{"id":96823,"date":"2023-08-02T14:01:14","date_gmt":"2023-08-02T11:01:14","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=96823"},"modified":"2023-08-02T14:01:17","modified_gmt":"2023-08-02T11:01:17","slug":"lolilar-jogilar","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/lolilar-jogilar\/","title":{"rendered":"Lo&#8217;lilar, Jo&#8217;gilar"},"content":{"rendered":"\n<p>Lo&#8217;lilar, Jo&#8217;gilar \u2014 ko&#8217;chmanchi xalq. Jahondagi barcha mamlakatlarda tarqoq holda yashaydi. Lo&#8217;lilarning, asosan, 2 guruhi: Yevropa Lo&#8217;lilari va O&#8217;rta Osiyo Lo&#8217;lilari bor. O&#8217;zbekistonda Lo&#8217;lilar, Tojikistonda Jo&#8217;gilar, Armanistonda bosha, Angliyada misrlik, Eronda qoracha, Frantsiyada Fir&#8217;avn qabilasi, Finlyandiyada qora, Rossiyada tsigan va boshqa nomlar bilan atalgan. Lo&#8217;lilarning asl vatani, qachon va qanday qilib jahonga tarqalganligi fanda uzoq vaqt jumboq bo&#8217;lib keldi. 19-asrda nemis tilshunosi A. A. Pott, F. Mikloshich Lo&#8217;lilar tilining hind tili bilan qardosh til ekanligini aniqladi. Shuningdek, Eronda Lo&#8217;lilarning Karachi, O&#8217;zbekistonning ayrim rayonlarida mo&#8217;ltoni deb atalishi Pokistondagi Karochi va Mo&#8217;lton shaharlari nomi bilan bog&#8217;liq. O&#8217;rta Osiyo Lo&#8217;lilarining ayrim guruhlari jo&#8217;gi (hindcha kambag&#8217;al, qashshoq), Hindistoniy, bo&#8217;lujiy deb atalishi ham Lo&#8217;lilarning asl vatani Hindiston bo&#8217;lganligini tasdiqlaydi. Ayrim ma&#8217;lumotlarga ko&#8217;ra, Lo&#8217;lilarning dastlabki guruhlari milodning boshlarida, 5-7-asrlar va keyingi davrlarda shimoliy Hindistondan tarqala boshlagan. Lo&#8217;lilarning ayrim guruhlari Hindistondan \u2014 Belujiston \u2014 Afg&#8217;oniston \u2014Eron \u2014 Kavkaz \u2014 Turkiya \u2014 Yunoniston orqali, ikkinchi yo&#8217;l Hindiston \u2014 Eron \u2014 O&#8217;rta Osiyo orqali bo&#8217;lgan. Yevropa lo&#8217;lilari (o&#8217;zlarini Roma deb ataydilar). Tili hind tillari bilan bogliq bo&#8217;lib, shimol va Janub shevalarga bo&#8217;linadi, shuningdek, o&#8217;zlari yashaydigan mamlakat xalqi tilida ham so&#8217;zlashadi. Dindorlari rasman pravoslav diniga e&#8217;tiqod qiladi (ularda hind mifologiyasi bilan bog&#8217;liq diniy tasavvurlar ham kuchli). Lo&#8217;lilarning Yevropaga kelgani haqidagi dastlabki ma&#8217;lumot 1100 yilga oid. 1417 yil Vengriya, 1418 yil Germaniya, 1422 yil Ispaniya, Italiya, 1430 yil Angliya va Boltiq bo&#8217;ylari, 1500 yil Polsha va boshqa mamlakatlarga tarqaladi. Rossiyaga Ruminiya orqali kelishgan. Ular 15-asrda Bessarabiya, 16-asrda Belorussiya, 17-asrda Ukraina, Rossiyaning Janub rayonlariga tarqalgan (Lo&#8217;lilar Angliyada gupies, Turkiyada chingine, Portugaliyada chidan, Italiyada zingali deb ataladi). Lo&#8217;lilar hayot kechirish tarziga ko&#8217;ra, o&#8217;troq va ko&#8217;chmanchilarga bo&#8217;lingan. O&#8217;troq Lo&#8217;lilar shahar chekkalarida yashab, hunarmandlik bilan mashg&#8217;ul bo&#8217;lgan. Ko&#8217;chmanchi Lo&#8217;lilar tilanchilik, folbinlik, ot savdosi va boshqalar bilan tirikchilik o&#8217;tkazgan. Lo&#8217;lilar qabila va qabila (ayrim hollarda bir tuda qarindoshlar) Ittifoqi \u2014 taborga uyushib, tabor tepasida saylab qo&#8217;yiladigan boshliq tur O&#8217;rta Osiyo lo&#8217;lilari (o&#8217;zlarini mugat, tub aholi ularni lo&#8217;li, jo&#8217;gi, mazang deb ataydi). Qadimdan Samarqand, Buxoro, Toshkent, Farg&#8217;ona, Qo&#8217;qon, qarshi kabi shaharlar atrofi va ularga tutash qishloqlarda yashab keladi. Lo&#8217;lilar o&#8217;zbek va tojik tillarida so&#8217;zlashadi, ammo tojik tili ularning turmushida asosiy hisoblanadi. (O&#8217;rta Osiyo Lo&#8217;lilari lavzi mug&#8217;at yoki Arabcha deb ataladigan o&#8217;zlarining maxsus so&#8217;zlashuv tiliga ham ega). Lo&#8217;lishunos X. Nazarov o&#8217;lkamizga Lo&#8217;lilarning kirib kelishini 3 guruhga bo&#8217;ladi. Birinchi guruhi \u2014 mahalliy Lo&#8217;lilar (mug&#8217;ati tub joyi) \u2014 ancha oldin kelgan; ikkinchi guruh \u2014 afgon Lo&#8217;lilari (jo&#8217;gi, afgani); uchinchi guruh esa \u2014 hind Lo&#8217;lilari (mo&#8217;g&#8217;ati hindu) bo&#8217;lib, bular ancha keyin kelgan. Olim Lo&#8217;lilarni yana o&#8217;z navbatida 3 ta etnografik guruhga bo&#8217;ladi: 1) asosan, ko&#8217;chmanchilik qilib xayr-sadaqa yig&#8217;ib, kun ko&#8217;rishadigan, folbinlik, tabiblik, zargarlik qiluvchi Lo&#8217;lilar; 2) tovoqtarosh, ular yarim o&#8217;troqhayot kechirishadi, asosan, yog&#8217;ochga ishlov berish bilan shug&#8217;ullanishadi, xususan, yog&#8217;ochdan beshik, tovoq, qoshiq, cho&#8217;mich yasashadi. Qadimda ular yasagan yog&#8217;och tovoqlarga ehtiyoj katta bo&#8217;lgan, shu tufayli ularni tovoqtarosh deb atashgan; 3) mazang, o&#8217;troq Lo&#8217;lilar (Jo&#8217;gilar), asosan, mayda savdogarlik bilan, shuningdek, dehqonchilik bilan shug&#8217;ullanishgan. Lo&#8217;lilarning erkaklari ot urchitish, ovchilik, temirchilik, metall eritish, savat to&#8217;kish, g&#8217;alvir, elak kabi buyumlar yasash, hamda ayiq, maymun, ilon urchitish bilan shug&#8217;ullanishgan. Ayollari esa tilanchilik, folbinlik qilishgan. Lo&#8217;lilarning qon-qarindoshlik guruhi (to&#8217;p, To&#8217;por)ga oqsoqol rahbarlik qilgan. To&#8217;p, To&#8217;por shu oqsoqol nomi bilan ham atalgan. Katta patriarxal oilaga esa ota bosh bo&#8217;lgan. O&#8217;rta Osiyo lo&#8217;lilari dinga befarq qaraydilar va rasmangina Islom diniga kirganlar. Ularda jin, pari, alvasti, ziyon-zahmat haqidagi tasavvurlar juda kuchli. O&#8217;troq hayot kechirayotgan Lo&#8217;lilar o&#8217;z atrofidagi mahalliy xalqlar ta&#8217;sirida ularning ayrim diniy odatlarini bajaradilar. Lo&#8217;lilarda qadimdan endogam (ichki) nikoh hukmron. Lo&#8217;lilar kiyinishda, asosan, yerli aholidan farq qilmaslikka harakat qilishadi, erkaklari chopon (to&#8217;n), etik, telpak, ba&#8217;zan boshlariga durra o&#8217;rab yurishadi. Xotinlari yerli aholidek kiyinsada, lekin ro&#8217;mol o&#8217;rashlari faqat Lo&#8217;lilarga xos. Lo&#8217;lilarning erkaklari ham, ayollari ham, asosan, kora va ko&#8217;k ranglarni xush ko&#8217;rishadi. Uylari ilgari pasttakkina bo&#8217;lib, usti qamish bilan yopilgan. Keyingi yillarda Lo&#8217;lilar o&#8217;rtasida san&#8217;atga ishtiyok kuchaydi, &#171;Jo&#8217;gi&#187; qo&#8217;shiq dastalari xalq tantanalarida (to&#8217;y, bazmlarda) xizmat qilmoqda. Lo&#8217;lilar asrlar davomida hamma yerda muttasil quvg&#8217;inda bo&#8217;lgan, och-yalang&#8217;och kun ko&#8217;rgan. 1920-yillardan keyin Lo&#8217;lilarni o&#8217;troq madaniy hayotga ko&#8217;chirish, ijtimoiy foydali mehnatga jalb etish ishiga alohida ahamiyat berildi. Lo&#8217;lilar hozirgi davrda jamoa xo&#8217;jaliklari, shirkatlar, sanoat korxonalarida ham ishlamoqdalar. Lo&#8217;li bolalarining hammasi maktabga jalb qilingan. Lo&#8217;li yoshlari o&#8217;rta maxsus va oliy o&#8217;quv yurtlarida ta&#8217;lim olmoqdalar. Ochil Bo&#8217;riyev, Sayfullo Tursunov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Lo&#8217;lilar, Jo&#8217;gilar \u2014 ko&#8217;chmanchi xalq. Jahondagi barcha mamlakatlarda tarqoq holda yashaydi. Lo&#8217;lilarning, asosan, 2 guruhi: Yevropa Lo&#8217;lilari va O&#8217;rta Osiyo Lo&#8217;lilari bor. O&#8217;zbekistonda Lo&#8217;lilar, Tojikistonda Jo&#8217;gilar, Armanistonda bosha, Angliyada misrlik, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/lolilar-jogilar\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":56191,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[223],"tags":[],"class_list":["post-96823","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-l-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/96823","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=96823"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/96823\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":96824,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/96823\/revisions\/96824"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/56191"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=96823"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=96823"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=96823"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}