{"id":97775,"date":"2023-08-06T15:54:54","date_gmt":"2023-08-06T12:54:54","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=97775"},"modified":"2023-08-06T15:54:57","modified_gmt":"2023-08-06T12:54:57","slug":"lotin-tili","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/lotin-tili\/","title":{"rendered":"Lotin tili"},"content":{"rendered":"\n<p>Lotin tili \u2014 hind-Yevropa tillari oilasining italiy tillari guruhiga mansub; Italiyaning o&#8217;rta qismidagi Lasiy viloyatida miloddan avvalgi 8-asrda yashagan lotin qabilasining tili. Lotin tilining asta-sekin Rim hududidan tashqariga tarqalishi va qadimgi Italiyaning boshqa tillarini siqib chiqarishi miloddan avvalgi 4-3-asrlarga to&#8217;g&#8217;ri keladi. Apennin yarim orolining lotinlashuvi (yunon tili hukmron bo&#8217;lgan Janubiy Italiya va Sitsiliya bundan mustasno) miloddan avvalgi 1-asrda yakunlanadi. Rim imperiyasining gullab-yashnashi, yangi-yangi mustamlakalarning bosib olinishi natijasida Lotin tili Shimoliy Afrika, Ispaniya, Galliya, Germaniya, Dunaybo&#8217;yi hududlariga tarqaladi. Lotin tilidagi eng qadimgi yodgorliklar miloddan avvalgi 3-asrga mansub. Qadimgi davr Lotin tili tarixi bir-biridan u yoki bu darajada farqlanuvchi 5 ta davrga ajratiladi: 1) eng qadimgi Lotin tili davri (miloddan avvalgi 6-4-asrlar); 2) klassik davrgacha bo&#8217;lgan Lotin tili davri (miloddan avvalgi 3-2-asrlar, adabiy Lotin tilining shakllanish vaqti); 3) klassik, &#171;oltin&#187; Lotin tili davri (miloddan avvalgi 1-asr, juda boy leksika va rivojlangan adabiyoti bilan ajralib turadi); 4) klassik davrdan keyingi, &#171;kumush&#187; Lotin tili davri (milodiy 1-asr, adabiy tilning fonetik va morfologik me&#8217;yorlari uzil-kesil shakllandi); 5) so&#8217;nggi bosqichdagi Lotin tili (2\u2014 6-asrlar; yozuv tili bilan xalq-so&#8217;zlashuv tili-&#171;xalqona lotin&#187; o&#8217;rtasida tafovut paydo bo&#8217;ldi). 5-asrda Rim imperiyasi qulaganidan keyin xalq-so&#8217;zlashuv tilining mintaqaviy farqlanishi tezlashib, bu narsa 9-asrga kelib alohida, mustaqil roman tillarining (italyan, frantsuz, portugal, ispan, rumin, moldavan va boshqalar) paydo bo&#8217;lishiga olib keldi. Yozma Lotin tilining birligi saqlanib qoldi, u leksik jihatdan rivojlanishda davom etdi, klassik Lotin tilining asosiy lug&#8217;at tarkibi va grammatik kurilishi barqarorlashdi. Adabiy Lotin tili tarqalgan barcha hududlarda u ma&#8217;muriy boshqaruv, savdo-tijorat, maktab tili edi; o&#8217;rta asrlarda butun G&#8217;arbiy Yevropa umumiy yozuv tili bo&#8217;lib qo&#8217;llandi; 18-19-asrlargacha diplomatiya, ilm-fan va falsafa tili, 20-asrda esa katolik cherkovi tili, Vatikanning (italyan tili bilan birga) rasmiy tili bo&#8217;lib qoldi. Lotin tili Yevropa madaniyati rivojida ulkan rol o&#8217;ynadi. Yevropa tillaridagi siyosiy, ilmiy va texnik terminologik tizimlarning leksik jihatdan boyishi va ko&#8217;payib borishiga ijobiy ta&#8217;sir ko&#8217;rsatdi. Lotin tili qadimiy hind-Yevropa tillariga xos, uni Xett tili, hind-Eron, kelt tillari bilan yaqinlashtiruvchi xususiyatlarni saqlab qolgan. Asosiy fonetik jihatlari unda unlilar chuziqligining fonologik farqlanishiga egaligi, urg&#8217;u so&#8217;zning oxirgi bo&#8217;g&#8217;iniga tushmasligi, undoshlarning kuchsizlanib borishi kabilardan iborat. Morfologik xususiyatlari: fleksiyadan shakl yasashning asosiy vositasi sifatida foydalanish, fleksiyaning 5 turi mavjudligi, turlanishning 6 kelishikka asoslanishi, fe&#8217;llarda 3 xil mayl (indikativ, kon&#8217;yunktiv, imperativ) va 2 xil nisbat (aktiv va o&#8217;rta passiv) farqlanishi va boshqalar. So&#8217;z tartibida fe&#8217;l gap oxirida keladi. Lotin tili leksikasida yaqin qarindosh yoki noqarindosh qabilalar tillarining ta&#8217;siri saqlanib qolgan. Lotin tiliga yunon tili, ayniqsa, miloddan avvalgi 3\u2014 1-asrlarda kuchli va davomli ta&#8217;sir ko&#8217;rsatgan. Lotin tili leksikasi, yunon tili bilan birga, ilmiy terminologiya sohasida xanuz baynalmilal terminlarni yaratishda manba bo&#8217;lib xizmat qilmoqda. Abduvahob Madvaliyev.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Lotin tili \u2014 hind-Yevropa tillari oilasining italiy tillari guruhiga mansub; Italiyaning o&#8217;rta qismidagi Lasiy viloyatida miloddan avvalgi 8-asrda yashagan lotin qabilasining tili. Lotin tilining asta-sekin Rim hududidan tashqariga tarqalishi va &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/lotin-tili\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":56191,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[223],"tags":[],"class_list":["post-97775","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-l-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/97775","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=97775"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/97775\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":97776,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/97775\/revisions\/97776"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/56191"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=97775"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=97775"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=97775"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}