{"id":9694,"date":"2021-11-11T15:45:57","date_gmt":"2021-11-11T12:45:57","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=9694"},"modified":"2021-11-11T15:45:58","modified_gmt":"2021-11-11T12:45:58","slug":"anxramaynu","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/anxramaynu\/","title":{"rendered":"ANXRAMAYNU"},"content":{"rendered":"\n<p>ANXRAMAYNU (fors tilidagi o&#8217;rta asr manbalarida Ahriman, yunon adabiyotlarida Areimanios, Ariman) \u2014 zardushtiylikdagi yovuz kuchlar, zulmat va o&#8217;lim boshlig&#8217;i, Axuramazdaning dushmani, inson ruhiyatidagi salbiy hissiyotlarning timsoli. Avesto kitobining &#171;Gatlar&#187; qismida Anxramaynu nomi umuman eslatilmaydi: ularda yovuzlik ruhi va yaxshilik ruhi \u2014 tegishlicha badkorliklar va odilliklar yo&#8217;llarini tanlagan egizaklardir. &#171;Kichik Avesto&#187;da Anxramaynu \u2014 yovuz ruhlarni boshlab yuradigan &#171;jaholat hokimi&#187; dir; u har xil gunohlar, sehru jodular qiladi, yomonlik timsoli sifatida sovuqlik va qoru muzlikni, o&#8217;lim, kasallik, keksalik, zaharli hasharotlarni yuboradi, birinchi inson Govamardni halok etadi. Odatda u, Ahuramazdaga qarshi o&#8217;z qo&#8217;l ostidagi iblisona kuchlar \u2014 devlar yordamida kurashadi. Uning zo&#8217;ri bilan dunyo bir-biriga qarama-qarshi 2 taraf \u2014 yaxshilik va yovuzliklar tarafiga bo&#8217;linib qoladi. Anxramaynu Avestoning &#171;Dinkart&#187; va &#171;Zotsepro&#8217;m&#187; degan qismlaridagi rivoyatlarda tilga olinadi. Jumladan, &#171;Dinkart&#187; 7-kitobining 2-faslida va &#171;Zotsepro&#8217;m&#187;ning 12-faslida naql etilgan. Unda chegaralar dahsizligini saqlash uchun yaratilgan ho&#8217;kizni o&#8217;ldirish bilan bog&#8217;liq doston bor. Anxramaynuning qilmishi baribir jazosiz qolmaydi. Umuman Anxramaynuning yaxshilik va yorug&#8217;likka qarshi kurashi abadiy davom etadi. Lekin Anxramaynu Ahuramazdani yengishga ojizlik qiladi, chunki har doim yaxshilik g&#8217;olib chiqadi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>ANXRAMAYNU (fors tilidagi o&#8217;rta asr manbalarida Ahriman, yunon adabiyotlarida Areimanios, Ariman) \u2014 zardushtiylikdagi yovuz kuchlar, zulmat va o&#8217;lim boshlig&#8217;i, Axuramazdaning dushmani, inson ruhiyatidagi salbiy hissiyotlarning timsoli. Avesto kitobining &#171;Gatlar&#187; qismida &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/anxramaynu\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9243,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[107],"tags":[],"class_list":["post-9694","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-a-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/9694","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=9694"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/9694\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":9699,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/9694\/revisions\/9699"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/9243"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=9694"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=9694"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=9694"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}