{"id":96512,"date":"2023-08-01T16:25:12","date_gmt":"2023-08-01T13:25:12","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=96512"},"modified":"2023-08-01T16:25:15","modified_gmt":"2023-08-01T13:25:15","slug":"umaviylar-masjidi-katta-masjid","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/umaviylar-masjidi-katta-masjid\/","title":{"rendered":"Umaviylar masjidi, Katta masjid"},"content":{"rendered":"\n<p>Umaviylar masjidi, Katta masjid \u2014 Suriya (Damashq)dagi o&#8217;rta asr Arab yirik me&#8217;moriy yodgorligi. Alvalid hukmronligi davrida Yupiter ibodatxonasi masjidga moslashtirilib qayta qurilgan (705-715). Umaviylar masjidi ko&#8217;p ustunli jozibador shaklda bo&#8217;lib, me&#8217;moriy bezakka ega dastlabki yodgorliklardan. Masjid keng maydon (385&#215;305) o&#8217;rtasida joylashgan, atrofini bozorlar egallagan. Hovli sahnining 4 burchagiga minora o&#8217;rnatilgan (ulardan faqat shimoliy Sharqiy qismidagisi saqlangan). Tashqi devori balandligi 14 metrga yaqin. Bosh tarzi devorlari oralig&#8217;iga ustungo&#8217;sha (pilyastra)lar ishlangan. 2 darvoza jez bilan qoplangan. Masjid hovlisi 3 tomondan galereyali peshayvon bilan o&#8217;ralgan. Janubdan xonaqoh (132&#215;37 metr) tutashgan. Milodiy 1-asrdagi bazilika xonaqoh uchun moslashtirilgan. Bosh tarzi 3 nef (ravoq)li, har bir nef balandligi 15 metr, ulardagi ravoqlar qator qilib terilgan marmar ustunlarga tayangan. Tepasidagi mayda ravoqchalar bezak sifatida qo&#8217;llanilgan. Tomi 2 nishabli, to&#8217;sinli. Ustunlar asosi marmardan, kallagiga tilla hal yurgizilgan. Devorlari va shipiga koshinkori naqshlar bilan bog&#8217; va saroylar tasviri tushirilgan. Umaviylar masjidi yong&#8217;indan keyin qayta qurilgan (1893). Janubiy Sharqiy burchagiga minora o&#8217;rnatilgan (1340), Janubi g&#8217;arbidagi minora tepasiga qafasa ishlangan (1488). Hovlida tomi gumbazli, 8 qirrali, ustunli 3 ta ko&#8217;shk o&#8217;rnatilgan, g&#8217;arbida xazinaxona (778), markazida hovuz saqlangan. Umaviylar masjidi keyingi davr Suriya va boshqa mamlakatlar me&#8217;moriy rivojiga ta&#8217;sir ko&#8217;rsatgan yodgorliklardan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Umaviylar masjidi, Katta masjid \u2014 Suriya (Damashq)dagi o&#8217;rta asr Arab yirik me&#8217;moriy yodgorligi. Alvalid hukmronligi davrida Yupiter ibodatxonasi masjidga moslashtirilib qayta qurilgan (705-715). Umaviylar masjidi ko&#8217;p ustunli jozibador shaklda bo&#8217;lib, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/umaviylar-masjidi-katta-masjid\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":56191,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[213],"tags":[],"class_list":["post-96512","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-u-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/96512","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=96512"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/96512\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":96513,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/96512\/revisions\/96513"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/56191"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=96512"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=96512"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=96512"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}