{"id":96829,"date":"2023-08-02T14:48:48","date_gmt":"2023-08-02T11:48:48","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=96829"},"modified":"2023-08-02T14:48:51","modified_gmt":"2023-08-02T11:48:51","slug":"lutfiy-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/lutfiy-2\/","title":{"rendered":"Lutfiy"},"content":{"rendered":"\n<p>Lutfiy (1366 &#8212; Hirot &#8212; 1465), Mavlono Lutfiy \u2014 o&#8217;zbek shoiri, Orif va mutafakkir. O&#8217;z zamonining &#171;Malik ul-kalomi&#187;. Yaqin vaqtlargacha Lutfiyning tavallud topgan va vafot etgan joyi Hirotning Deqikanor mavzei deb ko&#8217;rsatib kelingan. Shayx Ahmad Taroziyning Mirzo Ulug&#8217;bekka bag&#8217;ishlab yozilgan &#171;Funun ul-balog&#8217;a&#187; asari topilgach, undagi &#171;ma&#8217;dan ul-latoyif Lut-fiyi Shoshiy&#187; jumlalariga asoslanib, Lutfiyning ona vatani Toshkent bo&#8217;lgan, degan fikr ham ilgari surildi. Lutfiyning hayot yo&#8217;li singari, ijodiy taqdiri ham juda ibratli: u 99 yil yashagan. Umrining asosiy qismi o&#8217;qish, o&#8217;rganish va badiiy ijod mehnati bilan o&#8217;tgan. Navoiyning &#171;Majolis un- nafois&#187; tazkirasida ma&#8217;lumot berilishicha, Lutfiy umrining oxirlarida &#171;oftob&#187; radifli bir she&#8217;r yozgan, o&#8217;sha zamonning ko&#8217;p shoirlari unga tatabbu&#8217;qilganlar, ammo ulardan hech biri Lutfiyning &#171;Panjasiga panja&#187; ura olmaganlar. Navoiyning yozishicha, Lutfiy 90 yoshdan o&#8217;tganda, Abdurahmon Jomiy otig&#8217;a radifi &#171;Suxan&#187; saj&#8217;qasidae aytib erdiki, zamon xushgo&#8217;ylari barcha xo&#8217;bliqqa musallam&#187; tutmishlar (&#171;Nasoyim ul-muhabbat&#187;). Lutfiy ham zohiriy-dunyoviy, ham diniy-tasavvufiy ilmlarni chuqur egallagan, davr va zamoniga ochiq nazar bilan qarashga qodir, haqiqat va ma&#8217;rifatga sodiq ijodkor edi. Navoiy so&#8217;zi bilan aytganda, u &#171;forsiy va turkiyda naziri yo&#8217;q&#187; shoir bo&#8217;lgan. Lutfiy garchi o&#8217;z ona tili \u2014 turkiy tilda yaratilgan she&#8217;rlari bilan mashhurlikka yetishgan bo&#8217;lsada, forsiyda ham o&#8217;zining shoirlik iqtidori va mahoratiga ko&#8217;pchilikni iqror eta olgan. Ikkinchidan, Lutfiy she&#8217;riyat bilan tariqatni, majoz bilan haqiqatni uyg&#8217;unlashtirgan edi. Ammo u so&#8217;nggi nafasigacha shoirlik burchi va ilhomiga sodiq qolib, o&#8217;zbek she&#8217;riyati xazinasini biri biridan qimmatli nazm durdonalari bilan boyitdi. Shu bilan bir qatorda, shoirlik nechog&#8217;lik &#171;Ma&#8217;ruf va mashhur&#187; bo&#8217;lmasin, &#171;darveshlik tariqini dag&#8217;i ilikdan&#187; (Navoiy) chiqarmagan edi. Xuddi shu narsa uning nafaqat o&#8217;z zamondoshlari va ijod ahli orasida, balki davr hukmdorlari oldida ham yuqori mavqega ko&#8217;tarilishiga bir asos bo&#8217;lgan. Haqiqatan ham Lutfiyning she&#8217;riyati \u2014 xilma-xil shakllardan tarkib topgan mazmundor, rangin she&#8217;riyat. Bizgacha shoirning 16-20-asrlar mobaynida ko&#8217;chirilgan turkiy devonining 33 qo&#8217;lyozma nusxasi yetib kelgan bo&#8217;lib, ular Toshkent, Dushanba, Istanbul, Tehron, London, Parij, Sankt-Peterburg kutubxonalari va qo&#8217;lyozma fondlarida saqlanadi. Olim E. Ahmadxo&#8217;jayevning aniqlashi bo&#8217;yicha, Lutfiy qalamiga mansub mavjud she&#8217;rlarning umumiy miqdori 2774 bayt yoki 5548 misradan ortiq. Ularning katta qismi (2086 bayti) g&#8217;azal janrida yozilgan. Shuni alohida ta&#8217;kidlash lozimki, Lutfiy g&#8217;azalnavis sifatida Sharq adabiyotida barqarorlashgan adabiy-estetik an&#8217;analar bilan xalq og&#8217;zaki ijodiyoti tajriba tamoyili va usullarini nihoyatda mohirlik bilan muvofiqlashtirgan. Shu boisdan ham uning g&#8217;azallarida milliy his-tuyg\u2019ular nurlanib, insoniy dard, armon, qayg&#8217;u va shodlik tasviri takrorsiz bir ta&#8217;sirchanlik kasb etgan. Lutfiy nainki g\u2019azallarida, ruboiy, tuyuq, qit&#8217;a, fardga o&#8217;xshash boshqa janrlardagi she&#8217;rlarida ham nafosat hissi shakllangan, did va saviyasi baland kishilarning \u2014 zukko va hayotsevar xalq vakillarining fikru tuyg&#8217;ularini tarannum etgan. Shoirning: Sensan sevarim, xoh inon, xoh inonma, Qondur jigarim, xoh inon xoh inonma, \u2014 kabi misralarini o&#8217;qiganda, ularning bundan bir necha asr muqaddam yozilganiga ba&#8217;zan ishonish ham qiyin bo&#8217;ladi. Chunki ular shu darajada sodda, og&#8217;zaki nutqqa yaqin va kitobiy bezakdorlikdan yiroq va samimiydir. Lutfiy devonidagi bosh mavzu ishq va asosiy maqsad oshiqning hasbu holini tasvirlashdan iborat bo&#8217;lsada, shoir deyarli har bir she&#8217;rida mavzuga yangicha yondashib, betakror ohanglar yaratadi, mohiyatiga mos poetik obrazlar topadi, bir-biriga o&#8217;xshamaydigan badiiy san&#8217;atlarni qo&#8217;llaydi. Lutfiy devonida tashbeh, talmeh, tazod, iyhom, xususan, irsoli masal san&#8217;ati namoyon bo&#8217;lgan. Lutfiy ruboiy, tuyuq, qit&#8217;alarini ham san&#8217;at namunasi maqomiga ko&#8217;tara olgan. Yaqin-yaqingacha &#171;gul va Navro&#8217;z&#187; dostoni Lutfiy asari deb kelingan edi. Keyingi tadqiqotlar natijasida bu doston muallifi Haydar Xorazmiy ekanligi aniqlandi. Lutfiy \u2014 turkiy she&#8217;riyatda maktab yaratgan san&#8217;atkor. Bu ijod maktabidan Alisher Navoiy va Mirzo Bobur saboq olishgan. Roqim, Amiriy, Sultonxon to&#8217;ra ado, Tabibiy singari shoirlarning devonlaridan. Lutfiy g&#8217;azallari ilhomida bitilgan muxammaslar joy olgan. Lutfiy she&#8217;riyatining ta&#8217;siri faqat O&#8217;rta Osiyo bilan chegaralanib qolmasdan, Yaqin va O&#8217;rta Sharq mamlakatlariga ham yetib borgan. Atoqli turk olimi M. F. Ko&#8217;prulizodaning e&#8217;tirof etishicha, Lutfiyning she&#8217;rlari yolg&#8217;iz Chig&#8217;atoy shoirlari orasida emas, balki &#171;xarobot&#187; muallifi Ziyo Poshoga qadar bo&#8217;lgan Usmonli turk shoirlari orasida ham zavq bilan q&#8217;qilgan. As: tanlangan asarlar [2-nashri], T., 1968; Sensan sevarim&#8230; T., 1987. Ad.: Navoiy, mukammal asarlar to\u2019plami [20 jildli], 17-j., T., 2001; Erkinov S, Lutfiy (hayoti va ijodi), T., 1963; Ahmadxo&#8217;jaev E., Turkiy nazmning sehrgari, T., 1992. Ibrohim Haqqulov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Lutfiy (1366 &#8212; Hirot &#8212; 1465), Mavlono Lutfiy \u2014 o&#8217;zbek shoiri, Orif va mutafakkir. O&#8217;z zamonining &#171;Malik ul-kalomi&#187;. Yaqin vaqtlargacha Lutfiyning tavallud topgan va vafot etgan joyi Hirotning Deqikanor mavzei &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/lutfiy-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":56191,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[223],"tags":[],"class_list":["post-96829","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-l-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/96829","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=96829"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/96829\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":96830,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/96829\/revisions\/96830"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/56191"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=96829"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=96829"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=96829"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}