{"id":98106,"date":"2023-08-08T12:10:22","date_gmt":"2023-08-08T09:10:22","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=98106"},"modified":"2023-08-08T12:10:26","modified_gmt":"2023-08-08T09:10:26","slug":"laringit","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/laringit\/","title":{"rendered":"Laringit"},"content":{"rendered":"\n<p>Laringit (laringo &#8230; Yunoncha It is \u2014 yallig&#8217;lanish) \u2014 hiqildoq shilliq qavatining yallig&#8217;lanishi. O&#8217;tkir va surunkali xillari bor. O&#8217;tkir Laringit ko&#8217;pincha Katar, gripp, qizamiq, skarlatina, ko&#8217;kyo&#8217;tal va boshqalar, shuningdek, butun organizmning sovqotishi, ovoz boylamlariga zo&#8217;r kelishi (baqirib gaplashish), muzdek yoki juda issiq ovqat iste&#8217;mol qilish, tamaki chekish, spirtli ichimliklarga ruju qo&#8217;yish natijasida ro&#8217;y beradi. O&#8217;tkir Laringitda bemor tomog&#8217;i qurib, qirilishi, tirnalishidan shikoyat qiladi; yo&#8217;tal tutadi, tovushi bo&#8217;g&#8217;iq, do&#8217;rillagan yoki butunlay chiqmay qoladi, ba&#8217;zan yutinganda og&#8217;riq paydo bo&#8217;ladi. O&#8217;tkir Laringitning kataral, diffuz, gemorragik, flegmonoz va boshqa shakllari farq qilinadi. Ko&#8217;pincha, bolalarda (xususan, 6-8 yoshgacha bo&#8217;lgan bolalarda o&#8217;tkir Laringitning soxta krup (bo&#8217;g&#8217;ma) shakli uchraydi. Bu, odatda, ekssudativ diatez va boshqa allergik kasalliklarga moyil bolalarda kuzatiladi. O&#8217;tkir kataral Laringit tezda tuzalib ketishi, diffuz-gemorragik shakli esa og&#8217;irroq kechib, uzoq davom etishi mumkin. Flegmonoz Laringitda bemorning ahvoli mushkullashadi, harorati ko&#8217;tariladi, hiqildoq sohasida og&#8217;riq paydo bo&#8217;lib, yutish qiyinlashadi va hokazolar. O&#8217;tkir Laringitning bot-bot qo&#8217;zib turishi va uni yaxshi davolamaslik, tamaki chekish, spirtli ichimliklar ichish, ovozni zo&#8217;riqtirib qo&#8217;yish (o&#8217;qituvchilar, lektorlar, ashulachilarda) va boshqa surunkali Laringitga sabab bo&#8217;ladi. Surunkali Laringit bilan og&#8217;rigan bemorning tovushi xirillab bo&#8217;g&#8217;iladi, tez toliqadi, ko&#8217;pincha yo&#8217;talib turadi. Davosi : kasallikning xili va kechishiga qarab fizio-terapevtik muolajalar, dorivor moddalardan ingalyasiya buyuriladi, organizmni chiniqtirish, kasbga oid zararli moddalarni yo&#8217;qotish tavsiya etiladi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Laringit (laringo &#8230; Yunoncha It is \u2014 yallig&#8217;lanish) \u2014 hiqildoq shilliq qavatining yallig&#8217;lanishi. O&#8217;tkir va surunkali xillari bor. O&#8217;tkir Laringit ko&#8217;pincha Katar, gripp, qizamiq, skarlatina, ko&#8217;kyo&#8217;tal va boshqalar, shuningdek, butun &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/laringit\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":56191,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[223],"tags":[],"class_list":["post-98106","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-l-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/98106","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=98106"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/98106\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":98107,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/98106\/revisions\/98107"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/56191"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=98106"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=98106"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=98106"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}