{"id":97562,"date":"2023-08-05T08:44:55","date_gmt":"2023-08-05T05:44:55","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=97562"},"modified":"2023-08-05T08:44:58","modified_gmt":"2023-08-05T05:44:58","slug":"lebap-viloyati","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/lebap-viloyati\/","title":{"rendered":"Lebap viloyati"},"content":{"rendered":"\n<p>Lebap viloyati \u2014 Turkmanistondagi viloyat (dastlab 1939 yil 20 noyabrda tashkil etilgan, 1963 yilda tugatilgan. 1970 yil 14 dekabrda qayta tiklangan). 1993 yilgacha Chorjo&#8217;y viloyati nomi bilan yuritildi. Qoraqum cho&#8217;lining sharqida Amudaryo o&#8217;rta oqimining har ikki sohilida joylashgan (Lebap \u2014 Labiob, ya&#8217;ni, Daryo bo&#8217;yi, nomi shundan). Maydoni 93,8 ming km2. Aholisi 1034,7 ming kishi (1999). Viloyatda 13 tuman, 4 shahar, 26 shaharcha, 103 qishloq va 458 aholi punkti bor. Viloyat markazi Turkmanobod shahri. Tabiati. Lebap viloyati hududining 75%ni Qoraqum cho&#8217;li egallagan. Viloyat hududi shimoli-g&#8217;arbdan Janubi-sharqqa 690 kilometrga cho&#8217;zilgan, eni sharqdan g&#8217;arbga 135\u2014 225 kilometr. Lebap viloyati shimolda Amudaryoning g&#8217;arbida Zaunguz Qoraqumigacha etib, Mari\u2014Turkmanobod temir yo\u2019ldan Janubda Qorakumning Janubiy-Sharqiy qismini o&#8217;z ichiga olgan. Viloyatning Janubiy-g&#8217;arbiy chekkasida Qorabel qirlarining bir qismi joylashgan. Shimoliy-Sharqiy qismi (Amudaryoning o&#8217;ng sohili) Qizilqum cho&#8217;lidan iborat, undan Janubiy-Sharqda Sandiqli qum cho&#8217;li mavjud. Viloyatning Janubiy-Sharqiy chegarasida Mukri platosi bilan Gugurttog&#8217; va Ko&#8217;hitang (eng baland joyi 3139 metr) tog&#8217;lari bor. Lebap viloyati iqlimi keskin kontinental, quruq. Yozi issiq, qishi mo&#8217;tadil sovuq. Iyulning o&#8217;rtacha temperaturasi 29,5\u00b0, yanvarniki shimolda -4\u00b0, Janubda 2\u00b0. Yillik yog&#8217;in miqdori shimolda 100 mm, Janubda 150\u2014 200 mm. Vegetatsiya davri 203-235 kun. Ko&#8217;llardan Botli, Qarg&#8217;ali, Qizilcha, Patdali, Sulton Sanjar va boshqalar bor. Tuprog&#8217;i, asosan, bo&#8217;z tuproq. O&#8217;simliklardan cho&#8217;l qismida qum bardidoshi, oq saksovul, quyonsuyak, Qandim va boshqalar, Amudaryo vodiysida to&#8217;qay o&#8217;simliklardan turang&#8217;il, terak, tol o&#8217;sadi, tog&#8217;larda archazorlar uchraydi. Yovvoyi hayvonlardan cho&#8217;llarda jayran, dasht mushugi, tulki, bo&#8217;ri, chiyabo&#8217;ri, kemiruvchilardan qumsichqon, yumronqoziq, qushlardan xo&#8217;jasavdogar, cho&#8217;l qizilishtoni, sudraluvchilardan ilon, kaltakesak, toshbaqa, Amudaryo vodiysida Buxoro bug&#8217;usi, qobon yashaydi. Lebap viloyati hududida Ko&#8217;hitang va Repetek qo&#8217;riqxonalari joylashgan. Aholisi, asosan, turkmanlar, shuningdek, o&#8217;zbek, rus, tatar, ukrain, ozarbayjon, arman va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Shahar aholisi 445 ming kishi, qishloq aholisi 589,7 ming kishi. Aholisi zichligi 1 km2 ga 11 kishi (1999). Xo&#8217;jaligi. Viloyatda yengil va oziq- ovqat, gaz, kimyo, paxta tozalash, Ipakchilik, Qorako&#8217;l terisiga dastlabki ishlov berish, yog&#8217;-moy kabi sanoat tarmoqlari rivojlangan. Asosiy korxonalar Turkmanobodda. Tuman markazlarida paxta tozalash zavodlari, Otamurodda sut, go&#8217;sht, non kombinatlari, gilam fabrikasi, qishloq xo\u2019jalik mashinalarini tuzatish zavodi, Gugurttog&#8217;da oltingugurt kombinati, Seydi shahrida neftni qayta ishlash zavodi bor. Turkmanoboddan shimolda neft-kimyo majmuasi barpo etilgan. Qishloq xo\u2019jaligida sug&#8217;orib dehqonchilik qilinadigan yerlarining asosiy ekini\u2014paxta (jumladan, ingichka tolali navlar ham ekiladi). G&#8217;alla, poliz (&#171;gulobi&#187; qovun navi mashhur), sabzavot ekinlari ekiladi. Bog&#8217;dorchilik va tokchilik bilan shug&#8217;ullaniladi. Cho&#8217;l yaylovlarida Qorako&#8217;l qo&#8217;ylari, Amudaryoga yaqin yerlarda qoramol boqiladi. Lebap viloyati Turkmanistonning asosiy ipakchilik rayoni. Temir yo\u2019l, avtomobil yo&#8217;llari bor. Amudaryo va Qoraqum kanalida kema qatnaydi. Asosiy pristanlari Otamurod, Nichkapir, Turkmanobod. Viloyat markazi havo yo&#8217;llari orqali Ashxobod va boshqa shaharlar bilan bog&#8217;langan. Pedagogika instituti, 3 o&#8217;rta bilim yurti, 8 litsey, jamoat kutubxonalari, 4 muzey, teatr, 26 kasalxoa bor. &#171;Turkman gundogari&#187; (&#171;Turkman sharqi&#187;) gazeta chiqadi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Lebap viloyati \u2014 Turkmanistondagi viloyat (dastlab 1939 yil 20 noyabrda tashkil etilgan, 1963 yilda tugatilgan. 1970 yil 14 dekabrda qayta tiklangan). 1993 yilgacha Chorjo&#8217;y viloyati nomi bilan yuritildi. Qoraqum cho&#8217;lining &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/lebap-viloyati\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":56191,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[223],"tags":[],"class_list":["post-97562","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-l-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/97562","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=97562"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/97562\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":97566,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/97562\/revisions\/97566"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/56191"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=97562"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=97562"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=97562"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}