{"id":97759,"date":"2023-08-06T12:36:16","date_gmt":"2023-08-06T09:36:16","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=97759"},"modified":"2023-08-06T12:36:20","modified_gmt":"2023-08-06T09:36:20","slug":"lenin-ulyanov-vladimir-ilich","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/lenin-ulyanov-vladimir-ilich\/","title":{"rendered":"Lenin (Ulyanov) Vladimir Ilich"},"content":{"rendered":"\n<p>Lenin (Ulyanov) Vladimir Ilich [1870.10 (22).4. Simbirsk (hozirgi Ulyanovsk shahri) \u2014 1924. 21.1, Moskva viloyati Gorki qishlog&#8217;i] \u2014 Rossiya bolsheviklar (kommunistlar) partiyasining asoschisi. SSSR deb atalgan &#171;qizil imperiya&#187;ning tashkilotchisi. Peterburg &#171;Ishchilar sinfini ozod qilish uchun kurash soyuzi&#187;ni tuzishda qatnashgan. 1895 yil RSDRPning 2-s&#8217;yezdi (1903)da bolsheviklar partiyasiga boshchilik qilgan. 1907 yildan muhojirlikda yashadi. 1917 yil aprelda Petrogradga kelib, sosialistik inqilob yo&#8217;lini ilgari surdi. Petrogradda oktyabr to&#8217;ntarishi (1917 yil 7- noyabr)ga rahbarlik qildi. Sovetlarning 2-butun Rossiya s&#8217;yezdida XKSga rais bo&#8217;lib oldi (1917 \u2014 22). Lenin aksilinqilobiy harakatlar va sabotajga qarshi kurashuvchi butun Rossiya favqulodda komissiyasi tuzishning tashabbuskori. Uning ko&#8217;rsatmasi bilan 1918 yildan boshlab Rossiyada siyosiy terror avj oldi, muxolif partiyalarning a&#8217;zolari, ziyolilar, ruhoniylar qatag&#8217;on qilindi. 1922 yil Leninning sog&#8217;lig&#8217;i yomonlashdi va shu yil dekabr oyidan e&#8217;tiboran siyosiy faoliyatda qatnashmadi. Asosiy asarlari: &#171;Rossiyada kapitalizmning taraqqiysi&#187; (1899), &#171;nima qilmoq kerak?&#187;(1902), &#171;materializm va empiriokritisizm&#187; (1908) &#171;imperializm kapitalizmning yuqori bosqichi&#187; (1916), &#171;Davlat va revolyutsiya&#187; (1917). Leninning jasadi Moskvaning qizil maydonidagi mavzoleyga qo&#8217;yilgan. SSSR davrida Lenin qarashlari mutlaqlashtirilib, uning faoliyati va shaxsiy hayoti ilohiylashtirildi. Uning fikrlariga salgina shubha bilan qaraganlar yo&#8217;q qilindi. Biroq Rossiyadan xorijga jo&#8217;nagan ziyolilar va jahon siyosiy arboblarining ko&#8217;pchiligi o&#8217;sha paytdayoq uning &#171;kommunizm qurish&#187; rejasi xom xayol ekanligini aytishgan. 20-asr 80-yillari oxiri \u2014 90-yllari boshida Sharqiy Yevropada sotsializmning tanazzulga uchrashi va SSSRning parchalanishi oqibatida Lenin nazariyasi asossiz ekanligi uzil-kesil isbotlandi. Lenin o&#8217;z siyosiy faoliyatida Turkistonga bolshevizm g&#8217;oyalarini tarqatishga, mintaqani sovetlashtirishga katta e&#8217;tibor qaratdi. Lenin va Stalin Turkiston muxtoriyatini tugatish rejasini qo&#8217;llab-quvvatladi. Leninning tashabbusi bilan Turkkomissiya (1919), Turkbyuro (1920), RKP (b) MK O&#8217;rta Osiyo byurosi (1922) kabi Markazning nazorat qiluvchi organlari tuzildi va Toshkentga yuborildi. Turkiston fronti (1919) tashkil qilinib, o&#8217;lkadagi sovet rejimiga qarshi qurolli harakatni tugatish uchun 200.000 ga yaqin qizil askar Turkistonga jo&#8217;natildi. Markaz yuborgan bolshevistik emissarlarga qarshi chiqqan mahalliy rahbarlarni Lenin &#171;o&#8217;ng og&#8217;machilik&#187;da aybladi. Lenin 1920 yilda Buxoro xonligi (amirligi) va Xiva xonligini qizil armiya tomonidan bosib olinishining tashabbuskori. Buxoro bosqini natijasida katta mikdordagi xazina Moskvaga olib ketildi va uning buyrug&#8217;i bilan iqtisodiy nochor sovet Rossiyasini saqlab qolish uchun sarflandi. Leninning 1920 yil 13 iyundagi ko&#8217;rsatmasiga ko&#8217;ra, yaxlit Turkiston mintaqasini parchalab tashlash jarayoni boshlandi va u 1925 yil boshlarida tugallandi. Shuningdek, Lenin Afg&#8217;oniston, Hindiston, Xitoy, qisman Eron, Turkiya kabi Sharq davlatlarida sotsializm qurish haqidagi rejasi uchun Turkistondan tayanch sifatida foydalanishni mo&#8217;ljallagan edi. Leninning &#171;kommunistik g&#8217;oya&#187;si 20-asr oxirida O&#8217;zbekistonda ham butunlay tanazzulga uchradi. Ad.: Latishev A.G., Rassekrechenniy Lenin, M., 1996; Istoriya Rossii. XX vek, M., 2000; Turkestan v nachale XX veka: k istorii istokov nasionalnoy nezavisimosti, T., 2000.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Lenin (Ulyanov) Vladimir Ilich [1870.10 (22).4. Simbirsk (hozirgi Ulyanovsk shahri) \u2014 1924. 21.1, Moskva viloyati Gorki qishlog&#8217;i] \u2014 Rossiya bolsheviklar (kommunistlar) partiyasining asoschisi. SSSR deb atalgan &#171;qizil imperiya&#187;ning tashkilotchisi. Peterburg &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/lenin-ulyanov-vladimir-ilich\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":56191,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[223],"tags":[],"class_list":["post-97759","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-l-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/97759","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=97759"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/97759\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":97760,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/97759\/revisions\/97760"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/56191"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=97759"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=97759"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=97759"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}