{"id":9657,"date":"2021-11-11T14:56:33","date_gmt":"2021-11-11T11:56:33","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=9657"},"modified":"2021-11-11T14:56:34","modified_gmt":"2021-11-11T11:56:34","slug":"antropologiya","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/antropologiya\/","title":{"rendered":"ANTROPOLOGIYA"},"content":{"rendered":"\n<p>ANTROPOLOGIYA \u2014 (antropo &#8230; va &#8230; logiya) \u2014 odamning kelib chiqishi va evolyusiyasi, odamzod irqlarining paydo bo&#8217;lishi, odamning tana tuzilishidagi normal farq-tafovut, o&#8217;zgaruvchanlik haqidagi fan. Antropologiya ijtimoiy fanlarga juda yaqin turadigan biologiya sohasidir. Antropologiyaga doir fikrlar bundan bir necha ming yil ilgari paydo bo&#8217;lganiga qaramay, u fan sifatida faqat 19-asrning 2-yarmidan shakllana boshladi. Antropologiyaning muhim sohasi \u2014 odam organizmining tuzilishi va rivojlanishiga ta&#8217;sir qiladigan fiziologik, biokimyoviy va genetik omillarni o&#8217;rganadigan bo&#8217;limi \u2014 &#171;Odam biologiyasi&#187; degan umumiy nom bilan 20-asr o&#8217;rtalaridan boshlab rivojlandi. Odamning paydo bo&#8217;lishida faqat tabiat olamining qonuniyatlarigina emas, balki ijtimoiy omillar ham muhim rol o&#8217;ynagan. Odam paydo bo&#8217;lgandan hozirgi holatigacha uning butun hayoti ijtimoiy jamiyatning rivojlanish qonuniyati bilan chambarchas bog&#8217;langan. Antropologiyaning fan bo&#8217;lib rivojlanishida tabiat va jamiyat to&#8217;g&#8217;risidagi fanlar ijobiy rol o&#8217;ynadi. Zamonaviy fan nuqtai nazaridan aytganda, Antropologiya quyidagi uchta katta bo&#8217;limdan iborat: 1) odam morfologiyasi; 2) antropogenez; 3) irqshunoslik (etnik Antropologiya)- Morfologiya odamning jismoniy tuzilishidagi belgilarning yosh, jins, kasb va tashqi sharoitga qarab o&#8217;zgarishini tushuntirib beradi. Irqshunoslik odamzod irqlarining kelib chiqish davri va sabablarini, ularning yer yuziga tarqalishini izohlab, etnogenez muammolarini yechishga ham o&#8217;z hissasini qo&#8217;shadi. Antropologiya o&#8217;zining turlicha tekshirish usullariga (antropometriya, osteometriya, kraniometriya) va ko&#8217;p xil asboblariga ega. Antropologiya biologiya fanining faqat nazariy sohasi bo&#8217;libgina qolmay, amaliy ahamiyatga ega bo&#8217;lgan sohasi hamdir. Uning dalillaridan ko&#8217;p sohalarda, jumladan tibbiyotning har xil sohalarida (masalan, odamning jismoniy o&#8217;sishini o&#8217;rganishda), shuningdek sud ekspertizasida foydalaniladi. Turkiston o&#8217;zining geografik o&#8217;rniga ko&#8217;ra uzoq o&#8217;tmishda murakkab irqiy va etnik jarayonlarni boshidan kechirgan, shuningdek qo&#8217;shni xalqlarning ham tarixiy taqdirlarini belgilab berishda katta rol o&#8217;ynagan. Bu o&#8217;lka, xususan O&#8217;zbekiston xalqlarini antropologik jihatdan o&#8217;rganish 20-yillarda rivojlandi. Bu ishda O&#8217;rta Osiyo davlat unstituti antropologiya kafedrasi asoschisi va doimiy rahbari L. V. Oshaninning xizmati katta bo&#8217;ldi. Uning rahbarligida Turkiston bo&#8217;ylab 29 antropologik ekspedisiyalar uyushtirildi. L. V. Oshanin va uning shogirdlari (V. Ya. Zezenkova, Q. N. Najimov) ning sa&#8217;y-harakatlari natijasida Turkiston antropologik jihatidan 3 viloyatga ajratildi. Amudaryo va Sirdaryo oralig&#8217;ida yashovchi o&#8217;zbeklar va tojiklar er yuzidagi mavjud uch irqning (yevropeoid, negroid va mongoloid) biri \u2014 yevropeoid irqining &#171;O&#8217;rta Osiyo ikki daryo oralig&#8217;i tipi&#187;ga mansub deb topildi. Moskvalik antropolog A. I. Yarxo bu irqni &#171;Pomir-Farg&#8217;ona tipi&#187; deb atadi. Farg&#8217;ona vodiysidagi Selung\u2019ur va Surxondaryodagi Teshiktosh g&#8217;orlaridan topilgan qadimgi ajdodlarimiz qoldiqlari tufayli O&#8217;zbekiston Afrika va Old Osiyo hududlari bilan bir qatorda, hozirgi zamon odamlarining paydo bo&#8217;lishi jarayoni yuz bergan hududlar tarkibiga kiritildi va bu xulosa fanda uzil-kesil isbotlangan. O&#8217;zbek xalqiga xos &#171;O&#8217;rta Osiyo ikki daryo oralig&#8217;i tipi&#187;ning shakllanish davri, makoni va tarixi masalalarida fanda yaqingacha yagona fikr yo&#8217;q edi. Bir guruh olimlar bu irqiy tip bundan 6 \u2014 8 ming yil ilgari shakllandi desa, boshqa bir guruh mutaxassislar bu voqea bundan 3 ming yil ilgari sodir bo&#8217;ldi deyishdi. Uchinchi guruh olimlari esa uni 16-asrda shakllandi deb hisoblar edilar. O&#8217;zbek antropologlari (T. Xo&#8217;jayov) ning uzoq yillik izlanishlari natijasida, juda boy antropologik materiallar asosida bu tip bundan 2200 \u2014 2300 yil ilgari shakllana boshlaganligini isbotladilar. Ad.: Oshanin L. V., Antropologicheskiy sostav naseleniya Sredney Azii i etnogenez eyo narodov, ch. 1 \u2014 3, Yerevan, 1957 \u2014 59 (Trudi Sredneaz. Gos. universiteta, Nov. ser, VIP. 96 \u2014 98; Istoricheskie nauki kn. 16 \u2014 18); Xo&#8217;jayov T. K, Xo&#8217;jayova G. K, O&#8217;zbek xalqining antropologiyasi va etnik tarixi, T., 1995; materiali k etnicheskoy istorii naseleniya Sredney Azii, T., 1986.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>ANTROPOLOGIYA \u2014 (antropo &#8230; va &#8230; logiya) \u2014 odamning kelib chiqishi va evolyusiyasi, odamzod irqlarining paydo bo&#8217;lishi, odamning tana tuzilishidagi normal farq-tafovut, o&#8217;zgaruvchanlik haqidagi fan. Antropologiya ijtimoiy fanlarga juda yaqin &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/antropologiya\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9243,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[107],"tags":[],"class_list":["post-9657","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-a-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/9657","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=9657"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/9657\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":9662,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/9657\/revisions\/9662"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/9243"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=9657"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=9657"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=9657"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}