{"id":96492,"date":"2023-08-01T15:42:19","date_gmt":"2023-08-01T12:42:19","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=96492"},"modified":"2023-08-01T15:42:22","modified_gmt":"2023-08-01T12:42:22","slug":"umumiy-orta-talim-maktabi-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/umumiy-orta-talim-maktabi-2\/","title":{"rendered":"Umumiy o&#8217;rta ta&#8217;lim maktabi"},"content":{"rendered":"\n<p>Umumiy o&#8217;rta ta&#8217;lim maktabi \u2014 majburiy ta&#8217;lim muassasasi. Mamlakat yoshlarida tabiat, jamiyat, dunyoqarash, san&#8217;at va mehnat borasidagi milliy tushunchalar shakllantirishga asos bo\u2019ladigan bilim hamda ularning kasbiy yoki politexnik ta&#8217;limi olish uchun yetarli darajadagi ko\u2019nikma va malaka beradi. Hozirgi O&#8217;zbekiston hududida Umumiy o&#8217;rta ta&#8217;lim maktabi o&#8217;quv yurtining mustaqil tipi sifatvda maktabxona, qorixona, rus-tuzem maktablari, yangi usul maktablari shaklida mavjud bo&#8217;lgan. 20-asrning 20-yillar o&#8217;rtalaridan shaharlarda 7 yillik maktablar, qishloq joylarda dehqon yoshlari maktablari tashkil qilindi. 1934 yildan Umumiy o&#8217;rta ta&#8217;lim maktabi 10 yillik maktablarga aylantirilib, boshlang&#8217;ich (4 yillik), to&#8217;liqsiz o&#8217;rta (7 yillik) va o&#8217;rta (10 yillik) maktab turlariga ajratildi. 2-jahon urushi yillarida Umumiy o&#8217;rta ta&#8217;lim maktabining yangi turlari \u2014 ishchi yoshlar maktablari va qishloq yoshlari maktablari vujudga keldi. Hozir O&#8217;zbekistonda Umumiy o&#8217;rta ta&#8217;lim maktabi boshlang&#8217;ich (1\u20144-sinf) va o&#8217;rta (5\u2014 9-sinf) bosqichdan iborat. Umumiy o&#8217;rta ta&#8217;lim maktabining boshlang&#8217;ich bosqichida o&#8217;quvchilar atrof muhitga ongli munosabatda bo&#8217;lish, mustaqil fikrlash va o&#8217;z fikrini asoslashga o&#8217;rgatiladi. Ularda zarur darajadagi ilmiy hamda umummadaniy bilimlarni olish ehtiyojini shakllantirishga, milliy va umumbashariy qadriyatlarga asoslangan ma&#8217;naviy fazilatlarni qaror toptirishga e&#8217;tibor qilinadi. Bolalarda dastlabki ongli mehnat ko&#8217;nikmalari shakllantirilishi ko&#8217;zda tutiladi. Umumiy o&#8217;rta ta&#8217;lim maktabining o&#8217;rta bosqichida ijtimoiy-gumanitar va tabiiy fanlar asoslari, milliy istiqlol g&#8217;oyasining asosiy tushunchalari, ijtimoiy foydali mehnatning eng zarur ko&#8217;nikmalari, yoshlarning estetik dvdi va badiiy tafakkurini shakllantirishga xizmat qiladigan o&#8217;quv fanlari o&#8217;rgatilishi ko&#8217;zda tutilgan. Shuningdek, bu bosqich o&#8217;quvchilarda tashkilotchilik va mustaqil qaror qabul qilish qobiliyatini, nazariy bilimlarni amalga tatbiq etish ko&#8217;nikmalarini shakllantirishni ham ko&#8217;zda tutadi. Umumiy o&#8217;rta ta&#8217;lim maktabilarida dastlabki tarzda kasbga yo&#8217;naltirishga e&#8217;tibor berilib, yoshlar ta&#8217;limning navbatdagi o&#8217;rta maxsus bosqichiga qiynalmay o&#8217;tishga tayyorlanadi. O&#8217;zbekistonda Umumiy o&#8217;rta ta&#8217;lim maktabi yagona maktab tamoyiliga amal qilgan holda davlat tomonidan tashkil etiladi, faoliyati yo&#8217;lga qo&#8217;yiladi va moliyaviy ta&#8217;minlanadi. Bu hol ixtisoslashgan va yo&#8217;naltirilgan Umumiy o&#8217;rta ta&#8217;lim maktabilari bo&#8217;lishi mumkinligini istisno qilmaydi. Umumiy o&#8217;rta ta&#8217;lim maktabilari faoliyati tegishli idoralar tomonidan tasdiqlangan o&#8217;quv rejasi, davlat ta&#8217;lim standartlari asosida yuritiladi. O&#8217;zbekistonda 2002\/03 o&#8217;quv yili 9799 Umumiy o&#8217;rta ta&#8217;lim maktabi, jumladan, jismoniy yoki ruhiy rivojlanishda nuqsoni bo&#8217;lgan bolalar va o&#8217;smirlar uchun 85 maktab ishladi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Umumiy o&#8217;rta ta&#8217;lim maktabi \u2014 majburiy ta&#8217;lim muassasasi. Mamlakat yoshlarida tabiat, jamiyat, dunyoqarash, san&#8217;at va mehnat borasidagi milliy tushunchalar shakllantirishga asos bo\u2019ladigan bilim hamda ularning kasbiy yoki politexnik ta&#8217;limi olish &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/umumiy-orta-talim-maktabi-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":56191,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[213],"tags":[],"class_list":["post-96492","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-u-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/96492","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=96492"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/96492\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":96493,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/96492\/revisions\/96493"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/56191"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=96492"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=96492"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=96492"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}