{"id":96651,"date":"2023-08-02T09:42:47","date_gmt":"2023-08-02T06:42:47","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=96651"},"modified":"2023-08-02T09:42:55","modified_gmt":"2023-08-02T06:42:55","slug":"lavlagi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/lavlagi\/","title":{"rendered":"Lavlagi"},"content":{"rendered":"\n<p>Lavlagi (Beta) \u2014 sho&#8217;radoshlar oilasiga mansub bir, ikki yillik o&#8217;tsimon o&#8217;simliklar turkumi; sabzavot, xashaki, shakarli ekin. 16 turi bor. O&#8217;rta Yer dengizi atroflarida, Osiyo, Zakavkaze, Hindiston, Frantsiya, shuningdek, Buyuk Britaniya, Skandinaviya mamlakatlarida tarqalgan. Dehqonchilikda osh Lavlagi, xashaki Lavlagi, va qand Lavlagiga bo&#8217;linadigan oddiy Lavlagi (V. vulgaris) turi va qand Lavlagining tur xili bo&#8217;lgan bargli Lavlagi (yoki Mangold Lavlagi \u2014 Betacica \u2014 ovqatga bargi yoki barg bandi ishlatiladi) ekiladi. Yovvoyi Lavlagi qadim zamonlardan ovqatga ishlatib kelingan. Miloddan avvalgi 2-1-ming yillikda bargli Lavlagi madaniylashtirilgan. Milodiy boshlarida madaniy ildizmevali shakllari ekila boshladi. 18-asrda xashaki Lavlagining duragaylaridan qand Lavlagi yaratilgan. 19-asr oxiri va 20-asrda bu ekin barcha qit\u2019alarga tarqaldi. Osh lavlagi \u2014 qizil Lavlagi, qizilcha, sabzavot Lavlagi \u2014 ekilgandan so&#8217;ng birinchi yili 0,4\u20140,9 kilogramm kattalikda ildiz-meva va barg to&#8217;plami hosil qiladi. Namsevar va yorug&#8217;sevar o&#8217;simlik, sovuqqa, qurg&#8217;oqchilikka chidamli. Barcha dehqonchilik mintaqalarida ekiladi. O&#8217;zbekistonda Bordo \u2014 237, Bikoress (2002 y.dan), Ros va boshqa navlar rayonlashtirilgan. Hosildorligi 300-400 ts\/ga va undan yuqori. Xashaki Lavlagi \u2014 birinchi yili 10\u2014 12 kilogrammlik ildizmeva va bargto&#8217;plami hosil qiladi. Shirali ozuqa sifatida chorva mollariga beriladi. 100 kilogramm ildizmevada 12,2 ozuqa birligi va 0,9 kilogramm hazm bo&#8217;luvchi protein, 100 kilogramm bargida 10,2 ozuqa birligi va 1,8 kilogramm hazm bo&#8217;luvchi protein mavjud. Xashaki Lavlagi namga talabchan, yorug&#8217;sevar, sovuqqa chidamli. Amerika (AQSh, Kanada, Braziliya), yangi Zelandiya, Afrika (Jazoir, Tunis), Yevropa, shu jumladan, Belorussiya, Ukraina, Boltiqbo&#8217;yi mamlakatlarida ko&#8217;p ekiladi. Hosildorligi 300-400 ts\/ga. Qand Lavlagi \u2014 qand-shakar sanoati xom ashyosi. Chiqindilari chorva mollariga yem (melassa va o&#8217;g&#8217;it) sifatida ishlatiladi. Ekilgan yili tarkibida 14\u2014 20% (ba&#8217;zida 24% gacha) qand bo&#8217;lgan ildiz-meva (o&#8217;rtacha og&#8217;irligi 300-600 gramm) beradi. Qand Lavlagi issiqsevar va namsevar, qurg&#8217;oqchilikka chidamli. Urug&#8217;i unib chiqishi uchun harorat 10-12\u00b0, yaxshi rivojlanishi uchun 20-22\u00b0 bo&#8217;lishi lozim. -4, -5\u00b0 da nobud bo&#8217;ladi. Qand Lavlagi AQSh, Rossiya, Ukraina, Qozog&#8217;iston, O&#8217;zbekistonda 20-asrning 40-yillarda va 90-yillar boshidan (Xorazm viloyati va Qoraqalpog&#8217;iston Respublikasida) yetishtiriladi. Jahon bo&#8217;yicha qand Lavlagi yalpi ekin maydonlari 6,7 million gektar, o&#8217;rtacha hosildorlik 392 ts\/ga, yalpi hosili 263 million tonna (1999). Hosildorligi intensiv texnologiyada parvarish qilinganda 350-400 ts\/ga. Keng qatorlab yoki Punktir usulida ekiladi. Parvarish yaganalash, chopiq, oziqlantirish, sug&#8217;orishdan iborat. O&#8217;zbekistonda Astro, Sado, Romeo, Eldona va boshqa navlari ekiladi. Kasalliklari : tserkosporoz, kul, nematoda kasalliklari. Zararkunandalari: Lavlagi uzunburuni, shiralar, Lavlagi parvonasi, tunlamlar, kemiruvchi tunlamlar, dala parvonasi, Lavlagi pashshasi, Lavlagi poyaxo&#8217;rlari. Zararkunanda hasharotlar va kasalliklarga qarshi kurash choralari: agrotexnika chora-tadbirlariga amal qilish, qator oralariga ishlov berish, begona o&#8217;tlarning o&#8217;sishiga yo&#8217;l qo&#8217;ymaslik, zararkunandalarning tuxumlariga qarshi trixogramma, qurtlariga qarshi esa brakon, shiralarga qarshi oltinko&#8217;zlar lichinkalarini qo&#8217;llash. Kimyoviy dorilardan zolon (30% namlanadigan kukun) \u2014 3,0\u20143,7 kg\/ga, bi-58 (0,5-1,0 l\/ga), desis (0,25-0,5 l\/ga), saraton shiralarga qarshi malfos \u2014 0,6\u20140,8 l\/ga va qandalalar, kovaklovchi pashsha, kuyalarga qarshi 1,0\u20141,2 l\/ga, omayt \u2014 1,0 l\/ga, ildizqirqar tunlamlarga qarshi tsiraks \u2014 0,4 l\/ga o&#8217;suv davrida purkaladi. Ad.: Petrov V. A., Borzakovskiy I. V., Uchebnaya kniga sveklovoda, M., 1985. Botir Azimov, Zuhra Saidova.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Lavlagi (Beta) \u2014 sho&#8217;radoshlar oilasiga mansub bir, ikki yillik o&#8217;tsimon o&#8217;simliklar turkumi; sabzavot, xashaki, shakarli ekin. 16 turi bor. O&#8217;rta Yer dengizi atroflarida, Osiyo, Zakavkaze, Hindiston, Frantsiya, shuningdek, Buyuk Britaniya, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/lavlagi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":56191,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[223],"tags":[],"class_list":["post-96651","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-l-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/96651","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=96651"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/96651\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":96654,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/96651\/revisions\/96654"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/56191"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=96651"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=96651"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=96651"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}