqladi. Miloddan avvalgi 4-ming yillikda Uruk davrida ur shahar sifatida shakllangan. Qazishmalar natijasida topilgan eng ko&#8217;p va qiziqarli yodgorliklar urda I va III sulolalar qukmronligi davriga mansub (miloddan avvalgi 25 va 21-asrlar). \u0406-sulolaga mansub 16 ta maqbaraga (ko&#8217;pchiligi qadimda talon-toroj qilingan) hukmronlar va ularga qurbonlik qilingan jangchilar, Arfa chaluvchi ayollar, aravakashlar qo&#8217;shib dafn qilingan. Bu topilmalar dafn marosimi haqida tasavvur qilish imkonini beradi. Shumer san&#8217;atining noyob namunalari; oltin dubulg&#8217;a, oltin idishlar va arfalar, tinchlik va urush sahnalari aks ettirilgan mozaikali bayroq(tug&#8217;)lar shu davrga oid. Shsulola hukmronligi davriga mansub shaharning qalin mudofaa devori, saroy, ibodatxona devori qoldiqlari chiqqan; ibodatxona markazida 3 qavatli zikkurat (balandligi 42 metr) va boshqa inshootlar joylashgan. Miloddan avvalgi 25-asrda, urning 1-sulolasi davrida (Mesanepada, Aanepada hukmronligi va boshqalar). Ur kuchli davlat bo&#8217;lgan. Miloddan avvalgi 24-22-asrlar mobaynida (biroz tanaffuslar bilan) qo&#8217;shni shahardavlatlar Umma, Uruk, Akkad, gutiylarga karam bo&#8217;lgan. Miloddan avvalgi taxminan 21-asrda &#171;Shumer va Akkad podsholigi&#187; (urning Shsulolasi) poytaxtiga aylangan. Podsho UrNammu davrida (miloddan avvalgi 21-asr) Mesopotamiyadagi eng qadimgi huquqiy Nizom yaratilgan. Urning ushbu davri tarixi uchun shohlarning katta xo&#8217;jaliklari, qullar, qarollar (&#171;gurush&#187; va &#171;gim&#187;) mavjudligi xos bo&#8217;lgan. Mutlaq podsho hokimiyatining mafkuraviy asoslari yaratilgan (ma&#8217;budlarga sajda qilishning yagona tizimi &#171;podsho hokimiyatining abadiyligi&#187; va boshqalar). Shsulolaning keyingi 4 podshosi (Shulgi, Amarsuen, Shisuen, Ibbisuen) hayotliklari chog&#8217;larida ilohiylashtirilganlar. Urning Shsulolasi davrida Shumer tilidagi madaniyat ravnaq topgan, biroq Akkad tili ham tarqala boshlagan. Shsulola davlati miloddan avvalgi taxminan 2000 yil Elam va amoriylar bilan bo&#8217;lgan urush jarayonida qulagan. Ur Bobil (miloddan avvalgi 18-6-asrlar) va axamoniylar podsholiklari (miloddan avvalgi 6-asrdan) qo&#8217;l ostida muhim savdo-hunarmandchilik markazi sifatida qolgan; miloddan avvalgi 4-asr oxiriga kelib ur tanazzulga uchragan. Ad..Tyumenev A. I., Gosudarstvennoe xozyaystvo drevnogo Shumera, M.L., 1956; Vulli L., Ur xaldeev (Per. s angl.) M., 1961.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ur (shumercha Urim) \u2014 qadimgi shahardavlat. Nosiriya shahri (Iroq)dan 20 kilometr Janubi g&#8217;arbda, Telmuqayyar shahar xarobasi o&#8217;rnida joylashgan. Ingliz olimlari D.Teylor (1854), R. Kempbelltompson (1918), R. Xoll (191922) va ayniqsa, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/ur\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":56191,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[213],"tags":[],"class_list":["post-96464","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-u-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/96464","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=96464"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/96464\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":96465,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/96464\/revisions\/96465"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/56191"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=96464"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=96464"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=96464"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}