{"id":97818,"date":"2023-08-06T17:53:24","date_gmt":"2023-08-06T14:53:24","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=97818"},"modified":"2023-08-06T17:53:28","modified_gmt":"2023-08-06T14:53:28","slug":"lub-tolalari","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/lub-tolalari\/","title":{"rendered":"Lub tolalari"},"content":{"rendered":"\n<p>Lub tolalari \u2014 tolali o&#8217;simliklar (zig&#8217;ir, kanop, jut, Rami, kendir, nasha o&#8217;simligi va boshqalar) poyasidan ajratib olinadigan to&#8217;qimachilik tolalari. Bu o&#8217;simliklar (lub ekinlari) poyalarida kambiy va perisikl orasida joylashgan to&#8217;qimalar Lub tolalarini tashkil qiladi. Ular usimlik poyasidan biologik va fizik-kimyoviy usullar bilan ajratib olinadi. Buning uchun urug&#8217;lari va barglaridan tozalanib va quritilib, bog&#8217;-bog&#8217; qilib tayyorlangan poyalar baklar, tabiiy yoki sun&#8217;iy suv havzalari va hovuzlarda ivitiladi. Poyalarni ivitishda tolalarni bir-biriga va po&#8217;stloqqa yopishtirib turgan pectin moddalari eriydi. Suv havzalari va hovuzlarida sovuq suvda ivitish har xil mikroorganizmlarning faoliyatiga asoslangan (bunda suvning harorati 20-25\u00b0 dan oshmasligi kerak). Suvning ustidagi poyalarda mog&#8217;or zamburug&#8217;lari, suv ichiga botgan qismlarida anaerob bakteriyalar rivojlanadi. Baklarda poyalar issiq (36-38\u00b0) suvda ivitiladi. Bunda avval aerob, so&#8217;ngra anaerob bakteriyalarning ish faoliyatidan foydalaniladi. Ivitishning kimyoviy va bug&#8217;lash usullari ham bor. Kimyoviy usulda turli moddalar (tuzlar, kislotalar, ishqorlar) eritmalari qo&#8217;llaniladi. Bug&#8217;lashda poyalar oldin suvda ivitilib, keyin bug&#8217;lanadi. Ivigan poyalar maxsus tola ajratish mashinalaridan o\u2019tkaziladi. Ajratib olingan ho&#8217;l tolalar titish-savash mashinalaridan o&#8217;tkazilib tozalanadi, quritish mashinalarida quritiladi, so&#8217;ngra yumshatish mashinalaridan o&#8217;tkazilib mayinlashtiriladi va pardozlash tsexida pardozlanib, yaltiroq holatga keltiriladi, saralash (sortlarga ajratish) tsexida tola rangi, uzunligi, pishiqligi va tovlanuvchanligi bo&#8217;yicha xillanadi. Lub tolalarini ko&#8217;k lub (floema)dan ham olish mumkin (bunda tola ajratib olish texnologiyasi yuqoridagidan deyarli farq qilmaydi). Lubni titish-yuvish jarayonida chiqqan chiqindilardan kalta Lub tolalari olinadi. Lub tolalari qanday o&#8217;simlik poyasidan olinganligiga qarab, ingichka, kayishqoq (zig&#8217;ir va rama tolasi), dag&#8217;al (kanop, jut, penka tolasi), qattiq (Abaka, ya&#8217;ni penkaning bir turi) bo&#8217;lishi mumkin. Ulardan kanop, arqon, baliq tutish to&#8217;ri, brezent, har xil matolar tayyorlanadi, ular gilam to&#8217;qishda ham ishlatiladi. O&#8217;zbekistonda, asosan, kanop o&#8217;simligi ekilganligi uchun kanop zavodlarida kanopdan tolalar olinadi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Lub tolalari \u2014 tolali o&#8217;simliklar (zig&#8217;ir, kanop, jut, Rami, kendir, nasha o&#8217;simligi va boshqalar) poyasidan ajratib olinadigan to&#8217;qimachilik tolalari. Bu o&#8217;simliklar (lub ekinlari) poyalarida kambiy va perisikl orasida joylashgan to&#8217;qimalar &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/lub-tolalari\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":56191,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[223],"tags":[],"class_list":["post-97818","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-l-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/97818","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=97818"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/97818\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":97822,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/97818\/revisions\/97822"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/56191"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=97818"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=97818"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=97818"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}