{"id":9715,"date":"2021-11-11T16:14:33","date_gmt":"2021-11-11T13:14:33","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=9715"},"modified":"2021-11-11T16:14:34","modified_gmt":"2021-11-11T13:14:34","slug":"anqara-jangi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/anqara-jangi\/","title":{"rendered":"ANQARA JANGI"},"content":{"rendered":"\n<p>ANQARA JANGI &#8212; Amir Temur va Usmonli turk sultoni Boyazid I Yildirim qo&#8217;shinlari o&#8217;rtasida Anqara yonida bo&#8217;lib o&#8217;tgan ulkan jang (1402 yil 20 iyul). Unda Amir Temurning taxminan 200 ming, Turkiya sultonining 160 ming askari qatnashgan. Ushbu jangning sodir bo&#8217;lishiga asosan quyidagi omillar sabab bo&#8217;lgan: Iroq, Shom, Dashti Qipchoq, Xuroson, Hindiston, Jeta singari mamlakatlarni o&#8217;ziga itoat ettirishga muvaffaq bo&#8217;lgan Amir Temur o&#8217;z saltanatining Janubiy-g&#8217;arbiy hududlariga yaqin joylashgan Bolqon yarim oroli va kichik Osiyoda barpo etilgan qudratli Usmonlilar davlatining kuchayib ketayotganligidan xavotirda edi, chunki G&#8217;arbiy Yevropa ritsarlaridan tashkil topgan katta armiyani tor-mor etgan, Bolqon davlatlarini egallagan Usmoniy turklar Amir Temurga taalluqli viloyatlarga ham tahdid sola boshlagan edi. Tarixning guvohlik berishicha, Amir Temur o&#8217;z qo&#8217;shini bilan Sharqiy Anadolu sarhadlariga 1386 yil qadam qo&#8217;ygan va Arzinjon shahri yaqinida turklarning katta harbiy kuchlarini mag&#8217;lub etgan. 1395 yil Sohibqiron bu o&#8217;lkalarga ikkinchi bor yurish qiladi, Sivosni qo&#8217;lga kiritadi. Amir Temur Anqara jangiga qariyb ikki yildan ortiq tayyorlanadi: 1399 yil Rumga yuzlanadi va Boyazid tomonidan fath qilingan Kamoh qal&#8217;asini qamal qiladi. Kamoh fath etilgach, ko&#8217;p fursat o&#8217;tmay Amir Temur Anqarani qamal qiladi. Sohibqironning bu harakati aslida taktik tadbir bo&#8217;lib, tajribali sarkardaning asosiy maqsadi Boyazidni asosiy kuchlarini shahar mudofaasiga tashlashga majbur etib, so&#8217;ng unga qaqshatqich zarba berish edi. To&#8217;qat shahri yonida asosiy harbiy kuchlari bilan turgan Boyazid I Sohibqiron askarlarining Anqarani muhosara qilganligidan xabar topadi va qamaldagilarga ko&#8217;mak berishga oshiqadi. Amir Temur Anqara qamalini bekor qiladi va raqibini kutib olish taraddudini ko&#8217;radi. Qo&#8217;shin qismlarini janggohning (Chibukobod degan yerda) qulay yerlariga joylashtiradi. Lashkargoh atrofida xandaklar qazilib, xavfsizlik choralari ko&#8217;riladi. Natijada Boyazid I qo&#8217;shini o&#8217;zi uchun o&#8217;ta noqulay shart-sharoitda jangga kirishga majbur bo&#8217;ladi. Sulton qo&#8217;shini ayniqsa, suv tanqisligi tufayli vujudga kelgan tashnalikdan qattiq azob chekadi. Sohibqiron qo&#8217;shini o&#8217;zining an&#8217;anaviy jangovar tartibi \u2014 yasodda harakat qiladi. Qo&#8217;shinning qirq qismdan tashkil topgan markazi \u2014 qo&#8217;liga Amir Temur bevosita rahbarlik qiladi. So&#8217;l qo&#8217;l \u2014 juvang&#8217;arga Shohrux Mirzo va Xalil Sulton Mirzo, juvang&#8217;ar hiravuli \u2014 ilg&#8217;origa Sulton Husayn Mirzo, o&#8217;ng qo&#8217;l \u2014 barang&#8217;arga Mironshoh Mirzo, barang&#8217;ar hiravuliga Abu Bakr Mirzo yetakchilik qiladi. Markaz \u2014 qo&#8217;lning o&#8217;ng tarafida Umarshayx Mirzoning o&#8217;g&#8217;li Ahmad Mirzo, Toshtemir o&#8217;g&#8217;lon, Shohsuvor singari sarkardalar joylashadi. Qo&#8217;lning chap tomonidan Jalol Islom, tavakkal qarqara, Ali Muhammad kabi bahodirlar o&#8217;rin oladi. Qo&#8217;shinning saflari oldida 30 ta jangovar fil muhorabaga shay qilingan edi. Qarshi tarafda Boyazid I Rum va Farang mamlakatlaridan jamlangan cherikiga tartib berib, jangga hozir bo&#8217;lib turdi. Qo&#8217;shinning o&#8217;ng qanoti \u2014 barang&#8217;arda serb knyazi Stefan (Boyazid I ning qaynisi) 20 ming kishilik farangliklar bilan, chap qanoti \u2014 juvangarda esa musulmon (Sulaymon) Chalabiy (Boyazid I ning o&#8217;g&#8217;li) Rum lashkari bilan saf tortib turdi. Sulton Boyazid I ning o&#8217;zi qo&#8217;shin markazida qolib, uch o&#8217;g&#8217;li Muso, Iso va Mustafolarni chag&#8217;davul (qo&#8217;shin orti) ga qo&#8217;ydi. Jang Mironshoh Mirzo qo&#8217;l ostidagi barang&#8217;arning dushman juvang&#8217;ariga qilgan shiddatli hujumi bilan boshlandi. Boyazid I qismi Amir Jahonshoh va Amir qora Usmon rahbarligidagi Geydar tomonidan qilingan hujumga bardosh bera olmay jang maydonini tashlab qochadi. Boyazid I qo&#8217;shini saflarida paydo bo&#8217;lgan sarosimalikni payqagan Amir Temur barcha amirzodalar, umarolar, no&#8217;yonlarning birgalikda dushmanga hujum qilishlariga hukm qiladi. Shiddatli to&#8217;qnashuv uzoq va keskin davom etadi. Nihoyat, Sohibqiron kuchlarining qisuviga bardoshi qolmagan Sulton askarlari chekina boshlaydi. Boyazid I qo&#8217;mondonligidagi jangchilar so&#8217;nggi damgacha qarshilik ko&#8217;rsatadilar. Yanicharlar bitta qolmay qirib tashlangandan so&#8217;ng Boyazid I va uning ikkinchi o&#8217;g&#8217;li Musoni Amir Temur tomonidan 1388 yil Chig&#8217;atoy ulusi xonligiga ko&#8217;tarilgan Sulton Mahmudxon ibn Suyurg\u2019atmishxon asir oladi. Sohibqiron Boyazid I qo&#8217;shinlarining qolgan-qutgan qismini ta&#8217;qib etib, Bursa, Izmirni egallaydi va marmar dengizi sohillariga chiqadi. Amir Temur tomonidan Boyazid I qo&#8217;shinining tor-mor etilishi Usmonli turk saltanatining ma&#8217;lum muddatga zaiflashishiga sabab bo&#8217;ldi. Konstantinopolning turklar tasarrufiga kirishini hamda ularning Markaziy va G&#8217;arbiy Yevropaga qilmoqchi bo&#8217;lgan yurishlarini birmuncha fursatga orqaga surdi. Ad.: Ibn Arabshoh, ajoyib al-maqdur Fi tarixi Taymur, T., 1992; Shomiy Nizomiddin, Zafarnoma, T., 1996; Dadaboev H., Amir Temurning harbiy mahorati, T., 1996. Hamidulla Dadaboyev.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>ANQARA JANGI &#8212; Amir Temur va Usmonli turk sultoni Boyazid I Yildirim qo&#8217;shinlari o&#8217;rtasida Anqara yonida bo&#8217;lib o&#8217;tgan ulkan jang (1402 yil 20 iyul). Unda Amir Temurning taxminan 200 ming, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/anqara-jangi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9243,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[107],"tags":[],"class_list":["post-9715","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-a-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/9715","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=9715"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/9715\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":9716,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/9715\/revisions\/9716"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/9243"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=9715"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=9715"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=9715"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}