{"id":96479,"date":"2023-08-01T15:17:00","date_gmt":"2023-08-01T12:17:00","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=96479"},"modified":"2023-08-01T15:17:03","modified_gmt":"2023-08-01T12:17:03","slug":"umarbekov-olmas","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/umarbekov-olmas\/","title":{"rendered":"Umarbekov O&#8217;lmas"},"content":{"rendered":"\n<p>Umarbekov O&#8217;lmas (1934.25.1 Toshkent \u2014 1994.10.11) \u2014 O&#8217;zbekiston xalq yozuvchisi (1992). O&#8217;zbekistonda xizmat ko\u2019rsatgan san&#8217;at arbobi (1984). O\u2019rta Osiyo universitetining Filologiya fakultetini tugatgan (1956). Respublika televideniye va radioeshittirish davlat qo&#8217;mitasida muharrir, bosh muxarrir (1956 -71), O&#8217;zbekiston K.P MKda sektor mudiri (1971-74), &#171;uzbekfilm&#187; kinostudiyasi direktori (1971-81), O&#8217;zbekiston Madaniyat ishlari vazirining birinchi o&#8217;rinbosari (1982-86), vaziri (1987\u2014 89), O&#8217;zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi (1985-89), O&#8217;zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o&#8217;rinbosari (1989-91). Ilk kitobi \u2014 &#171;hikoyalar&#187; (1958). &#171;Xatingni kutaman&#187;, &#171;yurak so&#8217;zlari&#187; (1960); &#171;Boboyong&#8217;oq&#187; (1961), &#171;Yulduzlar&#187;, &#171;menga ishonmaysanmi?&#187;(1962), &#171;hayot abadiy&#187; (1964), &#171;charos&#187; (1966), &#171;ko&#8217;prik&#187; (1968), &#171;Bolgar qo&#8217;shiqlari&#187;, &#171;Oltin yaproqlar&#187; (1972), &#171;Qiyomat qarz&#187; kabi hikoyalarida kishilarning ma&#8217;naviy-axloqiy go&#8217;zalligini tasvirlashga, insonning jamiyat va tabiat oldidagi burchini, mas&#8217;uliyatini ko&#8217;rsatishga alohida e&#8217;tibor bergan. &#171;Bolgar qo&#8217;shiqlari&#187; (1972) turkum hikoyalari ham ixchamligi, dramatizmga boyligi, she&#8217;riy-ritmik xususiyatlari bilan ajralib turadi. Umarbekovning &#171;Sevgilim \u2014 sevgilim&#187; (1963), &#171;kimning tashvishi yo&#8217;q&#187; (1965), &#171;urush farzandi&#187; (1972), &#171;Yoz yomg&#8217;iri&#187; (1973), &#171;oq qaldirg&#8217;och&#187; (1974) va boshqa qissalari janriy rang-barangligi, qahramonlar ruhiy olamining teranligi, badiiy tasvir usullarining takrorlanmasligi bilan diqqatga sazovor. &#171;Odam bo&#8217;lish qiyin&#187; (1970) va &#171;Fotima va Zuhra&#187; (1994) romanlarida yoshlar, kishilarning xulqatvorida ko&#8217;ringan salbiy jihatlarni tasvirlash orqali sovet davri ma&#8217;naviyatidagi kamchiliklar haqqoniy ochib berilgan. Umarbekov ijodida dramaturgiya muhim o&#8217;rinni egallaydi. 70-yillarda o&#8217;z iste&#8217;dodini teatr san&#8217;ati sohasida sinab, &#171;Oqar suvlar&#187; (1971), &#171;sud&#187;, &#171;Yoshlik dengizi&#187; (1972), &#171;komissiya&#187; (1974) singari pyesalarni yozgan. Umarbekov 80 yillarda &#171;O&#8217;z arizasiga ko&#8217;ra&#187;, &#171;kuzning birinchi kuni&#187;, &#171;Qiyomat qarz&#187;, &#171;Assalom, quyosh&#187; singari yetuk sahna asarlarini yaratdi. Ayniqsa, mashhur teatr artisti Sh.Burhonov ijrosidagi Sulaymon ota obrazi tufayli Umarbekov pyesasi asosida sahnalashtirilgan &#171;Qiyomat qarz&#187; spektakli tomoshabinlar o&#8217;rtasida katta shuhrat qozondi. Umarbekov Hamza nomidagi teatr (hozirgi O&#8217;zbek Milliy akademik drama teatri)da sahnalashtirilgan bu va boshqa pyesalari bilan shu davr o&#8217;zbek dramaturgiyasi taraqqiyotiga muhim hissa qo&#8217;shdi. Umarbekov &#171;Qizimga maktublar&#187; (&#171;mangu hayot bo&#8217;sag&#8217;asida&#187;) deb nomlangan so&#8217;nggi publisistik asarida hayotga, o&#8217;tkinchi umrga chuqur falsafiy nazar tashlovchi, o&#8217;zining va o&#8217;zgalarning hayotiy tajribasidan yuksak xulosalar chiqaruvchi yozuvchi darajasiga ko&#8217;tarilganini namoyish etgan. Umrining so&#8217;nggi yillarida yozgan &#171;tuhmat&#187; (1987), &#171;oqsoqol&#187; (1991), &#171;o&#8217;zing uchun o&#8217;l yetim&#187; (1992, tugallanmagan) dramalari ham e&#8217;tiborga loyiq. Umarbekov &#171;Yigit va qiz&#187; (1967), &#171;asosiy ko&#8217;n&#187; (1971), &#171;ikki soldat qissasi&#187; (1973), &#171;Changalzordagi ov&#187;, &#171;Sevgi afsonasi&#187; (1985) va boshqa kinossenariylarning mualliflaridan biri. Hayotning botiniy qatlamlarini chuqur o&#8217;rganish va tahlil etish, inson taqdirida ro&#8217;y bergan ziddiyat va holatlarni, belgilarni umumlashtirish, badiiy tafakkur tarozisiga qo&#8217;yish, lirizmga moyillik, inson xarakterini uning ruhiy holati, his-tuyg&#8217;ulari orqali ochib berish u.ning ijodiy uslubiga xos xususiyatlardir. Asarlari xorijiy tillarga tarjima qilingan. Hamza nomidagi O&#8217;zbekiston Davlat mukofoti laureati (1980).<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Umarbekov O&#8217;lmas (1934.25.1 Toshkent \u2014 1994.10.11) \u2014 O&#8217;zbekiston xalq yozuvchisi (1992). O&#8217;zbekistonda xizmat ko\u2019rsatgan san&#8217;at arbobi (1984). O\u2019rta Osiyo universitetining Filologiya fakultetini tugatgan (1956). Respublika televideniye va radioeshittirish davlat qo&#8217;mitasida &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/umarbekov-olmas\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":56191,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[213],"tags":[],"class_list":["post-96479","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-u-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/96479","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=96479"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/96479\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":96480,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/96479\/revisions\/96480"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/56191"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=96479"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=96479"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=96479"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}