{"id":96476,"date":"2023-08-01T15:08:04","date_gmt":"2023-08-01T12:08:04","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=96476"},"modified":"2023-08-01T15:08:07","modified_gmt":"2023-08-01T12:08:07","slug":"ulugnor-tumani","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/ulugnor-tumani\/","title":{"rendered":"Ulug&#8217;nor tumani"},"content":{"rendered":"\n<p>Ulug&#8217;nor tumani &#8212; Andijon viloyati tarkibidagi tuman. 1973 yil 26 dekabrda tashkil etilgan. Tuman shimoldan Baliqchi, Janubi sharqdan bo&#8217;z, G&#8217;arb va shimoli g&#8217;arbdan Namangan viloyatining Namangan, Mingbuloq tumanlari, Janubdan Farg&#8217;ona viloyati bilan chegaradosh. Maydoni 0,44 ming km2. Aholisi 45,2 ming kishi (2004). Ulug&#8217;nor tumanida 4 qishloq fuqarolari yig&#8217;ini (Mingbuloq, Mingchinor, Navoiy, Oqoltin) bor. Markazi \u2014 Oqoltin qishlog&#8217;i. Tabiati. Tuman hududi tekislikdan iborat. Ko&#8217;chma qum tepalari ko&#8217;p. Iqlimi keskin kontinental. Yanvarning o&#8217;rtacha temperaturasi -4\u00b0, iyulniki 24-28\u00b0. Yiliga o&#8217;rtacha 195-200 mm yog&#8217;in tushadi. Vegetatsiya davri 235 kun. Tuman xo&#8217;jaliklari Katta Andijon kanalidan suv oladi. Tuprog&#8217;i o&#8217;tloqi bo&#8217;z, kuchsiz sho&#8217;rlangan tuproq. O&#8217;simliklardan sho&#8217;ra, shuvoq, momoqaymoq, qamish, mingdevona, yantoq, ajriq, yulg&#8217;un, oqbosh, otquloq, qirqbo&#8217;g&#8217;in, g&#8217;umay, qo&#8217;ypechak, yalpiz o&#8217;sadi. Yovvoyi hayvonlardan echkemar, toshbaqa, tulki, quyon, ilon, kaltakesak, qushlardan laylak, o&#8217;rdak, chumchuq, so&#8217;fito&#8217;rg&#8217;ay, qarg&#8217;a, musicha yashaydi. Aholisi, asosan, o&#8217;zbeklar, shuningdek, qirg&#8217;iz, tojik, rus va boshqa millat vakillari ham yashaydi. 1km2 ga 102,7 kishi to&#8217;g&#8217;ri keladi. Xo&#8217;jaligi. Ulug&#8217;nor tumanida qishloq xo&#8217;jaligi (paxtachilik, chorvachilik, pillachilik, polizchilik, sabzavotchilik, bog&#8217;dorchilik) yetakchi o&#8217;rinda. Eng muhim tarmog&#8217;i \u2014 paxtachilik. Tumanda 900 ga yaqin yirik, o&#8217;rta va kichik korxona va tashkilot faoliyat ko&#8217;rsatadi. Shulardan avtokorxona, MTP, paxta tozalash zavodi, Buyuk Britaniyaning &#171;Kordese LTD&#187; firmasi bilan hamkorlikdagi &#171;Ulkard&#187; qo&#8217;shma korxonasi (tikuvchilik va to&#8217;qimachilikka ixtisoslashgan), sport anjomlari ishlab chiqarish firmasi, &#171;Universal&#187; bozori, savdo, maishiy xizmat ko&#8217;rsatish shoxobchalari mavjud. Tuman hududidan Marg&#8217;ilon\u2014Soybo&#8217;yi\u2014 Ulug&#8217;nor\u2014Mingbuloq, Shtab\u2014Ulug&#8217;nor magistral yo&#8217;llari o&#8217;tgan. Tuman markazi avtomobil yo&#8217;llari orqali Namangan, Marg&#8217;ilon, Farg&#8217;ona, Andijon va boshqa shaharlar bilan bog&#8217;langan. Qishloq xo\u2019jaligida ekinzorlar, maydoni 20,4 ming gektar, shu jumladan, 13,5 ming gektar yerga paxta, 6 ming gektar yerga g&#8217;alla ekiladi. Shuningdek sabzavot, poliz ekinlari, kartoshka, yem- xashak ekinlari ham ekiladi. 204 gektar bog&#8217;, 274 ta tutzor, 1042 gektar yaylovlar bilan band. 606 gektar yerda o&#8217;rmonzor mavjud. Tumanda 8 shirkat, 80 dehqon, 416 fermer xo&#8217;jaligi bor. Ulug&#8217;nor tumani jamoa va shaxsiy xo&#8217;jaliklarida 1,6 ming qoramol (shu jumladan, 626 sigir), 2,1 ming qo&#8217;y va echki, 5 ming parranda, 37 yilqi boqiladi. Yaqin temir yo\u2019l stantsiyasi \u2014 Marg&#8217;ilon (tuman markazidan 35 kilometr). 2003\/04 o&#8217;quv yilida 24 umumiy ta&#8217;lim maktabi bo&#8217;lib, 10,3 mingga yaqin o&#8217;quvchi, internat-litseyda 110 o&#8217;quvchi, 2 kasb-hunar kollejida 1,4 mingdan ziyod o&#8217;quvchi ta&#8217;lim oldi. 3 madaniyat uyi, Markaziy kutubxona va uning 10 ta tarmog&#8217;i, muzey, musiqa maktabi, &#171;Ulug&#8217;nor&#187; stadioni, tennis korti, &#171;Ulug&#8217;nor&#187; sport sog&#8217;lomlashtirish klubi, sport maktabi faoliyat ko&#8217;rsatadi. Tumanda Markaziy kasalxona (170 o&#8217;rin) va uning bolalar, jarroxlik, ginekologiya, terapiya, tug&#8217;ruqxona, tez tibbiy yordam va boshqa bo&#8217;limlari, poliklinika, 5 dorixona aholiga xizmat ko&#8217;rsatadi. 1974 yildan tuman &#171;Ulug&#8217;nor&#187; gazetasi nashr qilinadi (adadi 1000).<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ulug&#8217;nor tumani &#8212; Andijon viloyati tarkibidagi tuman. 1973 yil 26 dekabrda tashkil etilgan. Tuman shimoldan Baliqchi, Janubi sharqdan bo&#8217;z, G&#8217;arb va shimoli g&#8217;arbdan Namangan viloyatining Namangan, Mingbuloq tumanlari, Janubdan Farg&#8217;ona &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/ulugnor-tumani\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":56191,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[213],"tags":[],"class_list":["post-96476","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-u-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/96476","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=96476"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/96476\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":96477,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/96476\/revisions\/96477"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/56191"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=96476"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=96476"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=96476"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}