{"id":9647,"date":"2021-11-11T14:53:46","date_gmt":"2021-11-11T11:53:46","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=9647"},"modified":"2021-11-11T14:53:48","modified_gmt":"2021-11-11T11:53:48","slug":"antropogen-omillar","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/antropogen-omillar\/","title":{"rendered":"ANTROPOGEN OMILLAR"},"content":{"rendered":"\n<p>ANTROPOGEN OMILLAR, muhitning antropogen omillari \u2014 odam va uning xo&#8217;jalik faoliyatining o&#8217;simlik, hayvon va boshqa tabiat komponentlariga ta&#8217;siri bilan bog&#8217;liq omillar guruhi. Odam tabiatga ta&#8217;sir ko&#8217;rsatib, uni o&#8217;z ehtiyojlariga moslashtirib, yerning beqiyos keng hududlarida fauna va florani o&#8217;zgartiradi, bu esa o&#8217;simliklarning kamayishi, ayrim o&#8217;simlik va hayvon turlarining qirib yuborilishi, o&#8217;simliklar introduktsiyasi va boshqalarga olib keladi. Odamning tabiatga bilvosita ta&#8217;siri iqlimni, atmosfera va suv havzalarining fizik holati va kimyoviy tarkibini, yerning ustki qatlamini, tuproq strukturasi va boshqalarni o&#8217;zgartirish yo&#8217;li bilan amalga oshiriladi. Qo&#8217;riq yerlarni o&#8217;zlashtirish, monokulturali (bir ekinli) agrosenozlar barpo etish va boshqa tadbirlar tabiiy biosenozlarnit o&#8217;zgarishiga katta ta&#8217;sir ko&#8217;rsatadi. Atom sanoatining rivojlanishi, ayniqsa atom qurollarini sinash, suv, atmosfera va tuproqni ifloslantiruvchi sanoat chiqindilarining ko&#8217;payib borishi muammolari muhim bo&#8217;lib bormoqda. Odam madaniy o&#8217;simliklar va uy hayvonlari uchun ma&#8217;lum darajada yangi sharoit yaratdi, ularning zotlarini yaxshiladi va mahsuldorligini oshirdi, ekinzorlarning hosildorligini juda ko&#8217;paytirdi, lekin tabiat qonunlarini chuqur bilmasdan tabiiy muvozanatda buzilishlarga olib keladigan faoliyat kutilmagan salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Ekinlarni noto&#8217;g&#8217;ri sug&#8217;orish yerning sho&#8217;rlanishi va eroziyaga olib keladi; yerni ortiqcha quritish o&#8217;simliklar qoplamini o&#8217;zgartiradi. Hozirgi zamon fani va texnikasi insonning tabiatga keng miqyosda aralashishiga qulay sharoitlar yaratib berib, o&#8217;z navbatida atrof muhitni muhofaza qilishni muhim muammoga aylantirdi. Ad.: Alibekov I, Qishloq xo&#8217;jaligini ximiyalashtirish va atrof-muhit, T., 1986; Egamberdiev R., Ekologiya, T., 1993 Abdukarim Zikiryoyev.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>ANTROPOGEN OMILLAR, muhitning antropogen omillari \u2014 odam va uning xo&#8217;jalik faoliyatining o&#8217;simlik, hayvon va boshqa tabiat komponentlariga ta&#8217;siri bilan bog&#8217;liq omillar guruhi. Odam tabiatga ta&#8217;sir ko&#8217;rsatib, uni o&#8217;z ehtiyojlariga moslashtirib, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/antropogen-omillar\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9243,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[107],"tags":[],"class_list":["post-9647","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-a-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/9647","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=9647"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/9647\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":9652,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/9647\/revisions\/9652"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/9243"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=9647"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=9647"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=9647"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}