{"id":97675,"date":"2023-08-05T19:05:16","date_gmt":"2023-08-05T16:05:16","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=97675"},"modified":"2023-08-05T19:05:20","modified_gmt":"2023-08-05T16:05:20","slug":"lutfulloh-bin-fathulloh-chustiy","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/lutfulloh-bin-fathulloh-chustiy\/","title":{"rendered":"Lutfulloh bin Fathulloh Chustiy"},"content":{"rendered":"\n<p>Lutfulloh bin Fathulloh Chustiy (taxminan 1485, Farg&#8217;ona vodiysi, Axsikent mavzesi \u2014 taxminan 1571) \u2014 naqshbandiylik tariqatining mashhur namoyandasi. Axsikentdagi madrasada tahsil oladi. Ilmini takomillashtirish maqsadida Samarqandga keladi. Ba&#8217;zi manbalarda Xo&#8217;ja Ahrorning xalifasi Muhammad qozi huzurida 6 yil tarbiyalangani va sulukni o&#8217;taganligi aytiladi. Lutfullohga Maxdumi A&#8217;zamning istagi bilan &#171;Farg&#8217;ona va Toshkentdagi barcha naqshbandiylik birodarlari&#187; ishonib topshirilgan. Lutfulloh bir necha marta yashash joyini o&#8217;zgartirgan. O&#8217;zining aytishicha, &#171;Qishloq axlining fitnasi oqibatida&#187; ko&#8217;chishga majbur bo&#8217;lgan. Oxiri Chustga kelib, muqim bo&#8217;lib qoladi. Bu yerda dehqonchilik bilan tirikchilik o&#8217;tkazadi. U Shayboniylar orasida nufuz orttirishga muvaffaq bo&#8217;ladi. Shu bois o&#8217;sha davrda davlatdagi ko&#8217;pgina ichki nizolarni bartaraf etishga, saroydagi ayrim bek va amirlarning g&#8217;ayriqonuniy xatti-harakatlarini cheklab qo&#8217;yishga erishdi. Movarounnahrda kubroviylik tariqati yoyilgan bo&#8217;lib, Lutfulloh uning vakillarini ko&#8217;p marta Rofiziylik (islom yo&#8217;lidan chetga chiqish)da aybladi. Lutfullohning izdoshlari ko&#8217;p edi. Ular Toshkent, Farg&#8217;onadan tashqari, Hisor xamda Movarounnahrning boshqa chekka viloyatlarida 20-asrning boshlariga qadar faoliyat ko&#8217;rsatgan. Lutfullohning ijodiy merosi haqida ma&#8217;lumotlar kam. Manoqiblarda uning o&#8217;z o&#8217;quvchilariga tanbeh tarzida yozilgan 2 ta kichik risolasi tilga olinadi. Lutfullohning qabri qayerdaligi aniq emas. Ba&#8217;zi manbalarda u Chustga (bu yerda uning maqbarasi bor), boshqa manbalarda Hisorga dafn etilgan deyiladi. Ad.: Ismoilov M., Ikromov T., Mavlono Lutfulloh Chustiy, Namangan, 1998; Muhammad Mufti Ohangaroniy , Mavlono Lutfulloh Manoqibi, T., 2002. Baxtiyor Bobojonov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Lutfulloh bin Fathulloh Chustiy (taxminan 1485, Farg&#8217;ona vodiysi, Axsikent mavzesi \u2014 taxminan 1571) \u2014 naqshbandiylik tariqatining mashhur namoyandasi. Axsikentdagi madrasada tahsil oladi. Ilmini takomillashtirish maqsadida Samarqandga keladi. Ba&#8217;zi manbalarda Xo&#8217;ja &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/lutfulloh-bin-fathulloh-chustiy\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":56191,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[223],"tags":[],"class_list":["post-97675","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-l-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/97675","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=97675"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/97675\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":97676,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/97675\/revisions\/97676"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/56191"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=97675"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=97675"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=97675"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}